1. Shaxsiy kompyuterlarning dasturli ta‘minoti


Mikroprotsessorning tuzilishi



Download 44,75 Kb.
bet3/3
Sana06.12.2019
Hajmi44,75 Kb.
#28672
1   2   3
Bog'liq
Kompyuter ta'minoti


33. Mikroprotsessorning tuzilishi.

Mikroprotsessor qurilmasi funksional jihatdan ShKning eng murakkab qurilmasi sanaladi. Ushbu qurilma yo‘riqlarning kodli shinasi vositasida


mashinaning barcha bloklariga yetib boradigan boshqaruv signallarinishakllantiradi.Komandalar registri - xotirada saqlaydigan registr bo‘lib, unda komanda kodi, ya’ni bajarilayotgan operatsiya kodi hamda operatsiyada ishtirok etayotgan operandlarning manzillari saqlanadi.Komandalar registri MPning interfeys qismida, komandalar registrlari uchun mo‘ljallangan blok ichida joylashgan.Operatsiyalar deshifratorlari - mantiqiy blok bo‘lib, komandalar registridan kelayotgan operatsiya kodiga (OK) muvofiq o‘zida mavjud ko‘plab chiqish yo‘llaridan birini tanlaydi.Mikrodasturlarni xotirada doimo saqlovchi qurilma (XDSQ) –ShK bloklarida axborotga ishlov berish operatsiyalari bajarilishi uchun zarur bo‘ladigan boshqaruvchi signallarni (impulslarni) o‘z uyalarida saqlaydigan qurilma sanaladi.Deshifrator tomonidan operatsiya kodiga muvofiq tanlangan operatsiya impulse boshqaruvchi signallarning zaruriy izchilligini mikrodasturlarni XDSQ ichidan solishtirib chiqaradi.Manzil shakllantiruvchi uzel (MPning interfeys qismi ichida joylashgan) -komandalar registri va MPX registrlaridan kelayotgan rekvizitlar bo‘yicha xotira (registr) uyasining to‘liq manzilini hisoblab chiqaradigan qurilma.Ma’lumotlarning kodli shinasi, manzillar va yo‘riqlar – mikroprotsessordagi ichki shinaning bir qismi sanaladi. Aksariyathollarda BQ quyidagi asosiy amallarning bajarilishi uchun mo‘ljallangan boshqaruv signallarini shakllantiradi: MPX komandasining manzilidagi hisoblagich-registr ichidan dasturning navbatdagi komandasi saqlanayotgan xotiraga tezkor saqlash qurilmasi (XTSQ) uyasining manzilini tanlab olish; XTSQ uyasi ichidan navbatdagi komandaning kodini tanlab olish hamda solishtirib chiqarilgan komandani komandalar registriga qabul qilib olish; operatsiya kodlari va tanlangan komanda alomatlarining shifrini ochish; XTSQning shifri ochilgan operatsiya kodiga muvofiq keluvchi uyalari ichidan boshqaruvchi signallarning (impulslarning) mashinada mavjud barcha bloklarda ma’lum operatsiya ijrosining tartibini hamda boshqaruvchi signallarning ushbu bloklarga qayta yuborilish tartibini belgilab beruvchi mikrodasturlarni solishtirib chiqarish; komandalar registri va MPX registrlari ichidan hisoblarda ishtirok etayotgan operandlar (sonlar) manzillarining alohida tarkibiy qismlarini solishtirib chiqarish hamda operandlarning to‘liq manzillarini shakllantirish; operandlarni (shakllangan manzillar bo‘yicha) tanlash va ushbu operandlarga ishlov berishga oid ma’lum operatsiyani bajarish;
amalga oshirilgan operatsiya natijalarini xotiraga saqlash; dasturning navbatdagi komandasiga taalluqli manzilni shakllantirish.
34.Xotira va uning ishlash imkonyatlari.

Xotira kom.yuterda dasturlar va ma’lumotlarni, amal natijalarini saqlaydigan qurilma. Xotiraning turlari quyidagilardir: tezkor hotira, doimiy hotira, tashqi hotira, kesh hotira, video hotira va boshqalar.Tezkor xotira kompyuterning muhim qismi bo‘lib,protsessor undan amallarni bajarish uchun dastur ma’lumotlarini oladi va amalni bajarib, natijani yana unda saqlaydi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, kompyuter o‘chirilsa, tezkor xotirada saqlanayotgan dasturlar va ma’lumotlar yo‘q bo‘lib ketadi. Shuning uchun ularni qattiq diskda yoki disketalarda saqlab qolish kerak. Kompyuter ishlab turganda elektr tokini ogohlantirmasdan o‘chirish, umuman aytganda, katta zarar keltirishi mumkin. Barcha turdagi xotiralar uchun muhim tushuncha uning hajmidir. Kompyuterlarda ma’lumot birligining eng kichik o‘lchovi sifatida bayt qabul qilingan bo‘lib, 1 bayt 8 bit (ikkili raqam)ga teng. O‘z navbatida bayt bir simvolni (belgini) tasvirlaydi.Hotiralar 250 Mbaytdan hozirgi kunda Terra baytlargacha ishlab chiqarilmoqda.


35.Markaziy protsessorni olib turini aniqlash.

Mikroprotsessor qurilmasi funksional jihatdan ShKning eng murakkab qurilmasi


sanaladi. Ushbu qurilma yo‘riqlarning kodli shinasi vositasida mashinaning barcha bloklariga yetib boradigan boshqaruv signallarini shakllantiradi. Mikroprotsessorlar yoki markaziy protsessorlar shaxsiy kompyuterlarning “miyasini” tashkil qiladi. Mikroprotsessorning quyidagi turlari mavjud: 8088/8086 protsessorlari, 80386 protsessorlari, 80486 protsessorlari, Pentium protsessorlari, Pentium MMX protsessori, Pentium Pro protsessori, Pentium II protsessolari, Pentium III protsessolari, AMD K-6 protsessori,Intel CoreI1,2,3,4,5,6,7,8,9,NVIDIA,Elburs,Philips.Harbir mikroprotsessorning ustiga firma nomi va turi yoziladi. Mikroprotsessorlar ham avlodlarga bo’linadi.Bular:1-avlod mikroprotsessorlari DDR1 plataga ishlab chiqarilgan,2-avlod mikroprotsessorlari DD2 plataga ishlab chiqarilgan,3-avlod mikroprotsessorlari DD3 plataga ishlab chiqarilgan.Hozirgi kunda 4-avlod mikroprotsessorlari ishlab chiqarilmoqda.
36.Sistema blokining sovutish tizimiga texnik hizmat ko’rsatish.

Sistema blokining sovutish tizimiga texnik hizmat ko’rsatish deganda biz sistema blokidagi barcha sovutish tizimlarini tushunamiz.Bizga quyidagi jihozlar kerak bo’ladi: siqilgan havo balonchasi,qurilmalarni moylash uchun moy,atvyorka.Biz Sistema blokidagi barcha suvutish tizimi yechib olamiz va siqilgan havo balonchasi yordamida kullerdagi changlar tozalanadi.Changdan tozalangandan so’ng kuller parragi olinadi va ustidagi yorliq ozgina ochiladi va u yerda moylash uchun mahsus teshik qoldirilgan bo’ladi va kuller o’rtasidagi val moylandi.Elektr ta’minoti blokidagi sovutish tizimi ham huddi shunday qilib texnik hizmat ko’rsatiladi. Sistema blokining sovutish tizimidagi barcha sovutish tizimlariga huddi shunday texnik hizmat ko’rsatiladi.


37.Markaziy mikprotsessorning sovutish tizimi bilan tanishish.

Markaziy mikprotsessorning sovutish tizimi mikprotsessorni qizib ketishi oldini olib turuvchi qurilma hisoblanadi. Mikprotsessorning sovutish tizimining ostida radiator joylashga.Radiatorning vazifasi sovuq havoni yaxshi o’tkazganligi uchun o’rnatiladi. Mikprotsessorning sovutish tizimi kompyuterimiz uchun eng kerakli qurilma hisoblanadi chunki mikroprotsessor qizib ketsa kompyuterimiz o’chib qoloishi yoki mikprotsessorimiz ishdan chiqishi mumkin.Shuning uchun mikroprotsessor doimo sovuq holatda bo’lishi kerak.Mikroprotseesorning ustiga termopasta surilgan bo’ladi.Termopastaning vazifasi kullerdan kelgan sovuq havoni yaxshi o’tkazib berganligi uchun surtib qo’yiladi. Mikprotsessorning ustiga termopasta, termopasta ustiga radiator va kuller o’rnatiladi.Hozirgi zamonaviy kompyuterlarda mikprotsessorning sovutish tizimi zamonaviylashib bormoqda.Hozirga kunda mikprotsessorning sovutish tizimi suv orqali ham sovutilmoqda buning uchun o’zining mahsus qurilmalari kerak bo’ladi.


38. Markaziy mikprotsessorni olib turini aniqlash.

Mikroprotsessor qurilmasi funksional jihatdan ShKning eng murakkab qurilmasi


sanaladi. Ushbu qurilma yo‘riqlarning kodli shinasi vositasida mashinaning barcha bloklariga yetib boradigan boshqaruv signallarini shakllantiradi. Mikroprotsessorlar yoki markaziy protsessorlar shaxsiy kompyuterlarning “miyasini” tashkil qiladi. Mikroprotsessorning quyidagi turlari mavjud: 8088/8086 protsessorlari, 80386 protsessorlari, 80486 protsessorlari, Pentium protsessorlari, Pentium MMX protsessori, Pentium Pro protsessori, Pentium II protsessolari, Pentium III protsessolari, AMD K-6 protsessori,Intel CoreI1,2,3,4,5,6,7,8,9,NVIDIA,Elburs,Philips.Harbir mikroprotsessorning ustiga firma nomi va turi yoziladi. Mikroprotsessorlar ham avlodlarga bo’linadi.Bular:1-avlod mikroprotsessorlari DDR1 plataga ishlab chiqarilgan,2-avlod mikroprotsessorlari DD2 plataga ishlab chiqarilgan,3-avlod mikroprotsessorlari DD3 plataga ishlab chiqarilgan.Hozirgi kunda 4-avlod mikroprotsessorlari ishlab chiqarilmoqda.
40.Kompyuterni qisimlarga ajratish va sanash.

Shaxsiy kompyuter quyidagi asosiy qurilmalardan tashkil topadi: tizimli blok, monitor, klaviatura va sichqoncha.Qo’shimcha qurilmalar quyidagilardan tashkil topgan: Printer,Plotter,Skaner,T armoq adapter,Audio-video adapter,Modem,Multimedia qurilmalari. Shaxsiy kompyuter quyidagi qisimlardan iborat: tizimli blok, monitor, klaviatura va sichqoncha.Tizimli blokni ham qisimlarga ajratsak bo’ladi.Tizimli blok quyidagi qisimlardan iborat:Ona plata,Mikroprotsessor,Elektr ta’minoti bloki(blokpitaniya),Operativ hotira,Qattiq disk,Disk yurituvchi(DVD/ROM yoki CD/ROM),Sovutish tizimi(kullerlar),BIOS batareka kiradi.


41.Tizimli blok tizimlari bilan tanishish.

Kompyuter elektron qurilma bo‘lganligi uchun, elektr energiyasi hisobiga ishlaydi. Kompyuter, aslida, umumlashgan tushuncha. Uning ichidagi har bir qurilma, har bir mikrosxema elektr energiyasi hisobigagina mavjud. Har qancha konfiguratsiyasi zo‘r bo‘lgan kompyuterga ega bo‘lmaylik, agar uyimizda elektr ta’minoti bo‘lmasa, kompyuterdan karton qutichalik ham foyda bo‘lmaydi. Tizim blokining ichidagi hard disk (HDD), tezkor xotira (RAM), videokarta (VGA), markaziy protsessor (CPU), ona plata (Motherboard) va undagi chipsetlar turli miqdorda elektr energiyasini iste’mol qiladi. Qaysi qurilmaning qancha energiya iste’mol qilishi uning nima ish qilishiga qarab, qanday qurilma ekanligiga qarab belgilanadi. 


42. Tizimli blokning tarmoq quvvat bloki(blokpitaniya)

Elektr ta’minot blokining vazifasi oson + 12 V, - 12v doimiy tok “sof” kuchlanishini otkazishi kerak. Elektr ta’mirlash blok yoqilgandan song o‘zi beruvchi signalni nazorat qilib, kerakli sathda kuchlanish stabillashgandan so‘ng tizim platadagi power-gool signalini yuboradi. Mikroprotsessor o‘zining registrlarini boshlangich holatga qaytaradi, shundan so‘ng yuklanish boshlanadi. Quvvat VATTA olchanadi. Elektr ta’minot bloki o‘zining quvvati bilan farqlanadi: qancha quvvat katta bo‘lsa, shuncha ko‘p blok elektr ta’mirlash tashqi qurilmalarinigina ta’minlab beradi. Zamonaviy kompyuterlarga 300-400 vatt quvvatli elektr ta’minot bloklari qoyiladi. Zamonaviy kompyuterlarda elektr ta’minot bloki keluvchi ulanish joylar soni barcha qurilmalarga yoqmaydigan holler bo‘lishi mumkin. Energiya zapasi ya’na bo‘lsa, bir tomondan elektr ta’minot ulanish joyiga, ikkinchi tomondan ikki ulanish joyga ulanadigan kabel tarqatuvchidan foydalanish mumkin. Eski shaxsiy kompyuterlarda elektr ta’minot blokini quvvati 65 vattan oshardi. Bugungi kunda esa 400 Vt quvvatli kompyuterlar mavjud, kompyuterdagi eng ko‘p quvatni monitor ishlatadi. Oddiy 17-19 dyuymli monitor taxminan 100 Vtdan 150 Vt gacha, yangi lampochkadek elektr ishlatadi, ammo, kuchlanish kompyuter korpusida joylashgan elektr ta’minot blokidan bormaydi, shunki monitorning o‘zini elektr ta’minot bloki bor.


43.Kompyuterga qo’shimcha yangi texnik qurilmalarni ulash.

Kompyuterga qo’shimcha yangi texnik qurilmalarni ulashimizdan maqsad bizga kerak bo’lgan hamma funksiyalarni faqat kompyuterni o’zi bajara olmaydi,shuning uchun kompyuterimizga qo’shimcha yangi texnik qurilmalarni ulanadi.Kompyuterga qo’shimcha yangi texnik qurilmalarni ulashimiz uchun bizga ulamoqchi bo’lgan qurimamiz kerak bo’ladi va anashu qurilmaning drayveri kerak bo’ladi.Drayver-Operatsion tizim va qurilmani bir biriga tanishtirib qo’yuvchi dastur hisoblanadi.Ulamoqchi bo’lgan qurilmamiz printer bo’lsa bizga anashu printerning modeliga mos tushadigan drayveri kerak bo’ladi.Qurilmani kompyuterga ulaymiz va kompyterga qurilmani drayverini o’rnatamiz va qurilmani ishlayotganini tekshirib ko’ramiz.


44. Ona plata bilan tanishish uning turini, imkoniyatlarini aniqlash

Ba’zan ona (motherboard) yoki asosiy plata (main board) deb ataluvchi tizimli plata (system board) kompyuterning asosiy bog‘lamalaridan hisoblanadi. Tizimli plataning asosiy vazifasi – kompyuterning hamma bog‘lamasini konstruktiv bitta qurilma sifatida birlashtirishdir (2.1-rasm). Haqiqatdan ham, tizimli plata kompyuterning asosiy ko‘rsatkichlarini, masalan, qanday protsessorni qo‘llash kerakligini, qaysi tezlikda protsessor bilan tezkor xotira axborot almashina olishini belgilab beradi. Hozirgi kunda o‘nlab firmalar tuzilishi, ular tomonidanm qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan protsessor turlari va ularning taktlash

chastotalari hamda ishchi kuchlanishlarning kattaliklari bilan farqlanuvchi, turli xil tizimli bloklarni katta miqdorda ishlab chiqarmoqdalar. Tizimli platalar har xil turdagi tizimli, lokal va tashqi shinalarning interfeyslarini quvvatlaydi. SHK ning ishlash samaradorligi qo‘llanuvchi

shinalar tarkibiga va bu shinalar uchun mo‘ljallangan platadagi mavjud slotlar miqdoriga bog‘liqdir.


45. Ona plataning chipsetlari bilan tanishish

Tizimli plata ko‘p qatlamli tekstolitdan tayyorlangan bosma plata ko‘rinishida bajariladi. Qatlamlarning soni 12 tagacha bo‘lishi mumkin, ammo ko‘pincha 8 ta qatlamli bosma plata ishlatiladi. Har bir qatlam orasida

mikrosxemalarni, qarshiliklarni, kondensatorlarni va razyomlarni o‘zaro ulanishini ta’minlab turuvchi, yupqa

metall qoplamadan ishlangan bosma o‘tkazgichlar joylashgan. 2.2-rasmda Gigabyte kompaniyasi ishlab

chiqargan tizimli plataning kesimi berilgan. 2.3-rasmda tizimli plata elektronikasining an’anaviy qurish

tamoyili soddalashtirilib ko‘rsatilgan. Markazda, protsessor, tezkor xotira moduli va tashqi qurilmalar orasida

chipset joylashgan. Chipset mikrosxemalar to‘plami bo‘lib, barcha bloklar orasida signallarni taqsimlash vazifasini bajaradi. 2.3-a rasmda protsessordan tezkor xotiraga o‘tuvchi axborotlaroqimi hamda teskariga uncha katta bo‘lmagan ushlanish vaqtini kirituvchi chipset orqali o‘tadigan axborotlar oqimi tasvirlangan. Zamonaviy kompyuter tizimlari uchun bunday ushlanish ko‘plik qiladi. Shuning uchun avval AMD, keyin esa Intel korporatsiyasi xotira kontrollerini protsessor kristaliga joylashtirdi (2.3-b rasm). Tuzilishning bu tamoyilida protsessor xotira bilan bevosita ishlaydi. Bu esa o‘z o‘rnida tizimning umumiy unumdorligini

oshiradi. Tizimli plataning protsessorning arxitekturasiga bog‘liq bo‘lgan boshqa variantlari ham mavjuddir. Masalan, oxirgi vaqtda grafik nimtizimning ishlash tezligini oshirish uchun videokartaning interfeysini (PCI-E uchun) chipsetdan protsessor kristaliga joylashtirilgan varianti keng tarqaldi.


46. Ona plataga analogli va raqamli videokartalarni o’rnatish

Tizimli plataning standarti (form-faktori) uning o‘lchamini, tashqi qurilmalarni ulash uchun mo‘ljallangan chiqishlarning holati va mahkamlash teshiklarining joylashishini belgilaydi Plataning aniq modeli va formatiga qarab teshiklar soni 6 tadan 12 tagacha bo‘lishi mumkin. Ularning platadagi holati qat’iyqayd qilingan. 2.8-rasmda tizimli plataning uchta standarti uchun mahkamlash nuqtalarining sxematik rejasi ko‘rsatilgan. Tizimli plata yig‘ish shassisiga uning yuzasidan taxminan 5 mm balandlikda mahkamlanadi. Metall vtulkalar yoki plastmassali moslamalar plata bilan g‘ilof o‘rtasidagi oraliqni ta’minlaydi. Platani unga o‘rnatilayotgan qurilmalarning og‘irligidan vujudga keladigan o‘zgarishni kamaytirish uchun maksimal mumkin bo‘lgan nuqtalarga mahkamlash kerak. Plata g‘ilofga shassi bilan birga o‘rnatiladi. Agar protsessor elektr ta’minoti bloki yonida joylashgan bo‘lsa, platani qiyalatib kirgizish kerak. Plata kerakli holatni egallagandan keyin ichiga o‘rnatilgan (integratsiyalashgan) qurilmalar uchun razyomlar g‘ilofning orqa tarafidagi teshiklarga mos keladi. Shundan keyin shassini vintlar yordamida mahkamlash mumkin.


48. Ona platadagi kondensatorlarni almashtirish

Protsessor va xotira qurilmasining konstruksiyasi joylashtirilishi shunday amalga oshirilganki, u butun tizimni maksimal sovutish imkonini beradi. ATX spetsifikatsiyasida g‘ilof ichida havoning bosimini kamaytirishga olib keladigan purkash kabi ishlaydigan ventilator Afzal ko‘rilgan. Ko‘pchilik ishlab chiqaruvchilar ATX ta’minot blokini tizimdan havoni so‘rib oluvchi ventilator bilan birgalikda ishlab chiqaradilar, ya’ni manfiy bosimli konstruksiyani taklif qiladilar.




Download 44,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish