Lingvistik kompetensiya: tovushlarni taniydi, ularni harfl arga moslashtira oladi, tovushlarni qo‘shib so‘z hosil qila oladi, tovushlar joylashuvini o‘zgartirib yoki tovushni olib tashlab yangi so‘z hosil qila oladi; bo‘gʻinlarni taniydi, ularni qo‘shib so‘zlarni talaff uz qila oladi, bo‘gʻinlarni birlashtirib, joylashuvini o‘zgartirib yoki bo‘gʻinni olib tashlab yangi so‘z hosil qila oladi;
Darsning metodi: ogʻzaki (suhbat, savol-javob)
Darsning vositalari: oʻquv dasturi, dars rejasi, darslik, mashq daftari, “Oʻqituvchi kitobi”, xattaxta, texnik jihozlar.
Shakl: jamoa,guruhda ishlash,hamma o’zi uchun.
Nazorat: O’quvchilarning darsda faolligi kuzatilib,hisobga olib boriladi.
Baholash: O’quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib,dars oxirida e’lon qilinadi.
Darsning borishi:
T/R
|
Bo’limlar
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
O`tgan mavzuni mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu bayoni
|
15 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
10 daqiqa
|
5
|
O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.
|
10 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
Jami
|
45 daqiqa
|
I.Tashkiliy qism:Salomlashish, yo’qlamaqilish, o’quvchilarni darsga tayyorgarliklarini tekshirish.
1-Guruh
Buyumlarga qarab ularni kim tayyorlaganini yozing.
2-Guruh
Berilgan so‘zlarga mos keluvchi qo‘shimchalarni aniqlang. Ular ishtirokida gaplar tuzib yozing.
-soz
gilam
Soat
Do‘ ppi
-do‘z
-gar
-chilik
Pichoq
Haykal
-taroshlik
II. O`tgan mavzuni mustahkamlash.O’quvchilarni bilim va ko’nikmalari tekshiriladi savollar orqali uyga berilgan vazifa so’ralib o’quvchilar baholanadi.
Rasmlarga qarang. Savollarga javob bering.
1 1-rasmda oila a’zolari nima qilishyapti?
2 Sizningcha, ular qanday kunni nishonlamoqchi?
3 Mehmonga kimlar keldi?
4 Mehmonlar mezbonga nima sovg‘a qilishdi?
5 Sizningcha, dasturxon atrofida nimalar haqida gaplashishdi?
6 Mehmon qanday kutib olinishi kerak?
7 Sizga mehmon kutish yoqadimi yoki mehmonga borishmi?
Daftardagi mashqni bajaring.
Dasturxonga qo‘yiladigan narsalarning nomini yozing.
Non, Choynak piyola, asal, sariyog’, qovurilgan tuxum(quymoq)
Narsaning nomini bildirgan so‘zlarga nima? deb so‘roq beramiz. Masalan: non, daraxt, kitob.
II.Yangi mavzu bayoni:
MEHMON BO‘LISH ODOBI
Xadicha mehmonga borishni juda yaxshi ko‘radi. U ko‘pincha ota-onasi bilan bobosinikiga boradi. Ularni ko‘rgan bobosi ham xursand bo‘ladi. Mehmonlar uchun tuzalgan dasturxon noz-ne’matlarga to‘lib ketadi. Bobosining aytishicha, mehmondo‘stlik – xalqimizga xos odat.
Mehmonda o‘zini tutishiga qarab, bolaning odobi haqida bilib olish mumkin ekan. Buni Xadichaga bobosi aytgan. Masalan, odobli bola dasturxonga o‘tirishdan avval, albatta, qo‘llarini yuvadi. Yoshi kattalardan oldin taomga qo‘l uzatmaydi. Ovqatni o‘ng qo‘l bilan o‘z oldidan yeyish, luqmani shoshilmay, og‘izni yumib chaynash ham odob belgisi hisoblanadi.
Aqlli bola taom tayyorlaganlarga rahmat aytishni uyda ham, mehmonda ham unutmaydi.
Kamola Sodiq qizi
1 Xadicha nima uchun mehmonga borishni yoqtiradi?
2 Noz-ne’matlarga to‘la dasturxon qanday bo‘ladi?
3 Mehmondo‘stlik nima?
4 Mehmon bo‘lish odobi haqida nimalarni bilib oldingiz?
5 Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarning ma’nosini lug‘atdan toping.
6 Siz ham ota-onangiz bilan bobo-buvingizni ko‘rgani tez-tez borib turasizmi?
7 “Mehmon + do‘st” birikmasi qanday ma’noni anglatyapti?
Do'stlaringiz bilan baham: |