Bosqichlar
| |
Subyektlar
| |
Tadbirlar
| |
Muddatlar
|
| | | | | | |
1-bosqich
| |
Ariza beruvchi
| |
1. Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasining yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) orqali yer uchastkasini xususiylashtirishga ariza taqdim etadi.
2. Arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im to‘lanadi.
| |
O‘z xohishiga ko‘ra
|
| | |
| | | | | | |
2-bosqich
| |
Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP
| |
Ariza tuman (shahar) qurilish bo‘limi, Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiali tomonidan ko‘rib chiqilishi uchun “Yerxususiylasntirish” AATga yuboriladi.
| |
Real vaqt rejimida (avtomatik ravishda YIDXP orqali)
|
| | | | | | |
3-bosqich
| |
Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiali
| |
1. Ariza tushgan kundan boshlab quyidagilarni tekshiradi:
arizada ko‘rsatilgan yer uchastkasi va huquq egasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridagi ma’lumotlarga muvofiqligi;
xususiylashtirilayotgan yer uchastkasi huquq egasi haqidagi ma’lumotlarning ushbu yer uchastkasida joylashgan bino va inshootlarning mulkdori haqidagi ma’lumotlarga muvofiqligi;
xususiylashtirilayotgan yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk obyektlariga nisbatan taqiqning yoki xatlovning mavjudligi;
yer uchastkasi joylashgan joyga chiqqan holda yer uchastkasi chegaralari, kadastr hujjatlari bilan mosligi.
2. Arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha “Yerxususiylasntirish” AAT orqali kelishadi.
| |
5 ish kunida
|
| | | | | |
|
Tuman (shahar) qurilish bo‘limi
| |
1. Arizada ko‘rsatilgan yer uchastkasi joylashgan hududning (aholi punkti yoki ular orasidagi hududni) rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish to‘g‘risidagi hamda ularni qurish haqidagi tasdiqlangan hujjatlarga yer uchastkasi joylashuvining muvofiqligini ko‘rib chiqadi.
2. Arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha “Yerxususiylasntirish” AAT orqali kelishadi.
| |
3 ish kunida
|
| | | | | | |
4-bosqich
| |
“Yerxususiylasntirish” AAT
| |
Arizani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ariza kelishilganligi yoki rad etilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotni o‘z ichiga olgan xabarnomani shakllantiradi va uni YIDXP yoki Davlat xizmatlari markazi orqali ariza beruvchiga yuboradi.
| |
Avtomatik ravishda
|
| | |
| | | | |
|
Yagona billing tizimi
| |
Ariza kelishilgan taqdirda, “Yerxususiylasntirish” AAT ma’lumotlari asosida yer uchastkasini sotib olish uchun hisobvaraqni shakllantiradi va xabarnomaga ilova qiladi hamda to‘langan mablag‘lar hisobini yuritadi.
| |
| | |
| | | | | | |
5-bosqich
| |
Ariza beruvchi
| |
Yer uchastkasini sotib olish qiymatining to‘lovini amalga oshiradi.
| |
10 ish kunida
|
| | |
| | | | | | |
6-bosqich
| |
“Yerxususiylasntirish” AAT
| |
1. Yer uchastkasini sotib olish qiymati o‘z vaqtida va to‘liq to‘langan taqdirda, yer uchastkasiga mulk huquqini beruvchi davlat orderini belgilangan tartibda shakllantiradi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmalariga imzolash uchun yuboradi.
2. Yer uchastkasining sotib olish qiymati to‘liq va o‘z vaqtida amalga oshirmagan taqdirda, xususiylashtirishni rad etish to‘g‘risida xabarnomani tayyorlaydi va uni ariza beruvchiga Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP orqali yuboradi.
| |
Avtomatik ravishda
|
| | |
| | | | | | |
7-bosqich
| |
Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmalari
| |
Yer uchastkasiga mulk huquqini beruvchi davlat orderiga elektron raqamli imzo qo‘yadi va uni Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga yuboradi.
| |
1 ish kunida
|
| | |
| | | | | | |
8-bosqich
| |
Davlat kadastrlari palatasining boshqarmasi
| |
1. Davlat orderi taqdim etilgandan so‘ng davlat orderiga asosan yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi.
2. Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan ko‘chirmani davlat orderi bilan birga YIDXP orqali ariza beruvchiga yoki Davlat xizmatlari markaziga yuboradi.
| |
2 ish kunida
|
| | |
| | | | | | |
9-bosqich
| |
Davlat xizmatlari markazi yoki YIDXP
| |
Davlat orderi va Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan ko‘chirmani ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va bu haqida ariza beruvchini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali xabardor qiladi.
| |
Real vaqt rejimida (avtomatik ravishda YIDXP orqali)
|