1. Sport inshootlarining joylashuviga gigiyenik talablar. Sport trenirovkasiga gigiyenik talablar


Sport musobaqalarini tashkil etish va o`tkazishga gigiyenik talablar



Download 36,74 Kb.
bet5/14
Sana19.08.2021
Hajmi36,74 Kb.
#151647
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
1474655802 65074

Sport musobaqalarini tashkil etish va o`tkazishga gigiyenik talablar.

Asosan quyidagi gigiyenik talablarga e`tibor beriladi:

1. Yil davomida rejalashtirilgan musobaqalar jadvali, shuningdek, har bir musobaqa davrida har qaysi sportchining qatnashish jadvalini tuzganda, sportchi zo`riqishining oldini olish choralari trener e`tiborida bo`lishi kerak. Zotan, har qanday trenirovka mashqining ham, musobaqaning ham asosiy maqsadi, avvalo, sportchining sog`lig`ini mustahkamlashga qaratiladi.

2. Musobaqa paytida sportchi bajaradigan jismoniy mashqlar yuklamasining hajmi xuddi trenirovka mashqiga o`xshash, ya`ni organizmining funksional imkoniga mos bo`lishi kerak

3. Musobaqa davomida sportchining o`ta charchashi, zo`riqishi va shu holatlar bilan bog`liq bo`lgan kasallanish va shikastlanishining oldini olish uchun:

bitta musobaqa davomida sportchining har bir chiqishi orasida;

- yetarli dam olishi;

- kuch-kuvvatining tiklanishi;

- ovqatlanishi,

- kayfiyatini ko`tarish;

- zarur bo`lsa tibbiy yordam ko`rsatishga qaratilgan chora-tadbirlarni qo`llash trenerning vazifasidir.

4. Ma`lumki, musobaqada jismoniy mashg`ulotlar trenirovkaga nisbatan qisqa muddat davomida bajariladi. Ammo, sportchining yuqori darajada mas`uliyat his etishi, ruhiy hayajonlanishi, o`zida mavjud bo`lgan barcha kuch-quvvatini, imkonini zimmasidagi vazifani bajarishga safarbar etishi, uning organizmi uchun juda og`ir ruhiy va jismoniy sinov hisoblanadi.

5. Sportchining musobaqaga qatnashishiga imkon beruvchi asoslar quyidagilar:

- birinchidan, sportchining mutloq sog`lig`i to`g`risidagi tibbiy nazorat xulosasi;

- ikkinchidan, sportchining yetarli darajada jismoniy chiniqqanligi, organizmining funksional imkoni musobaqada talab qilinadigan darajada bo`lishi.

6. Bo`lajak musobaqa jarayonida sportchi bajarishi mumkin bo`lgan jismoniy yuklama hajmi uning yil davomidagi trenirovka mashqlarida ko`rsatgan natijalari va chiniqqanlik darajasini e`tiborga olgan holda, trener tomonidan belgilanadi.

7. Yil davomida sportchi qatnashishi mumkin bo`lgan musobaqalar soni, ular o`rtasidagi oraliq davrining qisqa-uzunligi, sport jamoasining zaruriyatiga hamda sportchining sog`lig`i va chiniqqanligiga, ya`ni organizmining funksional imkoniga bog`liq.

8. Musobaqa boshlanishidan bir necha kun oldin trenirovka mashqlarining haftalik soni hamda ularda bajariladigan jismoniy yuklama hajmi ma`lum darajada kamaytiriladi.

Musobaqa boshlanishiga 2-3 kun qolganda esa trenirovka mashqi butunlay to`xtatilib, sportchiga dam beriladi. Bu kunlarda sportchi asosan ertalabki gigiyenik gimnastikani bajaradi va kechki payt ochiq havoda yarim-bir soat sayr qilib, dam oladi. Musobaqaga bir kun qolganda va musobaqa boshlanadigan kun sportchining jismoniy charchashiga va ruhiy bezovtalanishiga sabab bo`ladigan hech qanday xatti-harakatlar sportchining o`zi va uning atrofidagilar tomonidan sodir etilmasligi kerak.

9. Musobaqalar ketma-ket o`tkazilgan paytlarda, musobaqa oldidan o`tkaziladigan trenirovka mashqlarida jismoniy yuklama hajmi sportchining qisman bo`lsada charchaganini e`tiborga olgan holda, oldingi mashqlardagiga nisbatan ma`lum darajada kamaytirilishi lozim.




60
10. Musobaqa o`tkaziladigan sport inshoatiga sportchi musobaqaga start berilishidan bor-yo`g`i bir soat oldin kelishi mumkin. Sportchining start berilishidan bir necha soat oldin kelishi uning qo`zg`algan asabini yanada ortiq qo`zg`alishiga, hayajonlanishiga, kayfiyati buzilishiga va ish qobiliyatining pasayishiga sabab bo`ladi.

11. Sportchining musobaqada qatnashish navbati kelgunicha, u boshqa sportchilarning musobaqada qatnashayotganini tomosha qilishi maqsadga muvofiq emas. Chunki, bu uning ruhiyatiga salbiy ta`sir ko`rsatadi.

12. Musobaqalar davri o`tgandan keyin sportchi dam olishi kerak. Bu payt u asosan ertalabki gigiyenik gimnastika va kechki sayr qilish bilan shug`ullanadi. Shuningdek, kuch-quvvatni tiklovchi dori-darmonlar qabul qiladi.


Download 36,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish