Peyzaj (fr. mamlakat, joy)
– badiiy
asarda aks ettirligan joy va tabiat tasviri bo’lib, u yozuvchining metodi va uslubi
bilan bog’liq holda turlicha vazifalarni o’taydi. Bunday tasviriy hodisa nasriy
asardagi vaziyat, keltirilgan parchaga qarab ko’tarinki yoki tushkun kayfiyatda
o’qiladi.
Asarning mazmuni va g’oyaviy yo’nalishini tahlil qilish ifodali o’qishga
o’rgatish bilan bog’lab olib boriladi. Ifodali o’qishga o’rgatishda matn mazmunini
tushunish, muallif hikoya qilgan voqealarga o’z munosabatini bildirish asosiy
vazifa hisoblanadi. O’quvchilarda ifodali o’qish malakasini shakllantirish uchun
asarni o’qituvchining o’zi ifodali o’qishi muhim ahamiyatga ega:
"
It uning tasir-
tusuriga boshini ko’tardi-da, ko’zlarini chaqchaytirgancha qarab qo’ydi. Qo’y uni
ko’rib battar qo’rqdi. Shu part uning oldiga xo’roz keldi: – Qo’rqma, og’ayni,
mana men bor. Shu kundan boshlab qo’y bilan xo’roz do’st bo’lishdi. Xo’jayin
qo’yning oldiga yem qo’ysa, xo’roz kelib sherik bo’ladigan bo’ldi
"
(128-bet).
"Uch o’rtoq" deb atalgan ertakda qo’y obrazi do’st bilan dushmanning farqiga
bormaydigan, qo’rqoq bolalarni eslatsa, xo’roz o’z kuchiga ortiqcha ishonib,
chiranadigan, holbuki qo’lidan hech narsa kelmaydigan oliftalar obrazidir. Ifodali
o’qishda aynan shu holat inobatga olinadi.
Fikrni to’g’ri ifodalash va tinglovchiga yetkazish uchun to’xtamlar
(pauza)ga e’tibor berish lozim. Urg’u va to’xtam matn mazmunini aniq va to’g’ri
tushunishga yordam beradi. O’quvchi to’g’ri to’xtam qilishi uchun tinish
belgilarining ahamiyatini anglashi, ularga rioya qilishi lozim. Lekin ayrim hollarda
tinish belgisi bo’lmagan o’rinlarda to’xtam qilishga to’g’ri keladi. Bolalar uzun
gaplarni o’qiganda, ko’pincha, tinish belgisi bo’lmagan o’rinlarda ham to’xtab
51
nafas oladilar. Natijada asar ohangi, ma’nosi buziladi. To’xtamni to’g’ri belgilash
uchun gapdagi so’zlarni ma’no ifodalaydigan so’zlar guruhiga bo’lish kerak.
Binobarin nafas olishni ham bir guruhdagi so’zlar tugashiga moslashtirish zarur:
”Daraxtlarning yaproqlari tillarangga kira boshlaydi. Ertalab va kechki shabadada
ular zarqanot qushchalarga o’xshab uchadilar. Yoz bo’yi shovqin solib, ba’zi
joylarda loyqalanib oqqan suvlar sokinlashadi, tiniq tortadi”(50-bet). Matnni nutq
bo’laklariga ajratishda tinish belgilari yordam beradi. Tinish belgilari hamisha
gapning oxiriga qo’yiladi va to’xtash, pauza qilishni taqozo etadi.
Fikrni to’g’ri ifodalash uchun faqat tinish belgilarida pauza emas, pauzaning
uzun-qisqaligi ahamiyatlidir. Nutq bo’laklari bir-biri bilan yaqin bo’lsa, pauza
qisqa bo’ladi, aks holda pauza uzunroq bo’ladi. Pauzaning o’rinsiz uzun yoki
qisqaligi, fikrni buzadi, ohangga ziyon yetkazadi.
Ifodali o’qishda fikrni to’g’ri ifodalash uchun mantiqiy to’xtamdan
tashqari, ruhiy to’xtam ham muhim o’rin tutadi. Bu to’xtam, ko’pincha,
o’quvchining his- hayajoni orqali ifodalanib, gapning turli o’rinlarida
bo’lishi mumkin. Shuningdek, fikr ifodalashda mantiqiy urg’u ham katta
ahamiyatga ega. Mantiqiy urg’uni noto’g’ri qo’llash mazmunni buzadi.
Bundan tashqari asar matnidagi fikrlar bi-biri bilan bog’liq bo’lgani uchun
gapni o’qishda oldingi va keyingi gaplar mazmunini ham hisobga olish
muhim ahamiyatga ega.
Nutq vositalarining ifodali o’qishdagi roli: nutq a'zolarini
faollashtirishga ko’maklashuvchi mashqlar majmuasi nutq vositalari
dеyiladi. Ovoz oliy asab tizimi signallarining mahsuli. Tеmbr, diksiya,
fonеtik akustika kabilarning har biriga alohida to’xtalish lozim. Shu o’rinda
2-sinf "O’qish kitobi"ni varaqlab, undagi nasriy asarlar ikki xil xarakter kasb
etganini aniqlaganimizni cxema yordamida keltirsak:
52
Nasriy asarlarni o’qiyotganda tovushdagi tembrni boshqarib bilish zarur.
Tеmbr hosil qilishda hiqildoqdan chiqayotgan tovushning yo’nalish darajasi katta
ahamiyatga ega. Agar tovush faqat burundan chiqsa xunuk, yoqimsiz,
po’ng’illagan tеmbr hosil bo’ladi. Tovush faqat qattiq tanglaydan chiqsa, rangsiz
„oq’ tovush", ya'ni shang’i tovush hosil bo’ladi. Tovush yumshoq tanglaydan
chiqib, qattiq tanglayga tеgib o’tsa, jarangdor, yoqimli tovush hosil bo’ladi.
Tovushning so’nggi xossasi esa uning balandligiga, ovoz boylamlarining
kеngayishi va tortilish darajasiga hamda ularning tеbranish holati (tеzligi yoki
sеkinligi) ga bog’liq. Boylamlar qancha ko’p tarang qilib tortilsa, ovoz shuncha
baland, jarangdor; u qancha bo’sh bo’lsa, ovoz shuncha past va do’rillagan
bo’ladi. Dеmak, tovushning asosiy xossalari, uning kuchi, tеmbri va baland-
pastligi ovoz boylamlarining o’zigagina bog’liq bo’lib qolmasdan, eng avval oliy
asab tizimi signallariga, qolavеrsa, tovush apparatiga taalluqlidir. Tovush apparati
esa, ta'kid-langanidеk, oliy asab faoliyatining umumiy qonuniyatiga asosan harakat
qiladi. Shu o’rinda 2-sinf "O’qish kitobi"dagi badiiy asarlarni janrlarga ko’ra sanab
chiqqanimizning natijasini keltirsak:
Do'stlaringiz bilan baham: |