1. Pedagogik maqsad:
o'qituvchi o'quvchilar guruhining ishi bilan bog'liq maq-sad va vazifalarda o'z mavqeyini belgilab oladi;
ularni amalga oshirish mumkin bo'lgan yo'llar, shakllar va metodlarni belgilaydi;
dastlabki suhbatni (guruh yig'ilishi, umumiy yig'ilish) o'tkazish rejasi va metodikasini ishlab chiqadi, suhbat yo'nali-shini belgilaydi;
u yoki bu ish haqida ko'zlangan maqsad (uning o'tka-zilishi umumiy fikrga ko'ra ko'zlangan maqsadni amalga oshi-rishga yordam beradi).
Jamoaviy ijodiy faoliyat bo'yicha aniq ishni tanlashda mak-tabda an'anaga aylangan shakllarni ham hisobga olish mumkin.
2. Hamorlikda loyihalash.
Muvaffaqiyat tashabbus (ijodiy) guruhini tashkil etish. Bunda izchillik va rivojlantirishni ta'minlash lozim:
Jamoaviy ijodiy faoliyat loyihasini tayyorlash quyidagilar-dan iborat:
ishning mazmuni;
tayyorlashning turli bosqichlarida hal etilishi lozim bo'l-gan vazifalar;
d) ishni tayyorlash va o'tkazish dasturi.
Dasturda jamoaviy ijodiy faoliyatga tayyorgarlik ko'rish cho-g'ida bajarilishi zarur bo'lgan bir qator ishlar borki, shular asosida ijodiy guruhlar uchun vazifalar shakllantiriladi.
3. Ishni tayyorlash.
Pedagogik jarayondagi eng mas'uliyatli bo'lgan bu bosqichda quyidagilar zarurdir:
har bir o'quvchini sezish, uning jamoadagi o'rnini bel-gilash, kayfiyatini his qilish;
o'z vaqtida yordam ko'rsatishga harakat qilish;
vaziyatdan kelib chiqib, boshlang'ich loyihani qayta loyihalash bahonasida tashabbuskor guruhni o'zi bilan almashti-rilishiga yo'l qo'ymaslik.
4. Ishni o'tkazish.
Keyingi tahlil uchun asos bo'lgan bu bosqichda ishni loyi-halash jarayonida barcha ishtirok etishi mumkin bo'lganlar va mehmonlar uchun „tomoshabinsiz" ish qoidalarini amalga oshirish nihoyatda muhimdir.
5. Refleksiya (o'tkazilgan ish tahlili).
Maqsadi — tajriba orttirish, hamkorlik va individual faoliyat tahlili, tahlil amaliyoti va mahoratini egallash.
Vazifasi — faoliyat natijalarini baholash, topshiriq ishtirok-chilarining hayotiy tajribalarini o'stirish.
6. Natijalar (istiqbolni aniqlash).
Bu bosqich jamoa bo'lib hamda uni tashkil etuvchi shaxslar shakllanishining zarur sharti hisoblanadi. Uning maqsadi ham-korlik an'analarini shakllantirish, ularni qo'llab-quvvatlashdan iborat.
1.O’qituvchi faoliyatida o’quvchilar jamoasini shakllantirish markaziy vazifa hisoblanadi. Jamoa nazariyasi qonunlariga muvofiq uni yaratish metodikasi asoslari quyidagilardan iborat: talablar qo’yish, faollarni tarbiyalash, o’quv, mehnat, ijtimoiysiyosiy va onunaviymadaniyat faoliyatdagi istiqbollarni tashkil etish, sog’lom jamoatchilik fikrini shakllantirish, ijobiy an’anal ami yaratish va ko’paytirish.
Ta’riflangan bu qoidalar bar qanday jamoani shakllantirish va rivojlantirish uchun qo’llanma hisoblanadi.
Tarbiya metodlarini tanlashda ulaming rivojlanish darajasiga mosligi muvafFaqiyatining muhim sharti hisoblanadi. SHuning uchun har bir o’qituvchi tarbiyaviy ishni sinfdan jamoa munosabatlarining rivojlanishi darajasini aniqlashdan boshlaydi. O’qituvchining esa yangi sinf bilan ko’p marta ish boshlashiga to’g’ri keladi: o’z mehnat faoliyatining dastlabki -yilida, sinfni navbatdagi bitirib chiqish mavsumidan keyin. ba’zan esa maktabda vujudga kelgan vaziyat taqozosi bilan sinf rahbari o’zining metodlari jamoaning rivojlanishiga to’sqinlik qilmasligi uchun, shundan keyingi ishlari davomida vaqtivaqti bilan jamoaning rivojlanishi darajasini aniqlab turadi.
Nazariyada jamoa rivojlanishning uch yoki to’rtta darajasi ajratib ko’rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |