1. Soliq solish maqsadida jismoniy shaxslarga xususiy mulk huquqida tegishli bo‘lgan noturar ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr qiymatini hisoblash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin



Download 29,3 Kb.
Sana01.06.2022
Hajmi29,3 Kb.
#627913
Bog'liq
2 5282920223458988392




O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Soliq solish maqsadida jismoniy shaxslarga xususiy mulk huquqida tegishli bo‘lgan noturar ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr qiymatini hisoblash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 274-moddasiga muvofiq, shuningdek, soliq solish maqsadida jismoniy shaxslarga xususiy mulk huquqida tegishli bo‘lgan noturar ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr qiymatini hisoblash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Soliq solish maqsadida jismoniy shaxslarga xususiy mulk huquqida tegishli bo‘lgan noturar ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr qiymatini hisoblash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi deb ataladi) Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ushbu qarorga muvofiq, 2018-yil 1-oktabrga qadar jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr qiymati qayta hisoblab chiqilishini ta’minlasin.
3. Belgilansinki:
“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni davlat soliq xizmati organlariga taqdim etguniga qadar jismoniy shaxslarning 2018-yilgi mulk solig‘i O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2018-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2017-yil 29-dekabrdagi PQ-3454-son qarorining 11-bandiga asosan 2017-yilda jismoniy shaxslarning hisob-kitob qilingan mulk solig‘i summasini 1,2 baravarga ko‘paytirish yo‘li bilan hisoblanadi;
“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi davlat soliq xizmati organlariga noturar ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr qiymatini taqdim etgandan so‘ng jismoniy shaxslarning mulk solig‘i summasi belgilangan tartibda qayta hisoblanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalarining tuman (shahar) filiallari davlat soliq xizmati organlari bilan birgalikda ishlar yakunlari bo‘yicha har yili ko‘chmas mulk obyektlarini taqqoslaydi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov, Bosh vazir o‘rinbosari Z.T. Mirzayev va O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi A.X. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 20-iyul,
561-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-iyuldagi 561-son qaroriga
1-ILOVA
Soliq solish maqsadida jismoniy shaxslarga xususiy mulk huquqida tegishli bo‘lgan noturar ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr qiymatini hisoblash tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom jismoniy shaxslar mulkiga solinadigan soliqni hisoblash maqsadida jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan noturar ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr qiymatini hisoblash tartibini belgilaydi.
2. Noturar ko‘chmas mulk obyektlarining ushbu Nizomga muvofiq hisoblab chiqilgan kadastr qiymati (keyingi o‘rinlarda obyektning kadastr qiymati deb ataladi) faqat jismoniy shaxslarning mulk solig‘ini hisoblash uchun qo‘llaniladi.
3. Obyektlarning kadastr qiymatini hisoblash ishlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonalarining tuman (shahar) filiallari (keyingi o‘rinlarda “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi organlari deb ataladi) tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda amalga oshiriladi.
4. Ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr qiymatini hisoblash ishlarini “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi nazorat qiladi.
2-bob. Kadastr qiymati obyektlari
5. Kadastr qiymati jismoniy shaxslarga xususiy mulk huquqida tegishli bo‘lgan quyidagi noturar ko‘chmas mulk obyektlari bo‘yicha hisoblanadi:
bino va inshootlar;
kimoshdi savdolariga belgilangan tartibda qo‘yiladigan qurilishi tugallanmagan obyektlar;
uy-joy fondiga kirmaydigan boshqa bino va inshootlar.
6. Quyidagi noturar ko‘chmas mulk obyektlari uchun kadastr qiymati hisoblanmaydi:
qurilayotgan, loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan normativ muddat doirasida barpo etilayotgan, qurilishning normativ muddati belgilanmagan bo‘lsa, qurilish boshlangan muddatdan buyon 24 oy ichida qurilishi tugallanmagan;
belgilangan tartibda egasiz deb topilgan;
mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlariga muvofiq foydalanish uchun yaroqsiz deb topilgan obyektlar.
7. Obyektlarning kadastr qiymati “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi organlarida mavjud bo‘lgan kadastr hujjatlari va xatlovdan o‘tkazish materiallari asosida hisoblab chiqiladi.
8. Jismoniy shaxslar tomonidan o‘zboshimchalik bilan qurilgan va foydalanilayotgan noturar ko‘chmas mulk obyektlari kadastr qiymatining hisoblangani ushbu obyektlarga nisbatan mulk huquqi yuzaga kelishi uchun asos bo‘lmaydi.
3-bob. Obyektlarning kadastr qiymatini hisoblash tartibi
9. Obyektlarning kadastr qiymati quyidagicha hisoblanadi:
noturar binolar va inshootlar tiklanish qiymatining yaxlitlangan ko‘rsatkichlari to‘plamidan 1991-yilgi narxlar darajasida asosiy narxlarning tiklanish qiymati olinadi;
tiklanish qiymatining miqdori O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar bo‘yicha qurilish materiallari indeks narxlarining o‘tgan yilgi o‘zgarishlarini hisobga oladigan yillik indeks koeffitsiyentiga ko‘paytiriladi;
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30-dekabrdagi 1043-son qarori bilan tasdiqlangan Soliq solish maqsadida jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr qiymatini hisoblash tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq hududiy tuzatish koeffitsiyentlari va eskirish koeffitsiyenti qo‘llaniladi.
10. Jismoniy shaxslarga xususiy mulk huquqida tegishli bo‘lgan noturar ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr qiymati uchun yagona funksional ko‘rsatkich — noturar ko‘chmas mulk obyekti umumiy maydonining kub metri belgilanadi.
11. Obyektlarning ushbu Nizomga muvofiq hisoblab chiqilgan kadastr qiymati bu obyektlarning kadastr qiymatini keyingi hisoblashgacha (qayta hisoblashgacha) o‘zgarishsiz qoladi.
Ko‘chmas mulk obyektlarida o‘zgarishlar bo‘lgan taqdirda (rekonstruksiya qilinishi, qo‘shimcha imoratlar, obyektlar qurilishi va boshqalar), “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi organlari tomonidan ushbu obyektlarning kadastr qiymati qayta hisoblanadi hamda davlat soliq xizmati organlariga qonunchilikda belgilangan muddatlarda tegishli ma’lumotlar taqdim etiladi.
4-bob. Obyektlarning kadastr qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish tartibi
12. “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi obyektlarning kadastr qiymatini hisoblash natijalarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga o‘zaro axborot almashish orqali real vaqt rejimida taqdim etadi.
13. “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi obyektlarning kadastr qiymatini hisoblash bo‘yicha bajarilgan ishlar yakunlari haqida har yili axborot tayyorlaydi va uni 10-fevralgacha O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga kelishish uchun yuboradi.
14. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi obyektlarning kadastr qiymatini hisoblash bo‘yicha bajarilgan ishlar yakunlari haqida taqdim etilgan axborotni uch kun muddatda kelishadi va “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasiga yuboradi.
15. “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi obyektlarning kadastr qiymatini hisoblash bo‘yicha bajarilgan ishlar yakunlari haqidagi axborotni O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bilan kelishgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga 15-fevralgacha taqdim etadi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
16. Soliq solish maqsadida jismoniy shaxslarga tegishli ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr qiymatini hisoblash bo‘yicha masalalarni ko‘rib chiqishda yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarda belgilangan tartibda hal etiladi va ular bo‘yicha qarorlar qabul qilinadi.
17. Ushbu Nizomni buzganlikda aybdor bo‘lgan shaxslar belgilangan tartibda javob beradilar.
Soliq solish maqsadida jismoniy shaxslarga xususiy mulk huquqida tegishli bo‘lgan noturar ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr qiymatini hisoblash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
Obyektlarning kadastr qiymati to‘g‘risida axborot taqdim etish
SXEMASI

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-iyuldagi 561-son qaroriga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
o‘zgartirish va qo‘shimcha
1. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 7-yanvardagi 1-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 1-son, 1-modda) bilan tasdiqlangan Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni va u haqda tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ilovaning 22-ustunidagi “inventar” so‘zi “kadastr” so‘zi bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Soliq solish maqsadida jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr qiymatini hisoblash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2017-yil 30-dekabrdagi 1043-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 12-son, 315-modda) nomiga, 1-bandining ikkinchi xatboshiga, qarorga 1 va 2-ilovalar nomiga “ko‘chmas mulk obyektlarining”, so‘zlaridan keyin “turar joy fondining” so‘zlari qo‘shilsin.
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-iyuldagi 561-son qaroriga
3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
RO‘YXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy shaxslarning mulki bo‘lgan binolar va inshootlarni baholash, qayta baholash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 1995-yil 29-dekabrdagi 478-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1995-y., 12-son, 49-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2014-yil 7-yanvardagi 1-son qarori)” 2014-yil 3-iyundagi 138-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 6-son, 56-modda) ilovaning 2-bandi.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yerlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish borasida nazoratni kuchaytirish, geodeziya va kartografiya faoliyatini takomillashtirish, davlat kadastrlari yuritishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 31-maydagi PF-5065-son Farmoni va “O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 31-maydagi PQ-3024-son qarori)” 2017-yil 29-avgustdagi 679-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 35-son, 931-modda) ilovaning 2-bandi.

Download 29,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish