1. Шим тикиш технологияси


ANDAZA ChIZMASINI CHIZISH



Download 0,54 Mb.
bet2/5
Sana17.06.2021
Hajmi0,54 Mb.
#68507
1   2   3   4   5
Bog'liq
Yakuniy servis

ANDAZA ChIZMASINI CHIZISH

Shimning oldingi yarmini chizish.

To`g`ri burchak chizib, burchak uchiga A nuqta qo`yiladi.Shimning uzunligi. A nuqtadan pastga 104 sm uzunlikda chiziq tushirib (shimning o`lchab olingan uzunligi), N nuqta qo`yiladi. N nuqta orqali ixtiyoriy uzunlikda gorizontal chiziq tortiladi.

Og` chizig`ii uzunligi. N nuqtadan yuqoriga 78 sm uzunlikda (og` chizig`ining o`lchab olingan uzunligi) chiziq tortib, Sh nuqta qo`yiladi. Sh nuqta orqali ixtiyoriy uzunlikda gorizontal chiziq tortiladi.

T izza chizig`i N iuqtadan yuqoriga 44 sm uzunlikda (og` chizig`i uzunligining 1/2 qismiga barcha razmerlar uchun 5 sm qo`shiladi, ya'ni 78 : 2 + 5 = 44 sm) chizig`i, tortib, K nuqta qo`yiladi. K nuqta orqali istagan uzunlikda gorizontal chizig`i, tortiladi.

Og` chizig`ining kengligi. Sh nuqtadan chapga 16 sm uzunlikda chiziq tortib, Sh nuqta qo`yiladi (son yarim aylanasining 1/4 qismiga barcha razmerlar uchun 3,5 sm qo`shiladi, ya'ni 50:4+3,5=16 sm). Sh nuqtadan o`ng tomonga 16 sm uzunlikda chiziq tortib, Sh2 nuqta qo`yiladi (hisobi yuqorida berilgan).

Bant chizig`i. Sh2 nuqtadan chapga 5 sm uzunlikda chiziq tortib (son yarim aylanasining 1/10 qismi, ya'ni 50:10 = 5 sm), Sh3 nuqta qo`yiladi. Sh nuqtadan yuqoriga gorizontal chiziqni kesib o`tadigan qilib perpendiqo’lyar chiziq chiqariladi. Bu chiziqlar kesishgan nuqta T xarfi bnlan belgilanadi. Sh3 nuqtadan yuqoriga qarab 5 sm o`lchab, B nuqta qo`yiladi. B va Sh2 nuqtalar punktir chiziq yordamida tutashtiriladi, punktir chiziq teng ikki qismga bo`-linadi. Bo`lish nuqtasidan chap to­monga punktir chiziqqa nisbatan to`g`ri burchak hosil qilib 1 sm o`lchab, shu еrga B| nuqta qo`yiladi. Bant chizig`i T, B, B|, Sh2 nuqtalar orqali chiziq tortiladi.

Bel qismining kеngligi. A nuqtadan chapga gorizontal chiziq uzaytiriladi. So`ngra T nuqtadan chapga 25 sm uzunlikda chizig`i, tor­tib, (bel yarim aylanasining 1/2 qismiga barcha razmerlar uchun 5 sm qo`shiladi, ya'ni 40:2+5=25 sm), T, nuqta qo`yiladi. Shim belbog`ini yaxlit bichish uchun qancha qo`shish kerakligi punktir chiziq bilan ko`rsatilgan.

Pocha kengligi. N nuqtadan chapga ham, o`ngga ham 11 sm uzun­likda chiziqlar tortib (pochaning pastki kengligidan 2 sm ayirib 2 ga taqsimlanadi, ya'ni 24—2: 2 =11 sm), H1 va N2 nuqtalar qo`yiladi.

Pochaning cheti. N nuqta­dan yuqoriga 1 sm o`lchab, 1 raqami qo`yiladi, H1 va H2 nuqtalar 1 nuqta orqali tekis chiziq tortib tutashtiriladi.

Yon chok tushadigan chiziq. T1 va Sh1 nuqtalar qavariq chiziq yordamida, Sh1 va H1 nuqtalar esa to`g`ri chiziq yordamida o`zaro tutashtiriladi. To`g`ri chiziq gorizontal chiziq bilan kesishgan joyga K1 nutqtaqo`yiladi.

Og` choki tushadigan chiziq. Sh2 va N2 nuqtalar chiziq yor­damida tutashtirilib, bu chiziqning gorizontal chiziqni kesib o`tgan joyiga K2 nuqta qo`yiladi. Shimning taxi, ya'ni dazmollash chizig`i A, Sh, K nuqtalar orqali o`tib, N nuqtada tugaydi.

Shim orqa yarmini chizish. Shim orqa yarmi chizmasi oldingi yarmi chizmasiga moslab chiziladi. Buning uchun tayyor chizma tagiga bir taxta qog`oz qo`yib, har chiziq izidan qalam yurgizib chiqiladi (shunda pastki qog`ozga chizmadagi chiziqlar izi tushadi) yoki shim oldi yarmining chizmasi yangidan chiziladi va shu qog`ozda shim orqa yarmining chiz­masi davom ettiriladi, so`ngra shim­ning oldingi yarmi andazasi alog`nda va orqa yarmi andazasi alohida qirqib olinadi.

O`rqa chok. A nuqtadan chapga 5 sm o`lchab (son yarim aylanasining 1/10 qismi, ya'ni 50:10=5 sm), T2 nuqta qo`yiladi. T2 nuqtadan yuqoriga 5 sm uzunlikda chiziq tortib (yuqorida berilgan hisobga qarang), T3 nuqta qo`yiladi. T2 va Sh3 nuqtalar punktir chiziq yordamida tutashtiriladi. Sh3 nuqtadan o`ngga 14,5 sm uzunlikda chiziq tortib (son yarim aylanasining ¼ qismiga barcha razmerlar uchun 2 sm qo`shiladi, ya'ni 50:4 +2=14,5 sm), Sh4 nuqta qo`yiladi. B1nuqtadan chapga 0,5 sm o`lchab, 0,5 raqami qo`yiladi. Sh2 nuqtadan Sh4 nuqtagacha bo`lgan oraliq teng ikki qismga bo`linib, bo`lish nuqtasidan pastga, punktir chpziqqa nisbatan to`g`ri burchak hosil qilib, 0,5 sm o`lchab, shu nuqtaga ham 0,5 raqami qo`yiladi.

O`rta chok chizig`i T3, T2 nuqtalar orqali punktir chiziq bo`ylab chizilib, keyin botiq egri chiziq tarzida 0,5, Sh2, 0,5 nuqtalar orqali Sh4 nuqtaga tutashtriladi.

Belbog` qismining kengligi. T3 nuqtadan chapga 25 sm uzunlikda (bel yarim aylanasining ½ qismiga barcha razmerlar uchun 5 sm qo`shiladi, ya’ni 40 : 2+5=25 sm) qiya chiziq tortilib qiya chizig`ning gorizontal chiziq bilan kengaygan nuqtasi T4 xarfi bilan belgilanadi. Belbog` shim bilan yaxlit bichilganda qancha ko`shish kerakligi punkttir chizig`i bilan ko`rsatilgan.

Yon chok tushadigan chizig`i. Sh1 nuqtadan chapga 5 sm uzunlikda chiziq tortib (son yarim ay­lanasining 1/10 qismi, ya'ni 50 : 10 =5 sm), Sh5 nuqta qo`yiladi. K1 nuqtadan chapga 2 sm uzunlikda chiziq tortib, K3 nuqta qo`yiladi. H1 nuqtadan chapga 2 sm uzunlikda chiziq tortib, H3 nuqta qo`yiladi. T4 nuqta salgina qavariq chiziq yordamida Sh5 nuqtaga tutashtiriladi, so`ngra bu chiziq K3 nuqta orqali davom ettirilib, H3 nuqtaga tutashtiriladi.

Og` choki tushadigan chiziq. K2 nuqtadan o`ngga 2 sm uzun­likda chiziq tortib, K4 nuqta qo`yiladi. N2 nuqtadan o`ngga 2 sm uzunlikda chiziq tortib, K4 nuqta qo`yiladi. Sh4 va K4 nuqtalar punkttir chizig`i yordamida tutashtiriladi; punktir chizig`i, teng ikki qismga bo-linadi, bo`lish nuqtasidan chapga to`gri burchak hosil qilib 1 sm uzun­likda chizig`i tortib, 1 raqami qo`yiladi. Sh4, 1 va K4 nuqtalar botiq chiziq yordamida o`zaro tutashtirila­di va chizig`i, pochaning pastidagi N4 nuqtagacha davom ettiriladi.

Pochaning cheti. N nuqtadan pastga 1,5 sm uzunlikda chiziq tor­tib, 1,5 rakami qo`yiladi, shu nuqta orqali H3 va H4 nuqtalar tekis chizig`i yordamida tutashtiriladi.


Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish