1. Tabiiy resurslar / Er



Download 461,62 Kb.
bet5/8
Sana26.02.2022
Hajmi461,62 Kb.
#470325
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
71 14.02.2022

(Ijara huquqi bo‘lganda)

1. Ijara shartnomasini elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi.
2. Ijara shartnomasi imzolagandan so‘ng avtomatik ravishda “Yerelektron” AAT orqali Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga yuboriladi.

10 ish kuni

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi
(Mulk huquqi bo‘lganda)

Yer uchastkasiga mulk huquqini beruvchi davlat orderini rasmiylashtiradi, uni o‘zining ERI bilan tasdiqlaydi va auksion g‘olibining shaxsiy kabinetiga hamda “Yerelektron” AAT orqali Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga yuboradi.

1 ish kuni

16-bosqich

Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi

Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan yer uchastkasiga mulk huquqi yoki ijara huquqi dav�at ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ko‘chirma operatorga “Yerelektron” AAT orqali yuboriladi.

2 ish kuni

17-bosqich

Operator

Yer uchastkasiga bo‘lgan ijara yoki mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi ko‘chirmani g‘olibning shaxsiy kabinetiga yuboradi.

Avtomatik ravishda

18-bosqich

Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiali va tuman (shahar) qurilish bo‘limi

Yer uchastkasi chegaralarini joyida (naturada) belgilaydi va yer uchastkasini naturada ko‘rsatadi.

3 ish kuni

Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT
AKTIVLARINI BOShQARISh AGENTLIGINING
____________________________ HUDUDIY BOShQARMASI


(hudud nomi)


ER UChASTKASIGA MULK
HUQUQINI BERUVChI DAVLAT ORDERI № ______


Mulkdorning nomi___________________________________________________________________________

(nodavlat yuridik shaxsning nomi yoki jismoniy shaxsning F.I.O.)

Mulkdorning manzili (yashash joyi)______________________________________________________________

pasport seriyasi ________ raqami __________ kim tomonidan va qachon berilgan ________________________


(jismoniy shaxslar uchun)

________________________________________________________________________________

STIR ____________________________, JShShIR__________________________________________________



(jismoniy shaxslar uchun)

_________________________________________________________________________________manzilidagi

_________________________________________________________________________________ qiymatidagi


summa raqam va so‘z bilan yoziladi)

umumiy _____________kv m yer maydoniga mulk huquqi berildi.

Ushbu order_________________________________________________________________________________


(orderni bergan davlat organining nomi)

____________________________________________________________________________ga asosan berildi.



(orderni berishning asosi)

Order ro‘yxatdan o‘tkazilgan sana ___________________________________



Hududiy boshqarma boshlig‘i

QR-kodi


F.I.O.

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-son qaroriga
3-ILOVA
Yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi asosida elektron-onlayn auksion orqali realizatsiya qilish tartibini belgilaydi.
2. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun 0,04 gektargacha yer uchastkalari elektron onlayn-auksion orqali mulk huquqi asosida realizatsiya qilinadi.
3. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
“E-auksion” elektron savdo platformasi (keyingi o‘rinlarda — savdo platformasi) — elektron onlayn-auksion tashkil etish va o‘tkazish uchun zarur axborotni kiritish, saqlash va qayta ishlash, shuningdek, istagi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining bunday auksion jarayoniga kirish va ularda qatnashish imkonini ta’minlaydigan axborot tizimi;
“Yerelektron” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — “Yerelektron” AAT) — yer uchastkalarini realizatsiya qilish bo‘yicha materiallarni to‘plash, ko‘rib chiqish va axborot tizimiga kiritilgan vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan kelishish tartib-taomillarini amalga oshirishni ta’minlaydigan avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
aholi punktining bosh rejasi — aholi punktini hududiy rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini hamda fuqarolarning qulay hayot faoliyati muhitini kompleks shakllantirish shart-sharoitlarini belgilaydigan shaharsozlik hujjati;
aholi punktlari qismlarining batafsil rejasi loyihasi (keyingi o‘rinlarda — BRL) — aholi punktlari hududlari qismlari uchun aholi punkti bosh rejasi asosida ishlab chiqiladigan shaharsozlik hujjati bo‘lib, u qizil chiziqlarni, yer uchastkalarini qurish va ulardan foydalanishni tartibga solish chiziqlarini, yerga egalik qilish, yerdan foydalanish va mulkdorlarning yer uchastkalari chegaralarini, hududlarning zonalashtirilishini va ularni qurish navbatini, muhofaza zonalaridan foydalanish rejimini, ko‘chalar, tor ko‘chalar, piyodalarga ajratilgan zonalarning, shuningdek, transport, aloqa inshootlari va kommunikatsiyalarning, muhandislik uskunalarining hamda hududni obodonlashtirishning ko‘rsatkichlarini, ijtimoiy va madaniy-maishiy obyektlarning tarkibi hamda joylashuvini, qurishning hajmiy-hududiy va arxitektura-rejalashtirish yechimini, qurish zichligi va ko‘rsatkichlarini, binolar va inshootlarning necha qavatliligini, turlarini belgilaydi;
yer uchastkasi — yer fondining qat’iy belgilangan chegara, maydon, joylashuv joyi, huquqiy rejimga va davlat yer kadastrida aks ettiriladigan boshqa tavsiflarga ega qismi;
ishtirokchi — savdo platformasida ushbu Nizomda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tib, auksionda qatnashish uchun ariza bergan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari;
loyiha-qidiruv tashkiloti — “O‘zGAShKLITI” MChJ yoki tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan qonunda belgilangan tartibda jalb qilinadigan boshqa loyiha-qidiruv tashkiloti;
operator — savdo platformasida auksionni tashkil etish xamda o‘tkazish vakolati berilgan “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” davlat unitar korxonasi;
xabarnoma — savdo platformasida muayyan yer uchastkasi bo‘yicha auksion o‘tkazilishi haqidagi axborot;
shaxsiy kabinet — ishtirokchiga auksion buyurtma berish, ularda qatnashish, shaxsiy hisobni boshqarish, uning holati va boshqa statistik ma’lumotlarni ko‘rish hamda operator tomonidan jo‘natilayotgan xabarlar bilan tanishib borish imkonini beruvchi savdo platformasining maxsus bo‘limi;
elektron onlayn-auksion (keyingi o‘rinlarda — auksion) — savdo platformasi orqali O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga auksion obyektini realizatsiya qilish bo‘yicha narxni oshirib borish tamoyilida onlayn o‘tkaziladigan savdo shakli.
4. Yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun bir lotda 0,04 gektargacha doirada yer uchastkalarini realizatsiya qilish “E-auksion” yagona auksion elektron savdo platformasida amalga oshiriladi.
Yer uchastkalari faqat shaharsozlik hujjatlari (aholi punktining bosh rejasi va aholi punkti tegishli qismining BRL) bilan ta’minlangan aholi punktlari bo‘yicha auksionga qo‘yiladi.
Aholi punkti bosh rejasida yakka tartibda uy-joy qurish nazarda tutilgan aholi punkti qismlarining BRL bo‘lmagan taqdirda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tegishli uy-joy massivlari uchun BRL ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi ta’minlanadi.
Yakka tartibdagi uy-joy qurilishi uchun BRL ishlab chiqish Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar tegishli mahalliy budjetlari mablag‘lari, yer uchastkalarini realizatsiya qilishdan tushgan mablag‘lar, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilishda yer uchastkalarini muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash shartlari nazarda tutilishi kerak. Uy-joy massivlarini muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlash Davlat uy-joy dasturlari asosida amalga oshiriladi.
5. Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi asosida auksion orqali realizatsiya qilish mazkur Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi yer uchastkasini auksionga chiqarishda buyurtmachi hisoblanadi.
7. Auksion natijalari bo‘yicha pul mablag‘lari operatorning maxsus hisobvarag‘ida yig‘iladi va auksion g‘olibi tomonidan yer uchastkasi qabul qilinganligi tasdiqlangandan so‘ng buyurtmachi hisobvarag‘iga belgilangan tartibda operator xizmat haqi chegirilgan holda o‘tkazib beriladi.
2-bob. Yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi asosida auksion orqali realizatsiya qilish tartibi
1-§. Yer uchastkalari ro‘yxatini shakllantirish va yer uchastkalarini auksionga qo‘yish uchun zarur materiallarni tayyorlash tartibi
8. Tuman (shahar) hokimligi belgilangan tartibda tasdiqlangan BRLga muvofiq yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun beriladigan har bir yer uchastkasiga kadastr yig‘majildini rasmiylashtirish uchun yer uchastkalarining shartli chegaralarini hamda foydalanish mumkin bo‘lgan faoliyat turlarini ko‘rsatgan holda buyurtmani shakllantiradi va uni elektron hujjat almashinuvi yo‘li bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tuman (shahar) filialiga (keyingi o‘rinlarda — filial) yuboradi.
Yer uchastkalarining shartli chegaralari tuman (shahar) hokimligi tomonidan tuman (shahar) qurilish bo‘limi hamda filial bilan birgalikda belgilanadi.
9. Filial tuman (shahar) hokimligidan buyurtmani olgandan keyin o‘n besh ish kunida:
ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestri ma’lumotlari asosida buyurtmada belgilangan yer uchastkasining bo‘sh yoki bo‘sh emasligini aniqlaydi;
yer uchastkasi bo‘sh bo‘lmagan taqdirda, tuman (shahar) hokimligi va tuman (shahar) qurilish bo‘limiga bu to‘g‘risida ma’lumot yuboradi;
bo‘sh yer uchastkalari bo‘yicha kadastr yig‘majildini tayyorlaydi va tuman (shahar) hokimligiga yuboradi.
Filialning kadastr yig‘majildini tayyorlash hamda hududiy boshqarmaning yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha xarajatlari Vazirlar Mahkamasining “Davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qarori talablariga muvofiq belgilanadi va tuman (shahar) mahalliy budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
10. Ushbu Nizomning 8-bandi birinchi xatboshisida nazarda tutilgan va BRL ishlab chiqiladigan boshqa hududning BRL mavjud bo‘lsa mazkur hudud uchun topografik xarita loyiha-qidiruv tashkiloti tomonidan ishlab chiqiladi.
Aholi punkti bosh rejasida yakka tartibda uy-joy qurilishi nazarda tutilgan aholi punktlari qismlarining BRL mavjud bo‘lmaganda tuman (shahar) hokimligi ikki ish kuni mobaynida belgilangan tartibda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga vakolatli loyiha tashkiloti bilan tegishli BRLlarni ishlab chiqishga shartnoma tuzish uchun iltimosnoma yuboradi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari o‘n besh ish kunida vakolatli loyiha tashkiloti hamda loyiha-qidiruv tashkiloti bilan tegishli BRLlarni va topografik xaritani ishlab chiqish bo‘yicha shartnoma tuzadi.
BRL belgilangan tartibda tasdiqlangandan keyin Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ikki ish kunida yer uchastkalarini realizatsiya qilish to‘g‘risida buyurtmani shakllantirish uchun BRLni tuman (shahar) hokimligiga yuboradi.
11. Tuman (shahar) hokimligi ikki ish kunida “E-qaror” tizimida qaror loyihasini ishlab chiqadi, kelishadi va ro‘yxatdan o‘tkazadi hamda “Kadastr va ro‘yxatdan o‘tkazish integratsiyalashgan axborot tizimi” orqali mulk huquqi bilan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun tegishli Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalariga (keyingi o‘rinlarda — Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi) yuboradi.
12. Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi ikki ish kunida:
buyurtmada ko‘rsatilgan yer uchastkasi ma’lumotlarining Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridagi ma’lumotlarga muvofiqligini tekshiradi;
yer uchastkasiga nisbatan taqiqning yoki xatlovning mavjudligini tekshiradi;
tegishli tuman (shahar) hokimligi nomiga yer uchastkasiga bo‘lgan huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va ushbu yer uchastkasi to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlarni “Yerelektron” AATga kiritadi:
reyestrdan ko‘chirma;
yer uchastkasining WGS-84 (World Geodetic System 1984) ochiq koordinatalar tizimida chegaralari;
ushbu yer uchastkasidan foydalanish mumkin bo‘lgan faoliyat turlari;
yer uchastkasi, jumladan, uning maydoni (gektarda), yer uchastkasining yer fondi toifasi haqida qisqacha ma’lumot;
chegaradosh yer uchastkalaridan foydalanish turlari ko‘rsatilgan vaziyat bilan bog‘liq sxema;
yer uchastkasini kamida ikki tomondan o‘rab turgan obyektlarning raqamli fotosurati.
Har bir yer uchastkasiga o‘ziga xos raqam beriladi.
13. Yer uchastkasiga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan va “Yerelektron” AATga ma’lumotlar kiritilganidan so‘ng tuman (shahar) hokimligi ikki ish kuni ichida yer uchastkasi bo‘yicha yoki undan foydalanishga nisbatan mavjud cheklovlarni “Yerelektron” ATT orqali belgilaydi va elektron hamkorlik orqali muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanuvchi tashkilotlarga ushbu yer uchastkalari muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishga tegishli texnik shartlarni olish uchun so‘rov yuboradi.
14. Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanuvchi tashkilotlar so‘rov tushgan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida tuman (shahar) hokimligiga elektron hamkorlik orqali muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishning texnik shartlarini elektron shaklda yuboradi.
Texnik, shu jumladan, qo‘shimcha shartlarni ishlab chiqish va ularni yuborish uchun to‘lov undirilmaydi.
15. Tuman (shahar) hokimligi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishning texnik shartlari tushgan kundan e’tiboran bir ish kuni ichida yer uchastkasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni texnik shartlar bilan birga elektron shaklda “Yerelektron” AAT orqali Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasiga yuboradi.
16. Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi:
barcha hujjatlar to‘liq taqdim etilgandan boshlab o‘n besh ish kuni ichida eng yaxshi takliflarni tanlash orqali baholovchi tashkilotni aniqlash, ular bilan shartnoma tuzish hamda yer uchastkasining bozor qiymatini aniqlash ishlari tashkil etilishini ta’minlaydi;
o‘n ish kuni ichida shartnoma asosida mustaqil ekspertni (baholovchi, auditorlik, moliyaviy, konsalting tashkilotini) shartnoma asosida jalb etgan holda baholash to‘g‘risidagi hisobotning ishonchliligi ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlaydi;
bir ish kunida baholash tashkiloti tomonidan tayyorlangan hisobot va ekspertiza xulosasi asosida “Yerelektron” AATga yer uchastkasining bozor qiymatini kiritadi.
Bunda bitta uy-joy massivida joylashgan bir necha lotga bo‘lib auksionga qo‘yiladigan yer uchastkalari uchun bir xil boshlang‘ich narx belgilanishi mumkin.
17. Yakka tartibda uy-joy qurish uchun mo‘ljallangan yer uchastkalari bozor qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Yerelektron” AATga kiritilgandan so‘ng buyurtmachi tomonidan avtomatik ravishda auksionga qo‘yiladi.
18. Tuman (shahar) hokimligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ikki ish kuni ichida auksionga qo‘yilgan bo‘sh yer uchastkalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zlarining rasmiy veb-saytlarida joylashtiradi va elektron ommaviy axborot vositalarida tarqatadi.
Kadastr agentligi yer uchastkalari bo‘yicha auksion o‘tkazilishi to‘g‘risidagi xabar e’lon qilingan paytdan boshlab barcha ishtirokchilarga mazkur yer uchastkalarini oldindan ko‘rish (ko‘zdan kechirish) imkoniyatini ta’minlaydi.
Yer uchastkasi bo‘yicha tegishli ma’lumotlar, shu jumladan, fotosuratlar, uning geolokatsiya va koordinatalari to‘liq ko‘rsatilmagan holda auksionga chiqarish uchun buyurtma taqdim etilganda, operator tomonidan kamchiliklarni bartaraf etish uchun qaytariladi.
Buyurtmachi operator tomonidan qayd etilgan barcha kamchiliklarni bir hafta muddatda bartaraf etib, elektron buyurtmani ushbu band talablariga muvofiq takroran yuboradi.
19. “E-auksion” platformasida elektron onlayn-auksion tashkil etish hamda o‘tkazish tartibi Vazirlar Mahkamasining alohida qarori bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Yer uchastkalarini xususiylashtirish bo‘yicha elektron auksionda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etish huquqiga ega.
2-§. Davlat orderini rasmiylashtirish va yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi
20. Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi auksion natijalari haqidagi bayonnomani olgan kundan boshlab bir ish kuni ichida ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan shaklda yer uchastkasiga mulk huquqini beruvchi davlat orderini (keyingi o‘rinlarda — davlat orderi) rasmiylashtiradi, uni ERI bilan tasdiqlaydi va auksion g‘olibining shaxsiy kabinetiga hamda “Yerelektron” AAT orqali Davlat kadastrlar palatasining tegishli hududiy boshqarmasiga yuboradi.
Davlat orderi g‘olib nomiga yer uchastkasini mulk huquq asosida ro‘yxatdan o‘tkazish uchun asos bo‘ladi. Davlat orderini berish uchun davlat boji undirilmaydi.
21. Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan davlat orderi tushgan kundan boshlab ikki ish kuni ichida amalga oshiriladi.
Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan yer uchastkasidan mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ko‘chirma operatorga “Yerelektron” AAT orqali auksion g‘olibiga belgilangan tartibda taqdim etish uchun yuboriladi.
Bunda Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan yer uchastkasi joylashgan joydagi davlat soliq xizmati organlariga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ma’lumot yuboriladi.
Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha xarajatlari Vazirlar Mahkamasining “Davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qarori talablariga muvofiq belgilanadi va lotni sotishdan tushgan mablag‘lar hisobidan qoplanadi.
22. Operator yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi ko‘chirmani olgandan so‘ng uni avtomatik ravishda g‘olibning shaxsiy kabinetiga yuboradi.
3-§. Yer uchastkasini berish
23. Davlat orderi asosida filial tuman (shahar) qurilish bo‘limi bilan birgalikda uch ish kuni davomida yer uchastkasi chegaralarini joyida (naturada) belgilaydi.
Yer uchastkasi chegaralarini kiritgan holda yer uchastkasi chegaralarini joyida (naturada) belgilash dalolatnomasini tayyorlash ishlarini bajarish uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida haq undiriladi va lotni sotishdan tushgan mablag‘lar hisobidan qoplanadi.
24. Ajratilgan yer uchastkasida qurilishni boshlashga faqat yer uchastkasiga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng yo‘l qo‘yiladi.
3-bob. Auksiondan tushadigan mablag‘larni taqsimlash
25. Buyurtmachi yer uchastkasini sotishdan mablag‘ni tushgandan keyin bir ish kuni ichida quyidagilarga yo‘naltiradi:
a) ushbu Nizomning 20-bandida nazarda tutilgan miqdorda — tegishli Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga, uning 10 foizi Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasining maxsus g‘aznachilik hisobvarag‘iga (4014);
b) yer uchastkasi chegaralarini kiritgan holda yer uchastkasi chegaralarini joyida (naturada) belgilash dalolatnomasini tayyorlash ishlarini bajarish uchun mazkur Nizomning 22-bandida nazarda tutilgan mablag‘lar quyidagicha taqsimlanadi:
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdoridagi mablag‘ — tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari bank hisobvarag‘iga;
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdoridagi mablag‘ — tegishli Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi hisobvarag‘iga;
v) 10 foizi — “Yerelektron” AATni texnik qo‘llab-quvvatlash va uni yuritish bilan bog‘liq shtat birliklarini saqlash uchun Davlat kadastrlari palatasining bank hisobvarag‘iga (bunda mazkur xarajatlar uchun yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish hisobidan yo‘naltirilgan mablag‘lar miqdori bir kalendar yilda bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravaridan oshmasligi lozim);
g) baholash va ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatgan xizmatlari uchun mustaqil baholovchi va ekspert tashkilot bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq ularning bank hisobvarag‘iga;
d) qolgan mablag‘lar Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjeti maxsus g‘azna hisobvaraqlariga ularning qo‘shimcha manbalari sifatida yo‘naltiriladi va quyidagicha taqsimlanadi:
30 foizi — yer uchastkalari davlat organlari, muassasalari va korxonalari foydalanishida bo‘lgan va ularning tashabbusi bilan elektron onlayn-auksionga qo‘yilgan taqdirda — ushbu davlat organlari va tashkilotlariga, qolgan hollarda — davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash bo‘yicha hududiy jamg‘armaga;
70 foizi — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi Tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamg‘armasiga.
4-bob. Yakunlovchi qoida
26. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi asosida elektron-onlayn auksion orqali realizatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish
SXEMASI


Download 461,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish