Qizaloq:Otalari chiroyli,yurtim,
Yigitcha:Onalari chiroyli,yurtim,
Qizaloq:Jannatmakon deydilar ajab,
Yigitcha:Bog`-rog`lari chiroyli,yurtim.
Qizaloq:Yigitlari chiroyli,yurtim,
Yigitcha:Gul qizlari chiroyli,yurtim,
Qizaloq:Aslo senga ko`zlar tegmasin,
Yigitcha:Bayramlari chiroyli,yurtim!
(Qizaloq va yigitcha asta-sekin parda ortiga chekinishadi).
1-suxandon: Ha,aziz do`stlar,biz bilan siz ana shinday jannatmakon,barcha havas qilgulik,bayramlari chiroyli go`zal yurtda yashayapmiz.Bugun biz tantanalar bilan nishonlayotgan Mustaqillik kuni bayramlar ichida eng aziz,eng ulug`,eng suyukli bayramdir.
2-suxandon:Aziz yurtdoshlar! Jannatmakon O`zbekistonimiz tarixiga 1991-yil 31-avgust”Asrga tatigulik kun”sifatida zarhal harflar bilan bitildi.Ushbu kunda O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Davlat mustaqilligi asoslari to`g`risida”gi bayonoti,O`zbekiston Respublikasining “Davlat mustaqilligi asoslari to`g`risida”gi qarori qabul qilindi.
1-suxandon:Har yili 1- sentyabrni O`zbekiston Respublikasi mustaqilligi bayrami sifatida tantanali tarzda nishonlaymiz. Mustaqilligimizning 27 yilligiga atab tayyorlangan, ”Aziz va yagonamsan, jonajon O`zbekistonim!” deb nomlangan bayram tadbirimizni ochiq deb e`lon qilaman. Barchalaringizga vatan ravnaqi yo`lidagi sharafli va mashaqqatli ishlaringizda omad yor bo`lsin!
2-suxandon: Yurtimizda bayramlar ko`p,to`ylar ko`p,
Orzu-havas, intilishlar, o`ylar ko`p.
O`zbekiston madhi yangrab taralar,
Dildan kuylab, jo`r bo`laylik, jo`ralar!
(Ozodbek Nazarbekov ijrosidagi ,,Shunday bayram dunyoda yo`q!” ashulasi magnit lentasi orqali eshittiriladi, raqsida maktab raqs to`garagi qizlari).
Do`qqa, do`qqa, do`q,
Olamda yoq.
Shunday go`zal
Dunyoda yoq, voy doda.
Do`qqa,do`qqa,do`q
Olamda yo`q
Shunday bayram
Dunyoda yo`q,voy doda.
Navoiyning yo`llari soz,
Yo`llarida o`ynaydi g`oz,voy doda.
Sho`x qizlari, qo`qon gilos
Yigitlari ishqiboza, voy doda.
(“Omonyor” ashulasi va raqsi ijro etiladi).
2-suxandon:
Ey,go`zal yurtim,muborak shonli istiqlol senga,
Yarqirab taqdir yo`li baxsh aylagan iqbol senga.
Sho`x navo,shodlik bilan olamga ko`rsat o`zliging,
Toki yulduzli samolar boqsa boqsin lol senga.
1-suxandon:
Hayrat-u faxr ichra madhingni qilurmiz,ey Vatan,
Har nigohda mehrimiz izhor etib yaqqol senga.
Do`stlig-u tinchlik bilan olamga mashhursan o`zing,
Ey,go`zal yurtim,muborak shonli istiqlol senga!
2-suxandon:
Mustaqil O`zbekiston! Qarang,bu so`z qanday yoqimli jaranglaydi. Ko`ngillarga oroyish-tahsin bag`ishlaydi. Shu birgina so`z zamirida qanchadan-qancha ma`no mujassam. Mustaqillik bizga osmondan sovg`a sifatida tushgani yo`q. Mustaqillik, erk uchun kurashgan qo`rqmas, mard, jasur ko`plab ajdodlarimiz o`z jonlarini vatan uchun fido qildilar. Ularning orzulari armonligicha qolib ketdi.Lekin ularning ruhlari tirik. Eslaysizmi,ular kimlar edi?
(“Cho`li Iroq”kuyi chalinadi.Sahnaga birin-ketin To`maris, Shiroq, Muqanna, Najmiddin Kubro, Mirzo Ulug`bek, Alisher Navoiy, Z.M.Bobur, Cho`lpon timsolidagi o`quvchilar kirib kelishadi).
To`maris:
Men, To`maris, olis moziydan
Keldim sizning huzuringizga.
Ajdodlarim dildan istagan
Erkin, obod diyoringizga.
Sadqa qildim yolg`iz farzandim,
Ona xalqim va yurtim uchun.
Bosh ko`tarsa,agar g`animlar,
Zarb beraman yig`ib bor kuchim.
Shiroq:
Kimki Vatanimga ko`z olaytirsa,
Yomon niyat bilan gar bossa qadam.
Ko`zlari ko`r bo`lib,shal bo`lgusidir,
Toabad badnom bo`lib,xor bo`lgusidir.
Muqanna:
Xalqqa ayting,men also o`lganim yo`q,
Yov qo`lida taslim ham bo`lganim yo`q.
Men elimning yuragida yashayman,
Erk deganning tilagida yashayman.
Do'stlaringiz bilan baham: |