1. Sug’urtaning rivojlanishi va paydo bo’lishi


Sug’urtaning rivojlanishi va paydo bo’lishi



Download 0,52 Mb.
bet2/6
Sana14.07.2022
Hajmi0,52 Mb.
#799377
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Sug\'urta ishi \'\'Kurs ishi\'\' (2) (3)

Sug’urtaning rivojlanishi va paydo bo’lishi.

Inson tabiatda va jamiyatda bo‘ladigan xavflarga doimo qarshi turish bilan birga, bu xavflarning oldini olish va ayrim jarayonlarni boshqarishga harakat qilib kelgan. Insoniyat asrlar davomida olib borgan bunday kurashi tufayli va to‘plagan tajribasining natijasi o‘laroq, tabiat va jamiyatda yuz beradigan ayrim salbiy hodisalarning oldini olishga yoki uni oldindan bilib ehtiyot choralarini ko‘rishga muyassar bo‘lmoqda yoki hech bo‘lmaganda tabiiy ofatlarning keltiradigan zararini kamaytirishga erishib kelmoqda.
Turli kasalliklarga qarshi ko‘riladigan choralar bir korxona, ma'lum hudud butun bir mamlakat miqyosida amalga oshirilib, emlash, karantin qilib qo‘yish kabi tadbirlar vositasida bu kasalliklarning epidemiyaga aylanib ketishining oldi olinmoqda, hatto ayrim kasalliklarning tarqalishiga umuman chek qo‘yilmoqda. Jamiyat uchun zararli bo‘lgan ishsizlikning oldini olish maqsadida ko‘riladigan choralar, suv toqinlarining oldini olish uchun dambalarni qurish kabi tadbirlar jamiyatlarni zararli va xavfli hodisalardan saqlanib qolinishiga olib keladi.
Insoniyat o‘zini halokatli, xavfli hodisalardan himoya qilish uchun turli ko‘rinishdagi, moddiy jahatdan kafolatlaydigan jamiyatlar tuzishga uzoq yillardan beri harakat qilib kelgan. Shunday jamiyatlardan biri, insonga eng yaqin bo‘lib qolgan, unga hayotining og‘ir davrlarida moddiy tomondan yordam beradigan sug‘urta jamiyatlaridir.
Sug‘urta ishining hozirgi holatini to‘g‘ri baholay olishimiz uchun, sug‘urta ishining tarixini o‘rganishimiz lozim2.
"Sug‘urta" atamasi, birinchi navbatda, inson ongida "qo‘rquv" (mol-mulkining xavfsizligi, sog‘lig‘i, hayoti uchun qo‘rqish va boshqalar bilan bog‘liq.). Bu moddiy yo‘qotishlarni bartaraf yetishdan qo‘rqish va ularni qoplashga bo‘lgan ehtiyoj sug‘ odamlar o‘rtasida taqsimlash g‘oyasi insoniyat paydo bo‘lgandan buyon mavjud bo‘lib, bu hoh bug‘ularni guruh bo‘lib ovlash bo‘lsin, hoh yuklarni bir necha karvonga taqsimlab yuborish bo‘lsin, buning hammasi sug‘urtaning ilk ko‘rinishlari hisoblanadi.
Dastlab, insonlar turli tabiiy ofatlar va boshqa oldindan ko‘rib bo‘lmaydigan hodisalar ro‘y berishini oldini olish maqsadida xudolarga sig‘inishgan. Stixiyali hodisalarning ro’y berishi, bu tabiiy hol ekanligini anglagan insonlar quldorlik davridayoq, yong‘in, qurg‘oqchilikdan saqlanish uchun natura shaklidagi sug‘urta fondlarini tashkil etishgan.
Sug‘urtaning dastlabki shakllari, eramizdan 2000 yil oldin Vavilon podshohi Xammurapi qonunlarida, shuningdek, Fors ko‘rfazi, Qadimgi Gresiya va Misr, Qadimgi Rimdagi savdogarlarning o‘zaro tuzgan bitimlarida o‘z aksini topgan. Ilk yozma sug‘urta polisi qadimgi Bobilda podshoh Xamurappi tomonidan bitilgan bo‘lib, “Xammurappi kodeksi” nomli bilan atalgan. Bu qonunlar o‘sha davr uchun juda muhim hisoblanib, hozirgi davr sug‘urtasining asosini tashkil etadi. Bu bitim shartlariga muvofiq, umumiy karvon safida savdo qiluvchi savdogarlardan birortasi stixiyali hodisalar yoki qaroqchilar hujumi oqibatida zarar ko‘rsa, bu zararlar boshqa savdogarlar tomonidan qoplanishi belgilangan. Bu davrlarda maxsus sug‘urta tashkilotlari bo‘lmagan va sug‘urta badallari to‘lanmagan.
X-XIII asrlarda sug‘urta gil'diyasi va sexlar tomonidan amalga oshirila boshladi. Masalan, X asrda Angliyada gil'diya a'zolariga tegishli o‘g‘irlangan hayvonlarni qoplash uchun anglosaksoniya Gil'diyasi tashkil etilgan. XI asrda Daniyada gil'diya a'zolari, ulardan qaysi biri kema avariyasiga uchrasa yoki asirga tushsa, unga umumiy kassa hisobidan zarar qoplangan yoki asirdan qutqarish uchun sotib olingan.
Keyinchalik gil'diya sug‘urtasi himoya qiluvchi va kasbiy gil'diyalariga bo‘linishgan. Himoya qiluvchi gil'diyalar o‘z a'zolarining mol-mulkini turli xavf-xatarlardan himoya qilishgan.
O‘rta asrlarda esa Yevropada hunarmandlar gildiyalarga birlashib ishlaganlar. Katta ustalarning qo‘lida yosh tajribasiz bolalar tekinga yoki arzimagan chaqaga mehnat qilishgan. Vaqti kelib ular ham voyaga yetib, gildiyaga qarzlarini to‘lab usta darajasini olishgan. Gildiyalar keladigan mablag‘larni hozirgi sug‘urtalalarning ishini bajarishga sarflaganlar. O‘rta asr Yevropasida ko‘p narsa yog‘ochdan yasalganini hisobga olsak, ustaning mehnati yong‘inga uchrasa, o‘g‘ri ursa u yana qayta foydaga chiqib olguncha gildiya ustani mablag‘ bilan ta'minlab turgan. Usta o‘lsa yoki nogiron bo‘lib qolsa gildiya uning oilasiga ham moliyaviy ko‘mak berib turgan.
XV asrda sug‘urta operatsiyalarini amalga oshirish orqali foyda olish, Italiyada, dengiz orqali yuk tashish amaliyotida joriy etilgan. O‘sha davrda O‘rta yer dengizi orqali yuklarni tashishda Italiya ustun mavqega ega bo‘lgan. Dengiz sug‘urtasi rivojlanganligini, 1393 yilda birgina notarius orqali bir haftada 80 ta sug‘urta shartnomasi tuzilganligi bilan tushuntirish mumkin.
Bu davrlarda dengiz sug‘urtasi Ispaniya va Portugaliyada ham taraqqiy eta boshlagan. Birinchi sug‘urta polisi 1347 yilda Barselonada berilgan. 1468 yilda dengiz sug‘urtasi bo‘yicha Venesiya Kodeksi yaratiladi. 1666 yilda Londonda katta yong‘in sodir bo‘lib, yong‘in oqibatida 14 ming atrofida binolar vayron bo‘ldi. Buning natijasida London vayronaga aylandi, omon qolganlarning uylari yonib kul bo‘ldi. Bu yong‘indan keyin boshlangan to‘z-to‘polonlarga javoban, dengiz kemalari sug‘urtasi bilan shug‘ullanuvchi sug‘urta kompaniyalari yong‘indan sug‘urta qilishni taklif etuvchi sug‘urta kompaniyalarini tashkil qilishdi. Tez orada bu kompaniyalar o‘z biznesini kengaytirishdi. 1693 yilga kelib, birinchi bor hayotni sug‘urtalash ishlari boshlandi.
AQShda esa sug‘urta sanoati Britaniya modeli asosida barpo etildi. U yerda 1735 yili birinchi hayot sug‘urta kompaniyasi tashkil topdi. 1761 yil 21 mayda esa ilk bor hayot sug‘urtasi polisi joriy etildi va butun mamlakat miqyosida tarqala boshladi. Hayotni sug‘urtasi bo‘yicha birinchi sug‘urta jamiyati “Ekvitebl” nomi bilan 1762 yilda tashkil etilgan. 1830 yilga kelib, Angliyada 35 ta yirik hayotni sug‘urtasi bo‘yicha jamiyatlar faoliyat ko‘rsatgan. Hayotni sug‘urtalash bo‘yicha dastlabki aksiyadorlik sug‘urta jamiyatlari 1787 yilda Fransiyada tashkil etilgan. Germaniyada esa 1806 yilga kelib hayot sug‘urtasi bo‘yicha aksiyadorlik jamiyati tuzilgan.
XVI asr oxiri va XX asrning boshlariga kelib sanoat ishlab chiqarilishini rivojlanishi mulkiy va shaxsiy sug‘urtani taraqqiy etishini ancha tezlashtirdi.
XX asr oxirlarida sanoat sohasidagi tub o‘zgarishlar, xususan, ishlab chiqarishda ilmiy-texnika yutuqlaridan foydalanish, elektr energiyasidan keng foydalanish texnologik xarakterdagi risklarni keltirib chiqardi.
1776 yili Rossiyada Davlat banki huzurida sug‘urta ekspedisiyasi tashkil etilgan. 1800 yilda Imperator farmoni bilan kema va tovarlarni sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta jamiyati tashkil etildi, biroq uning mijozlari bo‘lmaganligi uchun tugatilgan. Bu sug‘urta jamiyatini qo‘llab-quvvatlash uchun Rossiya hukumati unga eng asosiy gubernalarda sug‘urta ishini mutloq amalga oshirish uchun 20 yil muddatga huquq bergan.
1835 yilda ikkinchi yong‘indan sug‘urtalash bo‘yicha jamiyat tuzilgan. 1890-1900 yillarga kelib, o‘zaro sug‘urtalash bo‘yicha shahar jamiyatlari bo‘lgan va rivojlangan. 1909 yilda markazi Peterburg shahrida bo‘lgan o‘zaro sug‘urtalash jamiyatlarining Rossiya ittifoqi tashkil etilib, 1914 yilda uning tarkibida 300 ga yaqin sug‘urta tashkiloti bo‘lgan. 1894 yilda Rossiya Ichki Ishlar Vazirligiga sug‘urta jamiyatlari ustidan nazorat olib borish yuklatiladi. 1917 yilga qadar, Rossiyada sug‘urta ishi raqobatga asoslangan holda rivojlanishning yuqori darajasiga erishishgan edi.
O‘lkamizda sug‘urta xizmatlari va sug‘urta shartnomasining kirib kelishi chorizm xukmronligi davriga to‘g‘ri keldi. 1918 yilga qadar Buxoro amirligi hududlariga tutash joylarda Rossiyaning sug‘urta bilan bog‘liq kapitalistik filiallari va bo‘limlari tashkil qilindi. Ular davlat idoralarini, ulgurji savdo va transport korxonalari binolarini, paxta va yog‘ zavodlarini asosan yong‘in hamda boshqa falokatlardan sug‘urta qilishgan. Bora-bora Rossiya o‘lkani paxta bazasiga aylantirishni ko‘zlab, jamoa xo‘jaliklarini sug‘urtalashga e'tibor qaratdi. Shaharlarda esa imoratlarni yong‘indan sug‘urtalash yo‘lga qo‘yildi. Shundan so‘ng sobiq Ittifoq qonunlari asosida shaxsiy sug‘urta ham joriy etildi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng sug‘urta sohasida ham islohotlar amalga oshirila boshlandi, jumladan, respublikamizda jahon standartlariga asoslangan mustaqil sug‘urta tizimi barpo etish uchun imkoniyatlar yaratildi. Respublikamizda 1993 yilning 6 mayida “Sug‘urta to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Mazkur qonunda sug‘urtaning o‘rni, yuridik shaxslar va fuqarolarning sug‘urta xizmatlariga bo‘lgan talabini to‘laroq qondirilishini, hamda sug‘urta munosabatlari barcha ishtirokchilari manfaatlarini himoya qilinishi va majburiyatlariga rioya etilishini ta'minlashga qaratildi. Ushbu qonun orqali davlat sug‘urtasining maonopoliyasiga barham berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoniga muvofiq 1994 yil 21 yanvarda “O‘zbekinvest” milliy sug‘urta kompaniyasi, 1995 yilda “Madad” sug‘urta agentligi, 1997 yilda “O‘zagrosug‘urta” va “Kafolat” davlat aksiyadorlik sug‘urta kompaniyalari va shu kabi boshqa sug‘urta kompaniyalari tashkil etila boshladi. Mamlakatimizda 2002 yil 5 aprelda qabul qilingan “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”, 2008 yil 21 aprelda qabul qilingan “Transport vositalari egalarining uchinchi shaxsoldidagi fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi, 2009 yil 16 aprelda qabul qilingan “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash to‘g‘risida”, qonunlar sug‘urta bozorida faoliyat yurituvchi sub'ektlar uchun mustahkam huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda. 2019 yil aprelda sug‘urta bozori rivojlantirish agentligi tashkil qilinib, uning vazifalari belgilab berildi. Sug‘urta bozorini rivojlantirish uni chet mamlakatlar sug‘urta tizimiga mos ravishda rivojlantirish borasida 2019 yil 2 avgust kuni O‘zbekiston respublikasi prezidentining “O‘zbekiston respublikasining sug‘urta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risi”da qarori qabul qilindi.
Qarorda sug‘urta faoliyatini tubdan isloh qilish va uni rivojlantirish bo‘yicha chora- tadbirlar haqida keltirib o‘tilgan.


Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish