1. Silikat texnologiyasi. Keramika va shishalar ishlab chiqarish texnologiyasi


Keramika va shishalar ishlab chiqarish texnologiyasi



Download 353,13 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/14
Sana04.02.2022
Hajmi353,13 Kb.
#429576
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Keramika va shishalar ishlab chiqarish texnologiyasi 
Texnologik operasiyalar haqida umumiy tushuncha. 
Texnologiya
so’zi materiallarni 
ishlash vositalari va usullari haqidagi bilimlarni anglatadi. Shu sababli quyida silikat va 
undan mahsulotlar ishlab chiqarish jarayoniga oid ba’zi bir umumiy ma’lumotlarni 
keltiramiz. 
Keramika va o’tga chidamli materiallar hamda shisha va sitall buyumlari ishlab 
chiqarish texnologiyasining asosida tabiiy yoki sun’iy xomashyo va materiallar (kukuni) ni 
ma’lum darajada kompleks xossalari bilan xarakterlanuvchi texnikaviy monolit toshga 
aylantirish yotadi. 
Keramika va shishalar texnologiyasining ayrim qismlarini sxematik ravishda 
quyidagicha tasvirlash mumkin: 
1.
Keramika va o’tga chidamli materiallar texnologiyasi: homashyo → kukun, 
plastik massa yoki shlinker tayyorlash → qoliplash → quritish → kuydirish → 
termik, mexanik yoki kimyoviy ishlov berish → sortlash → qadoqlash → 
tayyor buyumlar ombori; 
2.
Shisha va sitallar texnologiyasi: homashyo → shixtakukuni yoki briket 
tayyorlash → eritish → qoliplash → termik, mexanik yoki kimyoviy ishlov 
berish → saralash → qadoqlash → tayyor buyumlar ombori. 
Avvalo texnologik jarayonda homashyo sifatida ishlatiladigan materiallar ustida 
to’xtalib o’tamiz. Keramika va o’tga chidamli materiallar 


olishda gil, lyoss, dala shpati, qum va shamot, shisha va sitall mahsulotlari ishlab 
chiqarishda esa qum, ohaktosh, soda yoki potash kabi homashyolar ishlatiladi. Ko’rinib 
turibdiki turli-tuman silikat mahsulotlarini olishda ishlatiluvchi homashyo turlarida 
anchagina o’xshashlik bor. Ammo ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning xossa-
hususiyatlariga qarab ularning o’zaro nisbati va turi o’zgarishi mumkin. Masalan: qurilish 
gishti, govak va kavakli g’ishtlar olishda gilning oson suyuqlanuvchan va 1620 K dan past 
temperaturaga bardosh beruvchi turi ishlatiladi. Turli qo’shimchalar - kvars yoki kvars 
qumi, temir oksidlari, ohaktosh zarrachalari va organik birikmalar ularni pastroq 
temperaturada suyuqlanishiga olib keladi. O’tga chidamli materiallar olishda esa o’tga 
bardoshli gillar ishlatiladi. Ular oson suyuqlanuvchan gillarga nisbatan toza bo’lib, kvars, 
dala shpati, slyuda, temir birikmalari va boshqalar nisbatan kamroq aralashgani sababli, 
1850 K dan yuqori temperaturaga bardosh beradi. Gillarning uchinchi turi qiyin 
suyuqlanuvchan gillar 1620-1850 K da suyuqlanadi. Ularda mexanik qo’shimchalar o’tga 
bardoshli gillardagiga nisbatan ko’proq bo’lgani sababli o’tga chidamli g’isht olib 
bo’lmaydi. Ulardan, asosan kanalizasiya quvurlari, pol va ichki pardozlash plitkalari va 
fasadbop keramika ishlab chiqarishda foydalaniladi. 
Silikat maxsulotlari olinishidagi bajariladigan asosiy texnologik operasiyalardan biri 
homashyo materiallarini tayyorlash bo’lib, u ho’l yoki quruq usulda amalga oshiriladi. 
Xomashyo materiallari suvda tayyorlab, ishlab chiqarish usuli 
«ho’l»
usul deb ataladi. 
Qaysi usulni tanlash xomashyo turi va uning xossalari, texnologik va texnik iqtisodiy 
tabiatidagi bir qator omillarga bog’liq. 
Materiallarni tayyorlashga oid asosiy vazifa — talab qilingan namlik hamda 
kimyoviy, mineralogik va granulometrik tarkibli bir jinsli xomashyo aralashmasini hosil 
qilishdir. Ana shunday aralashmani tayyorlash uchun tarkibga kiradigan materiallar 
(ohaktosh, gil, dala shpati, to’grilovchi qo’shimcha va boshqalar) mayda tuyiladi va ma’lum 
miqdordagi suv yoki par ishtirokida yaxshilab aralashtiriladi. Tarkibga kiruvchi materiallar 
mayda tuyilsa va aralashtirilsa, xomashyo aralashmasi tarkibidagi oksidlar kuydirilayotgan 
yoki eritilayotganda bir-birlariga uzaro tularoq ta’sir etishadi. 
Xomashyo materiallari keramika va shishalar texnologiyasining ikkala qismi uchun 
ham aynan bir xil tayyorlanadi. Xomashyoni yer ostidan kavlab olish, tashish, donalash, 
saralash, dozalash, yuqoriga ko’tarish, uzatish. aralashtirish, unlash va tayyor bir jinsli 
homashyoni saqlash ishlab chiqarishdagi asosiy texnologik operasiyalardan hisoblanadi. 

Download 353,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish