1– Sonli maruza Mavzu: Fiziologiyaning predmeti va usullari Asosiy savollar


FİZİOLOGİYaNİNG RİVOJLANİSh TARİXİ



Download 436,33 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana16.03.2022
Hajmi436,33 Kb.
#495315
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
№1 узб

 
FİZİOLOGİYaNİNG RİVOJLANİSh TARİXİ 
Organizmning hayoti faoliyatini bilishga tsivilizatsiya rivojlana boshlagan 
vaqtdayoq urinib ko’rilgan. qadimiy Xitoy, hindiston, Yunon, Rim filosoflari va 
vrachlarining zamonamizga etib kelgan asarlarida bazi anatomik-fiziologik 
tasavvurlar uchraydi. Ularda ayrim to’g’ri fikrlar bilan bir qatorda juda ko’p 
fantastik muhokama va yanglishliklar mavjud. qadimgi vaqtda hayvonlarda tajriba 
o’tkazishga urunib ko’rishgan bo’lsa ham, organizm ilmiy asosda tekshirilmagan. 
Anatomiya va fiziologiyaning haqiqiy rivojlanish davri qadimiy yunonlar 
mamlakatidan boshlangan. Yunonistonda ruhoniylar hukmron bo’lganligi tufayli 
ko’pgina fanlar qatori tibbiyot fani ham yaxshi rivodlangan: jumladan, Kos va 
Knidos maktablari tashkil etilgan. Bu erda Arastu (Aristotel) kabi allomalar ha m 
tarbiya topganlar. 
Buqrot
 
(Gippokrat) (eramizdan oldingi 460-377 yillarda yashagan)-tibbiyot 
sohasida bo’lgan malumotlarni to’plagan, kuzatish va tekshirishlari asosida 72 ta 
asar yozgan. Tibbiyot fanida bu qo’llanmalardan 2000 yil mobaynida foydalanib 
kelindi. Buqrot yurak va qon tomirlari tuzilishi to’g’risida ham malumot bergan, 
ammo nervlarni paylardan ajrata olmagan. 
Arastu (taxminan eramizdan oldingi 384-322 yillar) nervlarning paylardan 
farqi borligini isbotlagan. qon tomirlar yurakdan boshlanishini va shotomir
(«aorta») ni birinchi marta aniqlagan. 
Grofil (taxminat eramizadan oldingi 300 - yilda tug’ilgan)-azolarning ichki 
tuzilishiga qiziqib, ularni birinchi marta kesib o’rgangan (anatomiya-anatomeo, 
yani «kesaman», «yoraman») so’zi ham ana shundan kelib chiqqan. Olim ko’proq 
mushaklar, yurak, qon tomirlar va periferik nerv tizimlarini o’rganib, birinchi 
bo’lib xarakatchan va sezuvchi nervlarni aniqlagan. 
Jolinus hakim (Klavdiy Galen, 130-210) Aflotun va Arastuning idealistik 
g’oyalarini quvvatlab, organizm o’z vazifalarini uch xil ruh orqali: birinchisi - 
jigarda paydo bo’lib, venalar orqali, ikkinchisi - yurakda paydo bo’lib, arteriyalar 
vositasida organizmga tarqaladi, uchinchisi esa miyada paydo bo’lib, nervlar orqali 
organizmning barcha qismlarini idora qiladi degan. U suyaklar, mushaklar, bosh va 
orqa miya anatomiyasini o’rganadi. 
Jolinus hayvonlar yuragini va qon tomirlarini o’rganib, arteriyalarda havo 
emas, balki qon oqishini birinchi bo’lib isbotlagan. U davrda odam azolari 
anatomiyasini hayvonlarda o’rganishga majbur bo’lgan. Shu boisdan Jolinusning 
odam organizmining tuzilishi haqidagi malumotlari xatolardan xoli emas. 
XVII-asrning birinchi yarmida frantsuz filosofi R.Dekart refleksni kashf 
etganligi fiziologiyaning rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega bo’ldi. 
Fiziologiya rivojlanishining bu davrida anatomik yo’nalish hukmron edi. 
Biroq rivojlana boshlagan fizika va kimyo bilan bog’liq bo’lgan tadqiqotlar o’sha 
vaqtda ham fiziologiya uchun bir qadar ahamiyat kasb etadi: tekshirishning fizik 


usullarini fiziologiyaga joriy qilishga va organizmda ro’y beradigan hodisalarni 
mexanika, fizika va kimyo qonunlari bilan tushuntiriga urinib ko’rildi. 
XYII asr fanida iatrofiziya va iatrokimyo maktablari deb nom olgan 
qonunlari barcha hayotiy hodisalarni to’la tushuntirib bera oladi deb hisoblashdi. 
Masalan, «hay-vonlar haqida» degan asar yozgan D.A. Borelli «hayvonlar harakati 
mexanik hodisalar oqibatida, ular orqali va shu hodisalar asosida sodir bo’ladi» va 
«barcha hayotiy jara-yonlar anatomiya, fizika va matematikaga asoslanadi» deb 
aytdi. 
XYII-XYIII asrlarda metofizik tafakkur xukmron edi: rivojlanayotgan 
(taraqqiyot) fanga yot bo’lib, tabiatning barcha xodisalariga doimiy va o’zgarmas 
deb qaralardi. Fanning metofizikligi o’sha vaqtda hukmron bo’lgan mexanistik 
tasavvurlarda va XYIII asr oxirida gullab yashnagan idialistik, vitalistik 
kontseptsiyalarda o’z ifodasini topdi. Bu idiyalar fiziologik problemalarni 
o’rganishda chuqur iz qoldiradi. Organizm - mashinadir deb davo qilgan Lametri

Download 436,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish