1 - mavzu: Tadbirkorlikning mohiyati, tamoyillari, turlari.
Reja:
1. Tadbirkorlikning mohiyati, tamoyillari.
2. Tadbirkorlikning turlari va tashkiliy shakillari.
3. Biznesda muvvafaqiyatli inson bo’lish texnologiyasi.
1 . Tadbirkorlikning mohiyati, tamoyillari.
Tadbirkorlik va bozor iqtisodiyoti tushunchalarini bir-birlaridan ajratib bo’lmaydi, ya’ni tadbirkorsiz bozor va bozorsiz tadbirkorning bo’lishi mumkin emas. Iqtisodiy adabiyotlarda tadbirkorlik tushunchasining sinonimi sifatida biznes tushunchasi ham qo’llanib ketadi. Biznes xo’jalik subekti faoliyati sohasi va ularning iqtisodiy manfaatlarini tavsiflovchi iqtisodiy termin bo’lsa, biznesmen – ishbilarmon, tadbirkor va tijoratchi ma’nolarini bildiradi. Umuman olganda biznismen va biznes tushunchalari tadbirkor tushunchasiga nisbatan kengroq ma’noni bildiradi.
“Tadbirkorlik – moddiy va pul mablag’larini foyda topish yo’lida sarflab, bozorga kerakli tovarlar va xizmatlar etkazib berib, kishilarga naf keltiruvchi, ularning hojatini chiqaruvchi iqtisodiy faoliyat tushuniladi”.
“Tadbirkorlik – yangi imkoniyatlarni qidirish, yangi texnologiyalarni qo’llash jarayoni, kapital quyishning yangi sohalarini topish, eskicha sarqitlar va chegaralardan voz kechish, ishlab chiqarish omillarining uch asosiy tarkibidan qismini bog’lashning eng maqbul usullarini topish”dir.
2.Tadbirkorlikning turlari va tashkiliy shakillari.
O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga binoan tadbirkorlik:
tadbirkorning shaxsiy mol – mulki asosida;
tadbirkorning boshqa jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan ajnabiy hamda yuridik shaxslarning mol-mulklarini turli shakillarda jalb etish asosida;
tadbirkorning davlat va jamoat tashkilotlari mol-mulklaridan foydalanish asosida;
yuqoridagi shakllarni qo’shib olib borish asosida amalga oshiriladi.
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, tadbirkorlik faoliyatini yo’lga qo’yish uchun kishi o’z mulkiga ega bo’lishi, yoki o’z mulkiga ega bo’lmasligi mumkin. Mulk sohibi bo’lmaslik tadbirkor bo’lish imkoniyatini cheklamaydi, aksincha kishilar ijara munosabatlar orqali ham tadbirkorlik faoliyatlarini yuritishlari mumkin.
Tadbirkorlik pirovard maqsadi daromad topish hisoblanadi. Tadbirkorlik insonlarning ichki imkoniyatlarini, qobiliyatlarini ochib berishga yo’naltirilgan iqtisodiy faoliyat bo’lganligi sababli ko’pchilik tadbirkor bo’lishga intiladi. Tadbirkorlikni rivojlantirish orqali asta-sekin mamlakatlarda mulkdorlar sinfi shakillana boshlaydi.
O’zbekistonda tadbirkorlik ijtimoiy jihatdan yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o’tish davriga mos ravishda ishchi, xizmatchi va dehqonlar hisobidan vujudga kela boshladi. Bu yerda tadbirkorlik kichik va o’rta biznes bilan shug’ullanuvchilardan, fermerlardan, tomorqa xo’jaligi soxiblaridan, aksiyadorlik jamiyati a’zolaridan, yakka tartibda ishlovchilardan iborat.
Tadbirkorlik faoliyatini mamlakatda raqobat muxitini shakillantiradi, insonlarning extiyojlarini qondirish uchun sifatli tovarlar ishlab chiqarishga va xizmatlar ko’rsatishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |