Tayanch atamalar: I tovushi, Ii harf, bo'g’in, ona, bola, nina, ip, “Par etdi” o‘yini.
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish:
Salomlashish, davomatni aniqlash.
0‘quvchi laming darsga tayyorligini tekshirish.
II. 0‘tilgan mavzuni takrorlash.
1. “So’z tuz va o‘qi” o'yini. 0‘tilgan darslarda o‘rganilgan na, ni, no, a, o bo‘g‘inlari asosida harf kassasida (harf terish kartonida?) so’zlar tuzish.
2. “Harfni top” didaktik o ‘yini orqali I harfining o‘mini aniqlash rasm asosida tashkil qilinadi:
- Rasmda nima tasvirlangan? (In)
- In so‘zini bo‘gdnga boding. (Bir bo‘gdnli so‘z)
- I tovushi so‘zning qaysi o‘rnida kelgan? (Boshida)
- I tovushi qanday tovush? Nima uchun?
- Rasmda nima tasvirlangan? (Ninachi)
- Ninachi so'zini bo‘g‘inga boding. (Ni-na-chi - uch bo‘ginli so‘z)
- I tovushi so‘zning qaysi o‘mida kelgan? (Birinchi va oxirgi bo‘gdnida kelgan)
- Shu bo'g’inlarni kesma harflar yordamida tuzing va o‘qing. Kim tez tuzadi va o‘qiydi?
Ari rasmi ustida ham shu tarzda ishlanadi.
Bu o'yinni og'zaki o'tkazish yoki rasmli testlarda tovushlaming o'rnini topishda qo'llaniladigan rangli to'rtburchak qog'ozchalar vositasida ham o'tkazish mumkin. Bunda ikki xil rangda to'rtburchak qog‘ozchalar olinadi. O'qituvchi so'zlami o‘qiydi. O'quvchilar esa mustaqil ravishda topish lozim bo‘lgan tovush o'mini bir xil rangda, qolgan tovushlar o'mini ikkinchi xildagi qog'ozchalar bilan ko'rsatadilar. Masalan: “In” so'zidagi “I” tovushining o'mini shunday ko'rsatadilar yoki so'zini bo'g'inga bo'lib ko'rsatadilar.
Yuqoridagi ishlar o'qituvchi tomonidan xulosalanadi: In so'zidagi I harfi i tovushini ifodalaydi. I tovushi unli tovushlar sirasiga kiradi, unli tovush, unli tovush bo'lgani uchun bo'g'in hosil qilishini tushuntirish. Shu o'rinda i unlisi bir bo'g'inda bir o‘zi bo'g'in hosil qilgani misol bilan ko'rsatiladi: O-i-la.
- Bu so'z necha bo'g'inli so'z?
- Birinchi va ikkinchi bo'g'ini nechta tovushdan iborat? (Bitta unli tovush-dan iborat.)
- Bu bo'g'inlarda qanday tovushlar bo'g'in hosil qilgan?
O'quvchilaming nutqini rivojlantirish maqsadida o'yinni og'zaki o'tkazish ham mumkin.
1-variant: “I” tovushining o'rnini topish.
In, nina, non, ana.
''In” so'zida “I” unlisi birinchi bo'g'inda birinchi o'rinda turibdi.
“Non” va Ona” so'zlarida “I” tovushi qatnashmagan.
3. Darslik materiali ustida ishlash.
1) darslikdagi bo'g'inlar va so'zlar o'qitiladi (12-bet);
2) “Ona -bola ish ustida” matnini o'qitish. O'quvchilarga gaplar ketma-ket o'qitiladi. Matn mazmuni darslikdagi rasm asosida qayta hikoya qildiriladi, matn mazmuni bilan rasm o'rtasidagi bo'g'lanish aniqlanadi;
3) ikki, ilon, sigir nomlari rasmdan qarab ayttiriladi va bu so'zlar to-vush-bo'g'in tomondan tahlil qilinadi.
4. Harakatli dam olish daqiqasi.
“Par etdi” oyini. O'qituvchi boshchiligida o'tkaziladi. O'qituvchi qush va boshqa uchadigan narsalaming nomlarini aytadi, bolalar “par etdi, par etdi”.
deb qofllarini baland ko‘tarib, pastga tushiradilar. 0‘yin o‘rindan turgan holat-da taskil etiladi. Qushdan boshqa narsa nomi aytilganda, bolalar cho‘kkalab o‘tirib-turadilar va “ketdi, ketdi” deb aytadilar.
Bu o‘yin bolalami sezgirlikka, topqirlikka, hozirjavoblikka o‘rgatadi.
III. Hosil boflgan bilimlarni mustahkamlash.
1. I tovushining talaffuzini mustahkamlash: (Darslikning 13-betida tasvirlan-gan rasmning chap tomonidana, ni, no bo‘g'inlari yozilgrnbo‘g‘in kataklari bosil-ganda shu bo‘g‘in talaffuz qilinadi. Rasm pastida navbat bilan o,i,a harfi harakat-lanib n harfi yoniga, so‘ng esa n harfi harakatlanib, a,i,o harflari oldiga boradi, bo‘g‘in hosil qilinadi va shu bo‘g‘in talaffuz qilinadi. Ovoz: in, an, on, na, ni, no)
2. Darslik bilan ishlash.
1) 13-betda berilgan rasm asosida suhbat o’tkaziladi:
- Rasmda qayer tasvirlangan?
- Rasmda kim va nimalarni ko‘ryapsiz?
- Rasmdagi bolaga ism qo‘ying!
- Itga nom qo‘ying!
Savol-javob asosida rasmga sarlavha qo‘yiladi.
Avval o‘qituvchi berilgan gapni o‘qib beradi. So‘ngra o‘quvchilarga qayta o‘qitiladi. Bolalar matnni o‘qiydilar: Ana in. Ana it.
2) darslikdagi jumboq-rasm asosida gap tuzish. 0‘qituvchi 13-betdagi o- na, a-na, ni-na kabi bo‘g‘inlar asosida tuzilgan jumboqda bitta gap, uchta so‘z mav-judligini aytadi. Jumboqdagi strelka chiziqlar so‘zlami to‘g‘ri topib o‘qishga yordain berishini tushuntirish. Bolalar jumboqdan ona, ana, nina kabi so‘zlami o‘qiydilar va so‘zlardan gap tuzadilar.
3) Ovoz: 0‘qituvchi savol beradi: Topingchi, qanday tovush talaffuz qilin-yapti? Bola navbat bilan o, a, i, n tovushini talaffuz qilib og‘zini ochib turibdi. 0‘ng tomonda esa o, a, i, n harflari yozilgan. Bolaning og‘iz harakatiga qarab berilgan harflardan mosini topilsa - “Barakalla”, no‘tog‘ri topilsa - “o‘ylab ko‘ring”, degan ovoz chiqadi.
IV. Darsni yakunlash.
Faol qatnashgan o‘quvchilami rag‘batlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |