1 soatlik dars ishlanmasi №2



Download 195,41 Kb.
Sana02.04.2017
Hajmi195,41 Kb.
#5879
1 soatlik dars ishlanmasi № 2

_Fan:

Informatika

Sinf:

Sana:

_________

___________

_________

___________

_________

___________




Mavzu:

Kompyuterlar

Darsning maqsadi:




Ta’limiy:

O’quvchilarga electron hisoblash mashinalarining 4 avloddan iboratligi, ularning alomatlari, transistor, integral sxema, apparaatli ta’minot, asosiy plata, portlar, protsessor, tezkor xotira, tovush, video hamda tarmoq platasi haqida bilim berish

Tarbiyaviy:

O’quvchilarni yangi bilimlar egallashda fanlararo bog’lanishning ahamiyatini yoritib berish orqali bilim olishga bo’lgan qiziqisharini oshirish

Rivojlantiruvchi:

O’quvchilarning kompyuter haqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirish va ularning kerakli ma’lumotlarni ajrata olish ko’nikmasini shakllantirish

Dars turi:

Yangi bilim beruvchi

Dars usuli:

Aralash

Dars jihozlari:

Electron resurslar, plakatlar, darslik, kompyuter, proyektor ekrani bilan.

DARSNING BORISHI:

  1. Tashkiliy qism

O’quvchilarni yangi o’quv yili bilan qutlash.

Davomad va darsga tayyorgarligini o’rganish.




  1. O’tgan mavzuni takrorlash

Test topshiriqlari asosida o’tgan mavzu takrorlanadi

1.

Mexanik mashinalargacha bo’lgan davrdagi sun’iy hisoblash vositalarini aniqlang

A)

Rus cho’ti

B)

Abak

C)

Birka

D)

Barchasi







2.

Birinchi elektromexanik mashina kim tomonidan va qachon yasalgan?

A)

Sharl de Kolmar, 1820

B)

B.Pascal, 1642

C)

B.Pascal, 1618

D)

V.Shikkard, 1623







3.

Uilyam Shokli, jon Bardin va uolter Bratteyn qaysi fizik element uchun Nobel mukofotini olishgan?

A)

Elektron lampa

B)

Integral sxema

C)

Transistor

D)

Batareyka







4.

Mexanik mashinalar davri hisoblash texnikasi tarixining nechanchi davri?

A)

1

B)

3

C)

4

D)

2







5.

Insoniyatning birinchi sun’iy hisoblash vositasini toping

A)

Kompyuter

B)

Birka

C)

Barmoqlar

D)

Logarifmik chizg’ich




  1. Yangi mavzuni tushuntirish

Biz o’tgan darsda, hisoblash texnikasining rivojlanishini 4 bosqichga bo’lib o’rgandik. Ularning eng so’nggisi elektron hisoblash mashinalari davri bo’lib, 1946-yildan boshlangan ushbu davr bugungi kunga qadar bir necha avlod kompyuterlariga guvoh bo’ldi. Har bir avlod kompyuterlari o’zining qaysidir xususiyatlari bilan o’zidan avvalgi avlodlardan yaxshiroq va qulayroq qilib ishlab chiqarilgan. Farqlanadigan jihatlarini quyidagilarda ko’rish mumkin edi: asosiy tashkil etuvchi elementi, tezkorligi, tezkor xotirasi hajmi, kiritish va chiqarish qurilmalari, dasturiy ta’minoti.

1947-yilda bell laboratoriyasi xodimlari amerikalik Uilyam Shokli, Jon Bardinva uolter bratteyn tomonidan electron lampa ishini bajara oladigan transistor ishlab chiqarilgan. Endi bu element asosida EHMlaro’lchami, vazni va energiya sarfi minglab baravar kamaydi. Tezligi o’nlab marotaba ortdi.

Bu kashfiyot uchun ular 1956-yilda nobel mukofotiga sazovor bo’lishdi. 1957-yilda Texas Instruments firmasi xodimi Jek Kibli mantiqiy elementlardan tuzilgan birinchi integral sxemani ishlab chiqdi.

Transistor va integral sxemaning kashfiyoti tufayli qisqa davr ichida EHMlarning bir necha avlodi yaratildi. Ularni quyidagi jadvalda qiyosiy tahlilini ko’rishimiz mumkin:

Narxi qimmat hamda o’lchami katta bo’lgan EHMlarga ko’p sonly dasturchi va muxandislar xizmat ko’rsatishgan. Bunday hisoblash mashinalarining oddiy inson hayoti va xonadoniga kirib borishi uchun narxini arzonlashtirish, o’lchamini kichraytirish, o’rnatilgan dasturlar asosida dasturchilarsiz mustaqil ishlatilishi mumkin bo’lgan holatga keltirish zarurati tug’ildi. Bu zarurat esa shaxsiy kompyuter atamasi bilan bog’langan.

Kompyuter deganda dastur asosida har qanday hajmdagi axborotlarni katta tezlikda qayta ishlashni ta’minlovchi universal avtomatik qurilmani tushunish mumkin.

Birinchi shaxsiy kompyuterlar 1973-yilda Fransiyada Truing Trong Ti tomonidan ishlab chiqilgan. Avvaliga mazkur shaxsiy kompyuterlar electron o’yinchoq sifatida qabul qilingan.

Zamonaviy kompyuterlarning ishini ularning apparatli ta’minoti va dasturiy ta’minoti birgalikda ta’minlab beradi.

Har qanday kompyuterlarning apparatli ta’minoti asosiy va qo’shimcha qurilmalardan tashkil topgan. Asosiy qurilmalar kompyuter ishini ta’minlasa, qo’shimcha qurilmalar kompyuterdan foydalanishda qulayliklar va qo’shimcha imkoniyatlar yaratib beradi.


Kompyuterning asosiy qurilmalariga

Sistema bloki, monitor va klaviatura kiradi. Garchi kompyuterlar sichqonchasiz ham ishlay olsalarda, ba’zi manbaalarda sichqoncha foydalanuvchining kompyuter ekranidagi qo’li vazifasini bajarishligini va usiz ishlashni tasavvur qilish qiyin ekanligini inobatga olgan holda sichqonchani ham asosiy qurilmalar qatoriga kiritiladi.



Qo’shimcha qurilmalarga esa, printer, skaner, modem, web-kamera va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin.

Kompyuterning sistema bloke korpusiga asosuy plata (yoki ona plata), protsessor, xotira qurilmalari va mikrosxemalar, quvvat manbai o’rnatilgan bo’ladi.

Asosiy plata – yaxlit asosga yig’ilgan electron sxemalar bo’lib, unga ba’zi qurilmalar axborot almashish magistrali – shinalar yordamida bog’lanadi. Shinalar kompyuterning hamma qurilmalariga parallel holda ulanadi. Kompyuter ishida uch xil shina xizmat ko’rsatadi. Berilganlar shinasi, Adreslar shinasi va boshqarish shinasi. Asosiy platada mikroprotsessor, xotira qurilmalari va mikrosxemlar, ovoz, video va tarmoq platalari ham joylashadi. Ular asosiy plataning maxsus slotlariga ulanadi.


  1. Yangi mavzuni mustahkamlash

1-savol: 4 Mbayt hajmli adresni kodlash uchun kompyuter kamida necha razryadli bo’lishi zarur?

2-savol: kompyuter elektr manbaidan uzilganda ham axborotni saqlab tura oladigan xotira turini ayting.

3-savol: protsessorlar nimasi bilan farqlanadi?

4-savol: kompyuterda qanday qurilmalar bor?



  1. O’quvchilarni baholash




  1. Uyga vazifa

Darslikdagi 1-2-mashqlarni bajarish.

Mavzuga oid 10 tadan test tuzish.



KO’RILDI”
Download 195,41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish