1. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish



Download 15,21 Kb.
Sana01.07.2022
Hajmi15,21 Kb.
#726583
Bog'liq
mi


1. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish.


Sudyalar va sud apparati hodimlariiing mavqeini, moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy ta’minot darajasini oshirish sudlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash. Sudyalar mustaqilligi tamoyili «Sudlar to‘g‘risida»gi qonun, Jinoyat-protsessual kodeksi, Fuqarolik-protsessual kodekslarida o‘z ifodasini topgan. Qayd etish kerakki, sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi va bunday aralashuv qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi. Hech kim sudyalar va xalq maslahatchilariga tazyiq o‘tkazish va ma’lum bir ish qanday hal qilinishi lozimligi bo‘yicha ko‘rsatma berish huquqiga ega emas. Ishning xolisona ko‘rib chiqilishiga to‘sqinlik qilish yoki noqonuniy qaror chiqarishga erishish maqsadida sudyalar va xalq maslahatchilariga har qanday ta’sir o‘tkazish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasida sudyalar mavqeini oshirish bo‘yicha sudya lavozimida bo‘lishning ilk marotaba besh yillik, keyin un yillik muddatini va shundan so‘ng muddatsiz davrini belgilash hamda sud raislarining sudyalarga nisbatan intizomiy ish qo‘zg‘atishga oid vakolatini tugatish nazarda tutiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF4966son Farmoniga ko‘ra, amaldagi sud kotibi lavozimi tugatilib, sudlarning tuzilmalariga sudya katta yordamchisi, sudya yordamchisi lavozimlarining kiritilishi kelgusida sudyalarni odil sudlov bilan bevosita bog‘liq, bo‘lmagan vazifalardan ozod qilishga hamda sudyalar zaxirasining shakllanishiga xizmat qiladi.
Sudya lavozimida bo‘lishning eng yuqori yoshini u ya’ni tuman va viloyat sudlari sudya lavozimlarini 65 yoshgacha, Konstitutsiyaviy, Oliy va Oliy xo‘jalik sudlari sudya lavozimlarini 70 yoshgacha belgilash ko‘zda tutiladi.
SHuningdek, ushbu farmonga asosan sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlash va tayinlash tartibini yanada takomillashtirish maqsadida sudyalar hamjamiyatining oliy organi hisoblanadigan va O‘zbekiston Respub­likasida sud hokimiyati mustaqilligining ta’minlashga ko‘maklashadigan O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tashkil etildi. Kengashning asosiy vazifalari sifatida sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlov asosida tanlash, malakali va mas’uliyatli mutaxassislar orasidan sudyalarni tayinlash, rahbarlik darajasidagi sudyalik lavozimlariga ko‘rsatish uchun tavsiya berish yo‘li bilan sudyalar korpusini shakllantirish, sudyalar daxlsizligi buzilishining va ularning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga aralashishning oldini olish bo‘yicha choralar qurish, odil sudlovga erishish darajasini va uni amalga oshirish sifatini yaxshilash bo‘yicha takliflar berish va boshqa muhim vazifalar belgilandi28.
SHuningdek, sudyalarning alohida maqomini inobatta olgan xolda, ularning mehnatiga xaq to‘lash normalari va pensiya ta’minoti mexanizmini belgilash, shu jumladan, sudlar faoliyatini faqat byudjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish tartibini, har yili respublika byudjetida qonunchilik va ijro hokimiyati organlaridan ajratilgan xolda alohida qatorda belgilash tizimi joriy etiladi.
Sud hokimiyati sud tomonidan protsessual qoidalarga qat’iy amal qilgan holda protsessual va moddiy huquqni qo‘llash orqali o‘zining kompetensiyasiga tegishli bo‘lgan ishlarni xal etish uchun berilgan hokimiyat vakolatidir.
Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini mustahkamlash va sud himoyasining samaradorligini oshirish mamlakat sud-huquq tizimini isloh qilishning asosiy vazifalari bo‘lib, sudlarni har tomonlama mustaqil, o‘zini o‘zi moddiy-texnik jihatidan ta’minlash va moliyalashtirish darajasiga ko‘tarishni nazarda tutadi.
Mazkur vazifalarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi xuzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiytexnik jihatidan va moliyaviy ta’minlash departamentining umumiy yurisdiksiya sudlari faoliyatini moddiytexnik jihatidan va moliyaviy ta’minlash sohasidagi vazifa va vakolatlarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tasarrufiga o‘tkazish alohida o‘rin egallaydi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samara­dorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF4966son Farmoniga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi xuzurida Sudlar faoliyatini ta’minlash departamenti tashkil etildi, ularning shtat birliklari tasdiqdandi hamda uning asosiy vazifalari belgilab berildi.
Sudyalarga g‘ayriqonuniy tarzda ta’sir o‘tkazishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rish. O‘tgan yillar davomida sud-huquq tizimini tubdan isloh qilish, jamiyatni demokratlashtirishning tarkibiy qismi sifatida sudlarning xolisligi va mustaqilligini mustahkamlash, sudni hokimiyatning xolis, mustaqil tarmog‘i sifatida mustahkamlash, qonun ustuvorligini inson huquq va erkinliklari ishonchli himoyalanishini ta’minlash bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirildi. Xususan, sud hokimiyatini bosqichma-bosqich mustahkamlab borish, sudning mustaqilligini ta’­minlash, uni sobiq tuzumda bo‘lgani kabi qatag‘on quroli va jazolash idorasi sifatidagi organ emas, balki inson va fuqaro huquq va erkinliklarini ishonchli himoya va muhofaza etishga xizmat qiladigan tom ma’nodagi mustaqil davlat institutiga aylantirishga qaratilgan keng ko‘lamli tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar amalga oshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 112-moddasidan kelib chiqqan xolda «Sudlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasida sudyalarning mustaqilligi, ularning faqat qonunga bo‘ysunishi, sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yo‘l qo‘yilmasligi va bunday aralashuv qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘lishi belgilab qo‘yildi. Ushbu huquq O‘zbekiston kushilgan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 10-moddasida va xalqaro huquqning boshqa hujjatlarida ham mustahkamlangan.
Alohida qayd etish lozimki, sud-huquq tizimini yanada dsmokratlashtirish va erkinlashtirish, sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyati samaradorligini kuchaytirish, aholining odil sudlovga bo‘lgan ishonchini oshirish, jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlash maqsadida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktyabrdagi «Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlar i to‘g‘risida»gi PF4850son hamda 2017 yil 21 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-4966 son Farmonlarining qabul qilinishi ushbu yo‘nalishdagi davlat siyosatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqdi.
Sudyalar mustaqilligining asosiy kafolatlari «Sudlar to‘g‘risida»gi Qonunda mustahkamlangan. Qonunning 67-moddasiga binoan:
ularni qonunda belgilangan tartibda sudyalikka saylash, tayinlash va sudyalikdan ozod qilish;
ularning daxlsizligi;
qaror chiqarish chog‘ida sudyalar maslahatining sir tutilishi va uni oshkor qilishni talab etishning taqiqlanishi;
sudga hurmatsizlik yoki muayyan ishlarni xal qilishga aralashganlik, sudyalar daxlsizligini buzganlik uchun javobgarlik;
sudyaga davlat hisobidan uning yuksak maqomiga munosib moddiy va ijtimoiy ta’minot berish ta’minlanadi.
O‘zbekiston Respuolikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947son Farmoni bilan tasdiqlangan «2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi»ning ikkinchi yo‘nalishi qonun ustuvorligini va sudning chinakam mustaqilligini ta’minlash chora-tadbirlarini nazarda tutadi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF 4966-son Farmoni bilan sudyalar hamjamiyatining oliy organi hisoblanadigan va O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati mustaqilligining konstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilishini ta’minlashga ko‘maklashadigan O‘zbekiston Respublikasi Sudya­lar oliy kengashi tashkil etildi.
Sudlarni yanada ixtisoslashtirish, sud apparatnpi mustahkamlash Mustaqillik yillarida mamlakatimizda sud-huquq sohasida amalga oshirilgan islohotlar sud hokimiyatining fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi roli va ahamiyatini oshirishga xizmat qildi. Sud tizimining demokratik asoslarini isloh qilish va yanada chuqurlashtirish, sud ishlarining adolatli va o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini ta’minlash, fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish hamda sudlarning ixtisoslashuvini amalga oshirishga qaratilgan normativhuquqiy baza yaratildi.
Ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 21 oktyabrdagi «Sud-huquq, tizimini yanada isloh kili gukarolarning huquq va erkinliklari­ni ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-4850-son Farmoni sud-huquq tizimini yanada demokratlashtirish va erkinlashtirish sohasida davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqdi. Mazkur Farmon bilan sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanib, sudlarni yanada ixtisoslashtirish, shu jumladan ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish asosida fuqarolik, jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar va xo‘jalik sudlarining vakolatlarini qayta ko‘rib chiqish yo‘li bilan ma’muriy sudlarni tashkil etish bo‘yicha zarur vazifalar belgilandi.
Download 15,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish