Publitsistik uslub siyosiy-ijtimoiy doiradagi munosabatlar uchun xizmat qiladi. Bu uslub- ning yozma turiga publitsistik maqolalar, felye- ton, murojaatnoma, xatlar, chaqiriqlar kirsa, og'zaki turiga notiqlik kiradi. Bu uslub, avvalo, tashviqot va targ'ibot uslubi bo'lganligi uchun ham unda sivosiy faollik, hozirjavoblik, o'tkir va ta'sirchan notiqlik, mantiqiy mulohaza va dalillar bilan tushuntirish, isbotlash kabi belgilar ustunlik qiladi.
Shunga ko'ra publitsistik uslubda yozma nutqqa xos xususiyatlar (ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sohalarga oid leksikaning, intonatsion sintaktik vositalarning ishlatilishi) ham, badiiy uslubga xos belgilar (obrazli ifodalar, bo'yoq- dor so'zlarni qo'llash) ham o'zaro uyg'un- lashadi. Bu uslubda hayotiy voqea va dalillar oddiygina qayd qilinmay, jo'shqin va haroratli misralarda ifodalanadi, ulardan umumiy xulo- salar chiqariladi hamda muhimi, xalqqa muro- jaat, undash, qiziqtirish orqali o'quvchiga ta'sir ko'rsatiladi
Misollar: ... Hayot go'zal, yashash maroqli. Biroq inson uchun eng aziz bo'lgan umr qisqa. Shu bois bo'lsa kerak, inson borki, hamma vaqt imkon qadar bu dunyoning go'zallik- laridan ko'proq bahra olishga, u in'om etgan lazzatlardan tatishga intilib yashaydi. Bu istak esa ba'zida odamzodga baxt keltirsa, ba'zan shu kimsa umrini xazon ham qiladi. Insoniyatning eng zaif tomoni ham shunda, menimcha. Zero, u amal qilayotgan ko'plab zararli odatlarning oxir- oqibatini bilsa-da, uni takrorlashdan o'zini tiyolmaydi.
Bugun yoshlar orasida ommalashib borayotgan che- kish odati ham ayni yuqoridagi fikrimizga dalil. E'tibor bergan bo'lsangiz, yoshlarimiz ruju qo'yayotgan sigareta tutunlari yomg'ir yog'ishi oldidan qora bulutning ko'm- ko'k, beg'ubor osmonni qoplagani singari tobora farzand- larimizning katta qatlamini o'z iskanjasiga olmoqda.
Siyosiy tutqunlik og‘ir, lekin milliy o‘lim — millatning butkul halokatidir. O‘zbek xalqi o‘tgan asrda chorizm istilosi tufayli siyosiy tutqunlikka tushdi, biroq milliy qiyofasini yo‘qotmadi. Ana shu milliy qiyofamizdan butungi siyosiy mustaqilligimiz o‘sib chiqdi, chunki ma’naviyat siyosiy ozodlikka chorlayveradi. Prezident aytganidek: «Jamiyatimiz mafkurasi xalqni — xalq, millatni — millat qilishga xizmat etsin».
Milliy mafkuramizning negizlaridan biri — tilga bo‘lgan munosabatimizdadir. Тil — millat vakillarini mustahkam birlashtiruvchi, tutib turuvchi belbog‘. Demak, bu ramziy belbog‘ning kuchi, qudrati siz-u bizlarning ona tilimizga bo‘lgan munosabatimizga bog‘liqdir.
2) Qishloqning bir xonadonida «chiroq yoqildi», ya’ni Jannat xola va Ikromjon tog‘a o‘g‘il ko‘rdilar. O‘g‘lining ismini Тursunboy deb atashdi. Samimiy odamlar xonadonida yoqilgan chiroq siz edingiz, Тursunboy!
3) Siz tiklagan Тuronzamin halihanuz turadur, og‘a-ini turkiyingiz bir-birini suyadir. Biri o‘zbek, biri tojik, biri qirg‘iz, turkmandir, bir-biriga xuddi tog‘a, og‘a-ini, singildir.
Do'stlaringiz bilan baham: |