Dinamik stereotip deganda, tashqi qaytarilish natijasida hosil qilingan shartli reflekslar, nerv bog’lanishlarining barqaror tizimi tushuniladi.
Moslashish xarakteriga oid bo’lgan, ya’ni ovozning o’zgarishi, mimika, imo-ishora, organizmda sodir bo’ladigan jarayonning qayta o’zgarishidan iborat ixtiyorsiz va ongli harakatlar psixologoiyada emotsional harakatlarning expressiv tomoni deb ataladi.
His-tuyg‘uni boshdan kechirishning turli shakllari: emotsiya-hissiyot, affekt, kayfiyat, kuchli hayajonlanish (stress holati) kiradi. Emotsiyalar – ruhiy hayajonlanish, ruhiy harakatlanish degan ma’noni anglatadi (qo‘rquvdan titrash va h.k.). kishini tez chulg‘ab oladigan va shiddat bilan o‘tib ketadigan jarayonlar affektlar (hissiy portlashlar) deb ataladi. Ular ongning anchagina darajada o‘zgarganligi, xatti-harakatlarni nazorat qilishning buzilganligi, odamning o‘z-o‘zini idrok qila olmasligi bilan ajralib turadi.
Agar oddiy hissiyot faqat ruhiy hayajonlanishni ifoda esa, u holda affekt bo‘rondir. Kuchli zo‘riqish (ko‘z yosh to‘kish, kulish) natijasida mayda sa’i-harakatlar barbod bo‘ladi. Induktiv tormozlanish yarim sharlar qobig‘ini tobora ko‘proq darajada egallay boshlaydi, bu tafakkurning izdan chiqishiga olib keladi, qobiq osti yo‘llarida qo‘zg‘alish kuchaya boshlaydi.
Ta’lim berish jarayonida talabalarda intellektual tuyg‘ularni shakllantirish, bilishga qiziqish va ishtiyoq uyg‘otish masalasi hamisha dolzarb hisoblangan. Ma’lumki, agar talaba ta’lim olishida bilimga ishtiyoq ustunlik qilmasa, agar u doimo yangi narsani bilib olayotganidan shodlik va baxtiyorlikni his etib turmasa, u holda talaba o‘qishda va mehnatda yuksak natijaga erisha olmaydi. «Aqlli kishi uchun har kuni yangi hayot boshlanadi» bu jumlani qayta-qayta o‘qir ekanman, jismimda, ruhiyatimda yangicha bir kuch, yashashga bo‘lgan ishtiyoq hissi uyg‘onib borardi. Stiven Likok shunday yozadi: «Taajubki, vaqtdan yulib olingan parchani bizning hayotimiz-umr deb ataymiz. Go‘dak o‘zicha «Qachon o‘smir bo‘laman» deb o‘ylaydi. Xo‘sh, keyinchi? O‘smir «Qachon ulg‘ayaman?» deydi. Xullas, u ulg‘aygach, «Qachon uylanaman?» deyishi tabiiy. Nihoyat, uylandi ham. Endi bo‘ldimi?
• Aslo!
• Hammasi o‘z navbatida kelaveradi. Pirovardida u «Qachon pensiyaga chiqaman?» deb qoladi. Ana endi pensiya yoshiga etgach, bir bosib o‘tgan «shonli yo‘lga boqadi» yuziga sovuq el urilgandek bo‘ladi.
Ko‘z oldida hayotda qanchadan-qancha imkoniyatlarni sovurib yuborganini, u damlar endi mutlaqo qaytib kelmasligi haqidagi achchiq haqiqatni anglab etadi» Biz hayot mohiyati bir maromdagi kun soatida ekanini juda kech fahmlaymiz».
Bezovtalik paydo bo‘ldimi, endi u shunchaki o‘tib ketadigan «ruhiy horg‘inlik» emas. Soat sayin, soniya sayin insonning asab tizimlarini xavfli yong‘inday qurshab oluvchi, azob-uqubatlari bilan tinkani qurituvchi ko‘rinmas yovdir.
Konfutsiy «Ziqna, izzattalab, maydakash, mahmadona kishilarning turgan-bitgani zahar» degan ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |