The Red Data Book) va hozirgi foydalanish joyi, soni, biologik xususiyatlari, dunyo hayvonot bog'laridagi miqdori va har xil mamlakatlarda ximoya qilish uchun qabul qilingan chora-tadbirlar haqida ma'lumotlar keltiriladi.
Xalqaro “Qizil kitob”ga kiritilgan hayvon turlari 5 ta toifaga bo'lingan:
1. Yo'qolib borayotgan turlar;
2. Kamayib borayotgan turlar;
3. Noyob-nodir turlar;
4. Noaniq turlar;
5. Tegishli chora-tadbirlar
Sobiq ittifoqda 1974 yilda “Qizil kitob” ta'sis etilgan bo'lib, 1978 yilda “Qizil kitob” chop etildi. Unga 63 tur va kenja tur sut emizuvchilar, 63 ta qush, 8 ta amfibiy, 21 ta sudralib yuruvchi mavjudotlar kiritilgan edi. “Qizil kitob” ning O'zbekistonga ta'luqli joylari ko'pgina olimlar tomonidan ishlab chiqildi.
O'zbekiston respublikasining turli mintaqalarida 650 dan ortiq umurtqali hayvonlari, shu jumladan, 79 dan ortiq qushlar, 99 ta sutemizuvchilar turlari va tur vakillari uchraydi. Faqat Sirdaryo va Amudaryo vohasida joylashgan suv omborlari va ko'llarda baliqlarning 60 turi, ambfibiyalarning 3 turi uchraydi. Respublikamizda sudralib yuruvchilarning 57 turi, suvemizuvchilarning 91 turi va qushlarning 410dan turi uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |