Tabiatshunoslik darslarini jihozlash. o’quvchilar birinchi sinfdan boshlab tabiatni va tabiat bilan bog’liq holda mehnat faoliyatini ekskursiyalar, predmetli darslar orqali, “O'qish kitobi”-dan tabiatshunoslik mazmunidagi matnlar hamda “Atrofimizdagi olam” darsligini o’qish jarayonida bevosita kuzatishlar yo’li bilan o’iganadilar. Bu mashg’ulotlarda o’quvchilarning fikrlash faoliyatini tashkil qilishga yordam beruvchi har xil jihozlardan, ko’rgazmali qurollardan foydalaniladi. Ko’rgazmali qurollarga tabiiy yoki haqiqiy obyektlar, ularning mulyaji, surati, rasmi, sxemasi kiradi. o’qitishda diafilm va kinofilmlar, teleko’rsatuvlar va o’qitishning boshqa texnika vositalari muayyan maqsadni ko’zlab qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |