Rasm. 19.23.Preferences oynasining General bo’limi
Show Tooltips belgilash maydonchasi; Agar maydoncha belgilangan holatda bo’lsa sichqoncha muharrirning biror elementi ustiga olib borilganda uning pastida yordamchi ma’lumot chiqadi;
Timeline Options: Disable Timeline Docking belgilash maydonchasi; Agar maydoncha belgilangan holatda bo’lsa, Vaqt diagrammasi oynadan alohida holatda nomoyon bo’ladi;
Span Based Selection Vaqt diagrammasidan freymlarni “Flash 5 uslubida” tanlash imkoniyatini beradi, bunda freymlar qatoridan ikki kalit freym orasidagi ixtiyoriy freymni sichqoncha bilan tanlash natijasida mana shu ikki kalit freym orasidagi barcha freymlar ketma-ketligi belgilanganadi. Boshlang’ich holda Frame based selection -freymlarni alohida tanlash rejimidan foydalaniladi;
Named Anchor on Scene(Sahna metkalarininomlash). Agar bu maydoncha tanlangan holda bo’lsa, Flash muharriri har bir sahnaning birinchi kalit freymiga avtomatik tarzda nomlangan metka qo’yib ketadi.
Highlight Color qatoridan joylashgan ikki tnlash maydonlaridan siz joriy qatlam(Layer)ning sahnadagi chegara chizig’i rangini berishda foydalanishingiz mumkin.
Use This Color (Quyidagi rangdan foydalanish)ni tanlab, paydo bo’lgan ranglar oynasidan biror rangni tanlashingiz mumkin
Use Layer Color (Qatlam rangidan foydalanish) ;
Font Mapping Default ochiluvchi ro’yhati; Flash filmlar bilan ishlash jarayonida shunday holatlar bo’lishi munkin: Boshqa bir dizayner tomonidan yoki boshqa kompyuterda qilingan filmlarda foydalanilgan shriftlar sizning komyuteringizda o’rnatilmagan bo’lishi mumkin. Bunda shu shriftlar orniga siz o’z kompyuteringizda mavjud shriftlardan foydalanishingiz mumkin. Buning uchun almashinuvchi shrift sifatida Font Mapping Default ochiluvchi maydonidan siz o’z kompyuteringizda bor shriftlar ro’yhatidan birortasini tanlashingiz lozim.
Clipboard bo’limida obyektlardan bufer yordamida ma’lumot almashish uslubi bo’yicha nusha olish parametrlarini sozlashingiz mumkin. Bu bo’lim o’zi uchta qismga bo’lingan(19.24-rasm) va unda foydalanuvchi quyidagi parametrlarni o’rnatishi mumkin:
Flash filmga import qilingan rastrli tasvirlar(Bitmaps) uchun :
Rang uyg’unligi (Color Depth);
Buferga sig’ish chegarasi (Resolution);
Buferrdan ajratiluvchi joy hajmi(Size limit);
Tasvirni tekislash (Smooth);
Flashga import qilinadigan WMF(Windows metafile) formatidagi tasvirlar uchun Gradient ranglar sifat darajasini berish; Unda faqat bitta Quality parametrini o’zgartiriladi. Grdient ranglar sifat darajasi qancha oshirilsa uni import qilish shuncha ko’p vaqt talab qiladi.
Flash filmga import qilinuvchi FreeHand formatidagi matn bo’lgini tahrirlash va saqlash uchun Maintain Text as Blocks belgilash maydonchasi tanlanadi.