2. Topshiriq .
Nutq uslublarining har biriga matn tuzing .
1.So’zlashuv uslubi .
Salom do’stim yaxshimisan? O’qishlaring yaxshimi ? Hayoting qale ketyapti , charchashla yuqmi ? Yordaming kerak edi , ertaga hashar qilyapman kela olasanmi? Xabarimni kurishing bilan javob yoz .
2.Ilmiy uslub .
Amper qonuni – bir-biridan muayyan masofada joylashgan oʻtkazgichlarning kichik bir qismidan oqayotgan ikki tokning oʻzaro mexanik ta’siri haqidagi qonun. Amper qonunidan shunday xulosa chiqadi: bir tomonga oqayotgan tok-li parallel oʻtkazgichlar oʻzaro tortisha-di, qarama-qarshi tomonga oqayotgan tok-li oʻtkazgichlar oʻzaro itarishadi. Amper sharafiga shunday atalgan. Magnit maydonining tokli kichik bir oʻtkazgichga koʻrsatadigan ta’sir kuchini ifodalovchi qonun ham Amper qonuni deb ataladi.
3.Rasmiy idoraviy uslub .
Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risidagi qonunchilik
Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iborat.
Maxsus ma’muriy tartib-taomillarni belgilovchi qonunchilik jismoniy va yuridik shaxslarning holatini yomonlashtirmasligi kerak.
Ma’muriy tartib-taomillarni amalga oshirishga doir u yoki bu munosabatlar maxsus ma’muriy tartib-taomillarni belgilovchi qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinmagan hollarda ushbu Qonun normalari qo‘llaniladi.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
4.Publisistik uslub .
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Jizzax filiali hamshirasi, jizzaxlik mahallasida yashovchi L.A. bir necha hamkasbining ishonchiga kirib, ularning nomiga turli banklardan kredit rasmiylashtirib olgan, deya xabar bermoqda IIV Axborot xizmati.
Unga ko`ra, Sharof Rashidov tumanida yashovchi L.E.ning nomiga 10 million so`m, G.R.ning nomiga ikkita bankdan 38 million so`m, T.B.ning nomiga 11 million so`m va Jizzax shahrining Olmazor mahallasida yashovchi G.J.ning nomiga esa 16 million so`m kredit olib, o`zining shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.
5.Badiy uslub .
Qaro ko‘zum, kel-u, mardumliq emdi fan qilg‘il, Ko‘zum qarosida mardum kibi vatan qilg‘il. Yuzung guliga ko‘ngul ravzasin yasa gulshan, Qading niholig‘a jon gulshanin chaman qilg‘il. Takovaringg‘a bag‘ir qonidin hino bog‘la, Itingg‘a g‘amzada jon rishtasin rasan qilg‘il. Firoq tog‘ida topilsa, tufroqim, ey charx, Xamir etib yana ul tog‘da ko‘hkan qilg‘il. Yuzung visolig‘a yetsun desang ko‘ngullarni, Sochingni boshtin-ayoq chin ila shikan qilg‘il. Xazon sipohig‘a, ey bog‘bon, emas mone’, Bu bog‘ tomida gar ignadin tikan qilg‘il. Yuzida terni ko‘rub, o‘lsam, ey rafiq, meni Gulob ila yuv-u, gul bargidin kafan qilg‘il. Navoiy, anjumane shavqi jon aro tuzsang, Aning boshoqliq o‘qin sham’i anjuman qilg‘il.
Do'stlaringiz bilan baham: |