Rasm. 19.20. Foydalanuvchi tomonidan yaratilgan konfiguratsiyani chaqirish
Tezkor tugmachalarni belgilash. Foydalanuvchining interfeysini grafik rejimda ifodalash keng tarqalganligi sababli dasturlarning aksariyat funksiyalari “sichqon” yordamida ishga tushiriladi. Lekin, Tajribalar shuni ko’rsatadiki, tez-tez murojaat qilinadigan buyruqlarni “tezkor tugmacha”- lar(Shortkut keys yoki Hotkeys) orqali bajarish qulaydir. Flash MX da foydalanuvchilar o’zlari uchun tezkor tugmachalar kombinatsiyasini belgilab olishlari mumkin. Buning uchun Edit menyusining Keyboard Shortcuts...menyu bandini tanlanadi. Oyna interfeysning quyidagi elementlarini o’zida mujassamlashtirgan(19.21-rasm):
Rasm. 19.21.Tezkor tugmachalarni belgilash oynasi
Ochiluvchi Currient Set(Joriy to’plam)maydonidan siz, oldindan aniqlab qoyilgan quyidagi tezkor tugmalar kombinatsiyasini tanlashingiz mumkin; bu kombinatsiyalar quyidagi grafik muharrir(redaktor)lardagi tezkor tugmalar kombinatsiyalariga mos keladi:
Macromedia Fireworks 4;
Macromedia FreeHand 10;
Adobe Illustrator 10;
Adobe Photoshop 6.
Bulardan tashqari Macromedia Standart va Flash 5 tezkor tugmalari to’plamidan ham foydalanishingiz mumkin. Yana bir ochiluvchi Commands maydonida keltirilgan ro’yhatdan siz ma’lum buyruqlarni bajarishga mo’ljallangan kombinatsiyalar to’plamini ko’rishingiz va zarur joylariga o’zingizga qulay kombinatsiyani yozishingiz mumkin. Bu kombinatsiyalar to’lami to’rtta:
Drawing Menu Commands (Chizish menyusi buyruqlari);
Actions Panel Commands (ActionScript muharriri buyruqlari).
Biror variant tanlangandan so’ng Commands maydoning pastki qismida variantga mos buyruqlar ro’yhati chiqadi. Agar Drawing Menu varianti tanlangan bo’lsa, Commands maydoning pastki qismida asosiy oyna menyusining barcha buyruqlari ro’yhati chiqadi. Biror menyu bandi buyruqlariga mos tezkor tugmachalar kominatsiyasini ko’rish uchun sichqoncha yordamida ro’yhat chap tomonidagi “+” belgisini bosish etarlidir.
Description matnli maydonidan - royhatdagi tanlangan buyruq uchun izoh yozishda foydalaniladi.
Shortcuts qatorida joylashgan “+” va “– ” tugmachalari mos ravishda ro’yhatdan tanlangan buyruqni bajaruvchi tezkor tugmacha belgilash yoki uni olib tashlash uchun xizmat qiladi. Belgilanayotgan tugmalar kombinatsiyasi klaviatura yordamida Press Key matnli maydoniga kiritilishi zarur. Kiritilgan so’zni amalda saqlab qoyish uchun Change tugmasi bosiladi. Faqat shuni esdan chiqarmaslik lozim: Agar Shortcuts qatoridagi “+” va “– ” tugmalari, Press Key maydoniva Change tugmasi “harakatlanmaydigan holda” bo’lsa, yangi tezkor tugmalar kombinatsiyasini kiritishdan oldin joriy Currient Sets maydonida tanlangan tezkor tugmalar kombinatsiyalari to’plami konfiguratsiyasi saqlanuvchi fayl nushasini yaratib olish zarur. Fayl nushasini yaratish uchun Keyboard Shortcuts oynasining yuqori-o’ng qismida joylashgan (Duplicate Set)tugmasidan foydalaniladi Ushbu tugmani bosilganda fayl nushasi nomini kiritishni so’rovchi muloqot oynasi chiqadi (19.22-rasm). Fayl yaratilgandan so’ng Keybord Shortcuts oynasidagi buyruqlar ro’yhati endi ana shu faylga tegishli bo’lib qoladi. Ro’yhatdan kerakli buyruq tanlanadi va uni tezkor tugmalar kombinatsiyasiga bog’lash mumkin bo’ladi, ya’ni Shortcuts qatoridagi “+” va “– ” tugmalari, Press Key maydoniva Changetugmasi va shu bilan birga Duplicate Set tugmasiyonida joylashganikkita tugma ham“harakatlanuvchi holatga” o’tadi.