1. So'zlarning o'zaro sintaktik munosabatga kirishuvi



Download 1,51 Mb.
bet3/3
Sana21.06.2022
Hajmi1,51 Mb.
#686977
1   2   3
Bog'liq
Gapda so\'zlarning bog\'lanishi.

Masalan: Biz har doim sevikli Prezidentimiz I.A. Karimovning amaliy rejalariga sodiqmiz.
Bu gapdagi I.A.Karimov rejali birikmasidagi qaralmish qaratuvchi bo'lakning qaratqich kelishigini olib kelishini, bu bo'lak ega qaralmishining egalik qo'shimchasini olib kelishini talab qilayapti. Bunda xar ikki bo'lak bir-biriga tobe ham xokimdir.
Shu bilan birga qaratuvchi va qaralmish aloqasidagi olmoshning qaysi shaxs va sonda kelishiga qarab, qaralmish vazifasidagi so'z o'sha shaxs va sondagi egalik affiksini oladi. Qaralmish esa, o'sha shaxs va sondagi qaratqich kelishigida kelgan olmosh bilan munosabatga kirishadi. Mana shu ma'noda shunday bog'lanishni moslashuv deb xisoblash mumkin.
Masalan. Mening kitobim, sening kitobing, ularning kitoblari kabi.
Boshqaruv tobe so'zining xokim so'z talab qilgan formani olishdir.
Masalan: Odam mexnatda sinaladi. (Maqol).
Elektor chiroqlari ko'chalarni ravshan qilib yubordi. Bu misolda xokim so'z (sinaladi, ravshan qilib yubordi) tobe so'zning (mexnatda, ko'chalari) o'rin, tushum kelishigida kelishini talab qilayotir. Bog'lanishning bu turida xokim so'z boshqaruv deyiladi. Boshqaruvchi nomini asosan fe'l bajaradi.
Zulfiya maktab bog'ida ochilgan gullarni uzib, mexmonlarga taqdim etdi. Bu gapda boshqaruvchi vazifasini ochilgan, uzib va taqdim etdi fe'llari bajarib kelayotir.
Ayrim xollarda sifatlar ham boshqaruvchilik ro'lini bajarishi mumkin.
Masalan: Po'lat toshdan qattiq. Axmo do'st yovdan yomon. (Maqol). Bularda sifat bilan ifodalangan kesim (qattiq, yomon) so'zidan oldin kelgan so'zning chiqish kelishigida (o'limdan, yovdan) kelishini talab qilayotir.
Boshqaruv ko'makchi konstruksiya shaklida ham bo'lishi mumkin.
Masalan: Men shaxarga ukam bilan bordim. Bunda ukam bilan bordim birikmasida boshqaruvchi (ukam bilan) ko'makchili konstruksiya orqali ifodalangan.
Bitishuv.
So'z birikmasining bitishuvli birikmasida xokim va tobe so'z o'zaro so'z tartibi hamda oxang yordamida munosabatga kirishadi.
Masalan: Oppoq paxta. A'lochi o'quvchi. Ilg'or paxtakor... birdan g'azablanmoq kabilar.
Bitishuv quyidagi bog'lanishlarda uchraydi:
1. Sifatlovchi bo'lib kelgan so'zlar bilan otning bog'lanishi.
Masalan: Intizomli talaba xar joyda o'rnak. Ikki ariqning o'rtasi kichkina maydon edi. Bu gaplarda sifatlovchi vazifasida kelagn sifatlar (Intizomli, kichkina) va son (ikki) otlar bilan bitishuv yo'li orqali bog'langan.
2. Xol bo'lib kelgan ravish, ravish bilan felning bog'lanishi.
Masalan: Biz olimpiyadada g'olib chiqish uchun astoydil harakat qilmoqdamiz birikmasida ravish (astoydil) fe'lga (harakat qilmoqdamiz) bitishuv yo'li bilan bog'langan.
Ko'm-ko'k bahor osmoni Dadajonning ko'ziga xadsiz yaylovdek yarqirab ko'rindi. (I.R). Bunda ravishdosh (yarqirab) bilan fe'l (ko'rindi) ning aloqasi bitishuvdir.




















Foydalanilgan adabiyotlar

  1. O’zbek tili (Universitet va pedagogika institutlari uchun) qayta ishlangan 2-nashr T. “O’zbekiston” 1992 y.

  2. A.Nurmatov va boshqalar. O’zbek tilining nazariy sintaksisi T.

  3. R.Rasulov. So’z valentligi va sintaktik a’loqa “O’zbek tili va adabiyoti” jurnali № 5-6 1992 y.

  4. A.Aliev, K. Sodiqov. O’zbek adabiy tili tarixidan. (Universitet talabalari uchun darslik) T. “O’zbekiston”. 1994 y.

  5. B.Abdurahmonov, S.Mamajanov o’zbek tili va adabiyoti (Oliy o’quv yurti talabalari uchun darslik) T. “O’zbekiston” 1995 y.

  6. M. Mirtojiev Mantiqiy predikatning ega vazifasida kelishi. “O’zbek tili va adabiyoti” jurnali № 2 1995 y.

  7. F.Ubaeva, R. Saydullaeva to’liqsiz gaplar to’g’risida ba’zibir mulohazalar. “O’zbek tili va adabiyoti” jurnali № 1 1997 y.

  8. A.Xo’jiev. So’zning morfem tarkibi masalalariga doir. “O’zbek tili va adabiyoti” jurnali 1998 y.

  9. www.ziyonet.uz




Download 1,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish