Rasm 19.24. Flash parametrlarini sozlash oynasining Clipboard bo’limi
Endi Flash interfeysi ish stoli va ishchi muhiti ko’rinishini sozlash uchun qollaniladigan buyruqlarni ko’rib chiqamiz. Bu buyruqlar asosan View menyusi buyruqlari hisoblanadi:
Montaj stolidagi tasvir masshtabini o’zgartirish uchun —Zoom In (Kattalashtirish), Zoom Out (Kichraytirish), Magnification (Tasvir o’lchamini kattalashtirish) menyu bandlaridan foydalaniladi;
√
Work Area (Ishchi muhit); Agar ushbu menyu bandi tanlangan holda bo’lsa(ya’ni uning oldida belgisi bo’lsa), montaj stolining chegarasidagi muhit ham montaj stoli kabi hususiyatga ega bo’ladi. Unga grafik obyektlarni chizish mumkin bo’ladi, ya’ni bu qismdan montaj stolining bir qismi sifatida foydalanish mukin.(19.25-rasm) Faqat bu qismga joylashgan obyektlat film ishga tushirilganda ko’rinmaydi.
Rulers (Chizg’ich), Grid (To’r), Guide (Boshqaruvchi). Rulers va Grid menyu bandlarini tanlansa , mos ravishda ish maydoniga chizg’ich(Линейка) va to’r chiqaradi. Bular obyektlarni bir-biriga nisbatan joy-joyiga qo’yish, hamda ularni aniq koorinatalarga chizish kabi ishlarni amalga oshirishda qulayliklar yaratadi.(19.26-rasm) Chizg’ich ish stolida ko’rinib turgan holatda uni ustiga sichqonchani olib borib chap tugmasini bosgan holda montaj stoliga qarab tortsak, boshqaruvchi hosil bo’ladi. Boshqaruvchi yordamida obyektlarni solishtirish mumkin. Boshqaruvchini o’chirib tashlash, joyini o’zgartirish mumkin. Boshqaruvchini hususiy holda yaratish uchun, boshqaruvchi qatlamdan foydalaniladi.
Rasm. 19.25. Obyektlarni montaj stoli chegarasidan tashqariga, ishchi muhitga chizish
Rasm. 19.26 Chizg’ich va to’r qoy’ilgan ishchi muhiti ko’rinishi
Yordam va o’rgatuvchi vositalar
Yordam va o’rganish vositalarini siz Flash yuqori menyusining Help bo’limidan topishingiz mumkin. Unda quyidagi lar mavjud:
Lessons (Darslar) — Flash da yaratilgan, Flashda asosiy operatsiyalar bajarishni o’rgatuvchi bir nechta interaktiv darslarni chiqaradi.
Tutorial (Elektron qollanma) —Flash-film yaratish uchun HTML formatidagi tugallangan yordamchi ma’lumotlarni chaqirish;
Using Flash (Flashdan foydalanish) – Flash MX dan foydalanishni o’rgatuvchi HTML formatidagi ko’p sahifali mukammal ma’lumotlarni chaqiradi.
ActionScript Dictionary (ActionScript – lug’ati) — ActionScript тили buyruqlari konstruktsiyasi va ulardan foydalanish to’g’risidagi HTML formatidagi yo’riqnoma.
Samples (Misollar) — Flash MX mkoniyatlarini ko’rsatuvchi, turli hil murakkablikdagi Flash-filmmlari to’plami;
Flash Support Center (Центр поддержки пользователей Flash foydalanuvchilarini qo’llab quvvatlash markazi) –Flash Web-Sahifasiga yo’naltiruvchi(cсылка).
Do'stlaringiz bilan baham: |