Ventilator qurilmasining iqtisodiy ko’rsatkichlari
Ventilator qurilmasining yillik elektr energiya sarfi quyidagi ifoda bilan hisoblanadi:
kVtsoat
buyerda: d - elektr yuritgichning f.i.k.
KON KORXONALARINING PNEVMATIK QURILMALARI
Kon korxonalarida elektr energiya bilan bir qatorda bir - birini inkor etmagan holda pnevmatik energiyadan ham foydalaniladi. Pnevmatik energiya kombaynlar, qo’porish va burg’ulash bolg’ichlari, chig’ir (lebedka)lar, lahim o’tish ventilatorlari hamda nasoslarini ishlatishda qo’llaniladi.
Hozirgi kunda barcha qazib olinadigan ko’mirning 15% pnevmatik energiya yordamida qazib olinadi.Undan tashqari portlash xavfi bo’lgan shaxtalarda pnevmatik energiya asosiy energiya manbai hisoblanadi. Pnevmatik energiyani ishlab chiqarish uchun sarflaydigan energiya shaxta bo’yicha zarur bo’lgan energiyaning taxminan 50% ni tashkil etadi.Foydali qazilmani qazib olish ishlari burg’ulash va portlatish usulida olib boriladigan ma’dan konlarda va metan gazi ajralib chiqish dararjasi yuqori bo’lgan hamda elektr energiyadan foydalanish taqiqlangan ko’mir konlarda pnevmatik (siqilgan havo) energiya asosiy energiya hisoblanadi. Pnevmatik energiya burg’ulash va qo’porish mashinalarni hamda pnevmatik energiyada ishlaydigan yuritmalar bilan jihozlangan kombaynlar, yuklash mashinalari, ventilyatorlar, nasoslar va boshqa mashina va mexanizmlarni ishlatishda qo’llaniladi. Pnevmatik energiya pnevmatik qurilmalarda ishlab chiqariladi va u havo quvurlari bilan iste’molchilarga yetkazib beriladi.
Pnevmatik qurilma iste’molchilarni pnevmatik energiyaga ixtiyoji va ularning kon korxonasida joylashishiga qarab uch turga bo’linadi.Bular markazlashtirilgan, turg’un va ko’chma pnevmatik qurilmalardir.Markazlashtirilgan pnevmatik qurilma bir-biriga yaqin joylashgan bir necha shaxtalar uchun loyihalanadi va quriladi. Har bir alohida olingan shaxtaga pnevmatik energiya havo quvurlari bilan yetkazib beriladi. SHaxtalarni pnevmatik energiya bilan yetarli miqdorda ta’minlash uchun qurilma ishlab chiqaradigan pnevmatik energiyaning hajmi, barcha shaxtalarni pnevmatik energiyaga bo’lgan ixtiyojlaridan kam bo’lmasligi lozim.
Markazlashtirilgan pnevmatik qurilma ko’p hollarda unumdorligi 250 m3/min yoki 500 m3/min bo’lgan iqtisodiy samarador turbo kompressorlar bilan jihozlanadi. Alohida joylashgan va pnevmatik energiya bo’lgan ixtiyoji yuqori bo’lgan shaxtalar uchun shaxta yer yuzasida turg’un pnevmatik qurilma o’rnatildi.Turg’un pnevmatik qurilmada ishlab chiqarilgan pnevmatik energiya havo quvurlari bilan barcha iste’molchilarga yetkazib beriladi.Siqilgan havo uzoq masofaga uzatilganda uni bosimi havo quvurida paydo bo’ladigan gidravlik qarshiliklar hisobiga kamayadi. Natijasida uzoq masofada joylashgan ayrim iste’molchilarga yetib kelgan havoning bosimi, pnevmatik energiyada ishlaydigan
mashina va mexanizmlarni normal ishlashini ta’minlay olmaydi. Bunday hollarda iste’molchilarni pnevmatik energiya bilan ishonchli ravishda ta’minlash va uni iqtisodiy ko’rsatgichlarini yaxshilash uchun havoni qayta siqish usulidan foydalanish maqsadga muvofiqdir.Bu usul qo’llanilganda havo 0,3-0,4 MPa bosim bilan iste’molchiga yaqin joylashgan ko’chma pnenvmatik qurilmaga uzatiladi. Unda havo iste’molchilarni normal ishlashini ta’minlay olmaydigan bosimgacha siqiladi. Siqilgan havo esa quvurlar orqali iste’molchilarga yetkazib beriladi.
Kompressorlar mashina zalida bir qator qilib o’rnatiladi va ularning oralig’ida 1,5 m masofa qoldiriladi. Yordamchi uskunalar (Havo tozalagich va havo yig’gichdan tashqari) binoda, ayrim hollarda esa podvaldao’rnatiladi.
Pnevmatik qurilma siqilgan havoga bo’lgan talab 200 m3/min gacha bo’lgan shaxtalarda porshenli (hajmiy) va undan ko’p bo’lgan shaxtalarda esa yuqori texnika – iqtisodiy ko’rsatgichlarga ega bo’lgan turbokompressor bilan jihozlanadi.
Hozirgi kunda mamlakatimizda pnevmatik qurilmalarni shaxta maydonlarida ishlatilishi keng yo’lga qo’yilib kelinmoqda .
Konchilik korxonalarida asosan past bosimli va unumdorligi 10,20,30,50,100 m3/min bo’lgan ikki bosqichli porshenli, unumdorligi 5, 12,5, 25 m3/min bo’lgan vintli va unumdorligi 115,250,500 m3/min bo’lgan turbokompressorlar ishlatilib kelinmoqda.
Havo yig’ish tizimining sxemasi quyidagirasmda keltirilgan. Shaxtaning ish hududi to’g’ri joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |