www.interfinance.uz
2
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlab o`tganlaridek: “...jiddiy va
kundalik e’tiborini talab qiladigan yana bir muhim yo`nalish bor. Bu-xususiy mulk va
tadbirkorlikni
yanada
rivojlantirish
va
ularning
ta’sirchan
himoyasini
ta’minlashdir”[1]. Jamiyatimizning iqtisodiy negizi bozor iqtisodiyotiga asoslangan.
Bozor iqtisodiyotining tayanchi sifatida esa kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
sohasi muhim o`rin egallaydi. Ushbu sohani jadal rivojlanishini ta’minlash
maqsadida qonunchilik bazasini takomillashtirib borish ob’ektiv zaruriyat
hisoblanadi. Chunki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi mamlakat
iqtisodiyotini barqaror yuksaltirish, yangi ish o`rinlarini yaratish va aholi daromadini
oshirishning muhim omili hisoblanadi. Mamlakatimizda ham barqaror ijtimoiy-
iqtisodiy o`sishni ta’minlashda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining
o`rni beqiyosdir. Xususan, ularning yalpi ichki mahsulotdagi salmog`i muntazam
o`sib, 2016 yil yakunlari bo`yicha 56,9 foizga, sanoatda esa 45 foizga oshdi.
Shuningdek ish bilan band aholining 78 foizi mazkur sohada mehnat faoliyatini
yuritmoqda. Ushbu ko`rsatkichlarga erishishda tijorat banklari kreditlash hajmining
oxirgi yillarda o’sishi ham muhim omillardan hisoblanadi. [1].
O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning 2017-2021 yillarga
mo`ljallangan harakatlar strategiyasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik xususida
quyidagilar ta’kidlangan: “...kichik biznes va xususiy tadbirkorlik milliy iqtisodiyotni
yaratish, jamiyatning ijtimoiy barqarorligini asosi hisoblanuvchi o`rta mulkdorlar
sinfini shakllantirish, raqobat muhitini vujudga keltirish va barqaror iqtisodiy
o`sishga erishishda muhim omil bo`lib hisoblanadi” [2]
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakatimiz iqtisodiyotidagi
ahamiyatini oshirishda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2016 yil 5
oktyabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy
mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan
yaxshilashga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi farmoni alohida rol
o`ynadi, chunki bu farmonda xususiy mulkni huquqiy himoya qilishni yanada
kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun qulay shart-sharoitlar
yaratish va har tomonlama qo`llab-quvvatlashga asosiy e’tibor qaratilgan[3].
Mamlakatimiz iqtisodiyotini taraqqiy ettirish, yangi ish o`rinlarini yaratish
bilan bog`liq masalalarni hal etishda tadbirkorlik faoliyatini erkinlashtirish juda
muhimdir, aynan ushbu masalaga berilgan e’tibor yuqorida ta’kidlab o`tilganidek,
ushbu sohaning mamlakatimiz YaIMdagi ulushini doimiy oshib borishiga sabab
bo`lmoqda.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama qo`llab-quvvatlashga
qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida 2016 yilda tadbirkorlik
bilan shug’ullanayotgan sub’ektlar soni 32 mingtaga yaqinni tashkil etdi. [3]
“Халқаро молия ва ҳисоб” илмий электрон журнали. № 5, октябрь, 2017 йил
Do'stlaringiz bilan baham: |