1. Tabiiy resurslar / Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish]


-§. Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida ekologik xavfsizlik talablari



Download 83,21 Kb.
bet15/17
Sana22.01.2022
Hajmi83,21 Kb.
#401007
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
95 18.02.2020

6-§. Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida ekologik xavfsizlik talablari

46. Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida ekologik xavfsizlik talablariga rioya qilish maqsadida:

ushbu Texnik reglament va maxsus texnik reglamentlar bilan belgilangan talablarga muvofiq chiqindilarni zararsizlantirish va xavfsiz joylashtirilishning texnik vositalari bilan jihozlanmagan xo‘jalik va boshqa faoliyat obyektlarini ishga tushirish;

atrof-muhit uchun xavflilik toifasi belgilanmagan chiqindilarni ishlab chiqarish va ular bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish;

saqlash va ko‘mib tashlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi hududiga chiqindilarni, shu jumladan chetdan radioaktiv chiqindilarning har qanday turlarini olib kirish;

O‘zbekiston Respublikasida utilizatsiya qilish uchun tegishli texnologiyalar mavjud bo‘lgan chiqindilarni ko‘mib tashlash;

chiqindilarni aholi punktlari yerlarida, tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlarda va moddiy madaniy meros obyektlari joylashgan yerlarda, aholining hayoti va sog‘ligiga, shuningdek, tabiatni muhofaza qilish obyektlariga hamda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga zarar yetkazish xavfiyuzaga kelishi mumkin bo‘lgan boshqa joylarda saqlash va zararsizlantirish;

atrof-muhitda qattiq va suyuq chiqindilarni ruxsatsiz joylashtirish;

sanoat va maishiy chiqindilarni maxsus texnik moslamalarsiz zararsizlantirish;

ko‘milgan chiqindilarni o‘zboshimchalik bilan chiqarib olish;

maishiy chiqindilarni (hujjatda nazarda tutilmagan) tashish uchun mo‘ljallanmagan transport vositalarida, shuningdek, maishiy chiqindilarni tashish bilan bog‘liq bo‘lmagan shaxslar kuzatuvida tashish, yirik gabaritli maishiy chiqindilar va qurilish chiqindilari, shuningdek, daraxt va butalarni kesish hamda agrotexnik ishlov berishda hosil bo‘ladigan chiqindilar (daraxt va buta shox-shabbalari, kesish ishlari qoldiqlari va boshqalar) bundan mustasno.

47. Yer qa’rida chiqindilarni fuqarolarning hayoti va sog‘ligi, atrof-muhit xavfsizligini, tabiiy resurslar saqlanishini ta’minlash talablariga rioya etgan holda, faqat maxsus tadqiqotlar natijalariga ko‘ra ayrim hollardagina ko‘mib tashlashga ruxsat etiladi.

48. Chiqindilarni qayta ishlash, ularni poligonlarda ko‘mib tashlash va saqlash davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi.

49. O‘zbekiston Respublikasi hududida chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash, saqlash va tahlil qilishni ta’minlash maqsadida xo‘jalik yurituvchi va boshqa subyektlar chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish obyektlarining Davlat kadastri yagona tizimiga kiritilishini majburiy tartibda ta’minlaydi.

Chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastri qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuritiladi.

50. O‘zbekiston Respublikasi hududida hosil bo‘ladigan chiqindilar pasportlanishi lozim.

Chiqindi pasporti chiqindining har bir turi uchun yuridik shaxslar tomonidan tuziladi. Ishlab chiqarish texnologiyasi bilan bog‘liq tarzda chiqindining o‘ziga xos xususiyatlari o‘zgargan hollarda, chiqindi pasportiga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritiladi.

Chiqindilarni pasportlash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

51. Chiqindilarning O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishiga aholining hayoti va sog‘ligi hamda atrof tabiiy muhit xavfsizligini ta’minlash sharti bilan ularni faqat qayta ishlash va utilizatsiya qilish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yo‘l qo‘yiladi.

Chiqindilarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va uning hududidan olib chiqishni tartibga solish qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

52. Xavfli chiqindilar ularning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda berilgan ekologik sertifikati hamda ruxsatnoma mavjud bo‘lgan taqdirda, maxsus jihozlangan transport vositalarida tashiladi.

53. Oldi-sotdi, eksport-import operatsiyasi obyekti bo‘lgan chiqindilar, shuningdek, tashilishi kerak bo‘lgan xavfli chiqindilar chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi sanitariya normalari va qoidalariga, ekologik normativlarga muvofiqlik bo‘yicha ekologik sertifikatlashdan o‘tkazilishi kerak va uning natijalariga ko‘ra chiqindilarning mulkdorlariga ekologik sertifikat beriladi.

Chiqindilarni ekologik sertifikatlash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

54. Xo‘jalik va boshqa faoliyat obyektlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish, rekonstruksiya qilish, konservatsiyalash va tugatishda qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq chiqindilarni saqlash uchun jihozlangan maydonchalar nazarda tutilishi lozim.

55. Xavfli chiqindilar ularni to‘plash, saqlash, utilizatsiya qilish, ko‘mish va/yoki yo‘q qilish joylariga:

xavfli chiqindilar pasporti mavjud bo‘lganda;

maxsus jihozlangan va maxsus belgilar bilan ta’minlangan transport vositalari mavjud bo‘lganda;

xavfli chiqindilarni tashish va topshirish uchun tashiladigan xavfli chiqindilar miqdori, tashish maqsadlari va manzili ko‘rsatilgan hujjatlar mavjud bo‘lganda tashiladi.

56. Xavfli chiqindilar ushbu Texnik reglament talablari hisobga olingan holda, texnologik jarayonlar yordamida zararsizlantiriladi.

57. Chiqindilarni joylashtirish obyektlarida chiqindilarni saqlashda (ko‘mishda) keyinchalik ishlov berish, yuklash, tashish, tushirish, utilizatsiya qilish va yo‘q qilish ishlarini amalga oshirish maqsadida ularning alohida saqlash talablari ta’minlanishi lozim.

58. Yuridik shaxslar:

chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida belgilangan sanitariya normalari va qoidalariga, ekologik normativlarga rioya etishi;

qonun hujjatlarida belgilangan tartibda chiqindilarning hisobini yuritishi, ular to‘g‘risida hisobot taqdim etishi;

chiqindilarning fuqarolar hayoti va sog‘ligi, atrof-muhit uchun xavflilik darajasini belgilangan tartibda aniqlashi;

chiqindilarning hosil bo‘lish normativlari va ularni joylashtirish limitlari loyihalarini ishlab chiqishi;

aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlariga, yo‘llarning chetiga, qatnov qismiga qurilish va maishiy chiqindilar tashlanishi hamda to‘planishining oldini olishi;

chiqindilar to‘planishini ta’minlashi, o‘ziga tegishli bo‘lgan binolarga yaqin yoki tutash hududlarda qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va vaqtincha saqlash uchun konteynyerlar (qutilar) o‘rnatishi;

resurs qimmatiga ega va utilizatsiya qilinishi lozim bo‘lgan chiqindilarning tegishli darajada saqlanishini ta’minlashi hamda ularning yo‘q qilinishi va buzilishiga yo‘l qo‘ymasligi;

o‘zining mulki bo‘lgan chiqindilarning utilizatsiya qilinishiga doir texnologiyalarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish choralarini ko‘rishi;

chiqindilarning aralashib ketishiga yo‘l qo‘ymasligi, ishlab chiqarish texnologiyasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;

chiqindilarning belgilanmagan joylarda yoki obyektlarda saqlanishi, qayta ishlanishi, utilizatsiya qilinishi va zararsizlantirilishiga, shuningdek, bunday joylarga yoki obyektlarga joylashtirilishi hamda tashlanishiga yo‘l qo‘ymasligi;

chiqindilarni maxsus texnik moslamalarni qo‘llamagan holda yoqib yubormasligi;

sanitar tozalash infratuzilmasi obyektlarini joylashtirish va ulardan foydalanish bo‘yicha talablarni buzmasligi;

chiqindilar joylashtirilgan o‘z obyektlarining sanitariya va ekologik holatini nazorat qilish;

chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish vaqtida holati buzilgan yer uchastkalarida rekultivatsiya ishlarini o‘tkazishi;

chiqindilarni mumkin qadar ko‘proq utilizatsiya qilish, ularni chiqindilarni to‘plash, saqlash va utilizatsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga realizatsiya qilish yoki berish chora-tadbirlari kompleksini amalga oshirishi, shuningdek, utilizatsiya qilinmaydigan chiqindilar ekologik jihatdan xavfsiz tarzda zararsizlantirilishini ta’minlashi;

mahalliy davlat hokimiyati organlariga, chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlariga ruxsat olinmagan tarzda atrof-muhitga chiqindilar chiqarilganligi holatlari to‘g‘risida va ko‘rilgan choralar haqida belgilangan tartibda axborot taqdim etishi;

chiqindilarni joylashtirganlik uchun belgilangan tartibda kompensatsiya to‘lovlari to‘lashi;

chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish natijasida fuqarolarning hayoti, sog‘ligi va mol-mulkiga, atrof-muhitga, yuridik shaxslarga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashi shart.

Yuridik shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida boshqa majburiyatlarni ham olishi mumkin.

59. Chiqindilarni ma’lum bir vaqt davomida nazoratda saqlash maqsadida, binolar, inshootlar yoki hududdan ajratilgan ruxsat etilgan uchastkaga (chiqindilarni joylashtirish obektlarida) joylashtiriladi, bu chiqindilar partiyasiga tegishli hujjatlarda aks ettiriladi.


Download 83,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish