Milliy va umummadaniy kompetensiya:
B1
matematika umuminsoniy madaniyatning bir qismi ekanligini asoslab bera oladi;
zamonaviy dunyoda matematikaning o‘rnini tushuntira oladi;
real hodisalarni matematik tilda ifodalash usullaridan foydalana oladi va bu usullar samarali ekanligini tushuna oladi;
matematikaning har bir shaxsni mustaqillik, tanqidiy mulohaza yuritish, irodali bo‘lish va maqsadga erishi uchun matonatlilik kabi xislatlarni hosil qilish nuqtayi nazaridan katta ahamiyatga ega ekanligini tushuntira oladi;
zaminimizda yashab o‘tgan buyuk allomalarimizning matematikaga qo‘shgan hissalarini tasvirlab bera oladi;
matematik faktlarni isbotlashga qo‘yilayotgan talablarni tushuntira oladi.
B1+
matematikaning har bir shaxsning ma’naviy dunyosini shakllantirish nuqtayi nazaridan ahamiyatga ega ekanligini tushuntira oladi;
matematik modellashtirish tevarak-atrofimizni anglashda muhim qurol ekanligini tushuntira oladi;
o‘qishga va yangi bilimlarni egallashga qiziqa oladi;
ko‘zlagan maqsadga intila oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |