2. Statistik jadvallarning turlari.
Iqtisodiy izlanishlarda statistik jadvallarning har xil turlari qo’llaniladi. Eganing
tuzilishiga qarab statistik jadvallar uch turga bo’linadi: oddiy, gruppaviy va kombinatsion.
Oddiy jadval deb o’rganilayotgan ob’ektlar va ularning ko’rsatkichlari birma-bir ro’yhat
ko’rinishida yozilgan jadvalga aytiladi.
Jadval statistik ma’lumotlarni yaqqol, ixcham va umumlash- tirib taqdim etish usulidir
Oddiy statistik jadvalning egasida statistik kuzatishga jalb qilingan ob’ektlarning nomlari
yoki ma’lumotlar tegishli davrlar yozilgan bo’ladi. Jadval 4.1 bunga misol bo’la oladi. Bu
jadvalda yillar berilgan ustunlar ega bo’lib, ko’rsatkichlar keltirilgan qatorlar kesimdir.
Jadvalning ega qismida o’rganilayotgan ob’ektning muhim bir belgisi bo’yicha
gruppalash amalga oshirilgan bo’lsa, bunday jadval gruppaviy jadval deyiladi (5.5 jadvalga qaralsin).Gruppavi jadvaldeganda o’rganilayotgan ob’ektlarni bir belgi asosida guruhlash natijalarini ifodalaydigan jadval nazarda tutiladi.
Ayrim paytlarda voqea va hodisalarni bir belgisi bo’yicha guruhlaganda ularni to’liq
o’rganishning iloji bo’lmaydi. Bunday paytda voqea va hodisalar ikki va undan ortiq belg
isi asosida guruhlarga ajratilib o’rganiladi. Buning uchun, avval o’rganilayotgan hodisa to’plami birbelgisi bo’yicha, keyin har qaysi guruh boshqa belgi bo’yicha ichik guruhchalarga ajratiladi. Bunday guruhlash natijalari asosida kombinatsion jadvalar tuziladi. Ular oddiy jadvallargaqaraganda voqea va hodisalarning o’zaro aloqasi va bog’lanishlarini chuqurroq va to’la yoritishga yordam beradi.(6.7 jadvalga qaralsin)Kombinatsion jadval bu ega qismida ob’ektlarni ikkita va undan ortiq belgilari asosida guruhlash natijalarini aks ettiradigan jadvaldir
Voqea va hodisalarni o’rganish jarayonida va qo’yilgan vazifalarga qarab ega va kesim
o’z o’rinlarini almashtirib turishi mumkin. Statistik jadval ixcham va ko’rimli chiqishi uchun,
uni tuzishda quyidagi qoida va tartiblarga amal qilish kerak:
1. Jadvallar hajmi katta bo’lmasligi kerak. Murakkab to’plamlarni o’rganishda jadval
hajmini kengaytirmasdan, yaxshisi ikki va undan ortiq o’zaro bog’langan jadvallar tuzish kerak. Jadvallar aniq, tushunarli va o’qishga oson ko’rinishda tuzilishi kerak.
2. Jadvalning umumiy nomi undagi ega va kesimlar mazmunini ifodalashi lozim, uni
qisqartirib yozish mumkin emas.
3.Jadvalda bir-biri bilan bog’liq ko’rsatkichlar birin-ketin, sodddan murakkabga o’sib
borish tartibida joylashtirilishi lozim.
4.Jadvaldagi ma’lumotlar mazmunini anglash oson bo’lishi uchun ularni bir xil aniqlik
darajasi bilan butunlashtirib, kattaroq sonlar orqali ifodalash lozim.
5.SHartli belgilashlarga katta e’tibor berish kerak. Zarur bo’lganda ayrim ko’rsatkichlar
yoniga yulduzcha yoki raqamlar qo’yilib, ularni qaerdan yoki qanday hisoblab olinganligi ilova
tarzida berilishi kerak.
6.Hodisa sodir bo’lganligi to’g’risida ma’lumotlar bo’lmasa, jadvalda shu ko’rsatkich
o’rniga “ma’lumot yo’q” yoki nuqtalar (...) qo’yiladi, agarda hodisa umuman sodir bo’lma
gan bo’lsa, tire) belgisi bilan ifodalanadi. Jadvallarni tuzish texnikasi yaxshi egallansa, ularni o’qish va tushunish ishi ancha osonlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |