1. Shaxsiy kompyuterlarning dasturli ta‘minoti


Ommabop mikroprotsessorlar bilan tanishish



Download 44,75 Kb.
bet2/3
Sana06.12.2019
Hajmi44,75 Kb.
#28672
1   2   3
Bog'liq
Kompyuter ta'minoti


10. Ommabop mikroprotsessorlar bilan tanishish.

1971 yilning noyabr oyida Intel korporatsiyasi o‘zining uch nafar muhandisi tomonidan ishlab chiqilgan va tijorat maqsadlarida tarqatish uchun mo‘ljallangan dunyoda eng birinchi 4004 rusumli mikroprotsessor yaratganini e’lon qildi. Bugungi standartlarga ko‘ra juda sodda sanaladigan ushbu mikroprotsessor tarkibida atigi 2300 ta tranzistor bo‘lib, soniyada bor-yo‘g‘i 60 000 ta hisoblash operatsiyalarini bajargan xolos.

Bugungi mikroprotsessorlar ommaviy ishlab chiqarilayotgan juda murakkab mahsulot bo‘lib, o‘z ichiga 5,5 milliondan ortiq tranzistorni mujassam etadi, soniyada yuzlab million operatsiyalar bajaradi. Bu borada olib borilayotgan tadqiqotlar esa tobora jadal kechmoqda. Intel firmasining asosiy yutuqlaridan biri Pentium rusumli protsessor yaratilishi bo‘ldi. Bu ish 1989 yil iyun oyida boshlandi. Pentium ni ishlab chiqish va sinab ko‘rish ishlarida shaxsiy kompyuterlarni ishlab chiqadigan va dasturiy ta’minot tuzadigan asosiy mutaxassislar faol ishtirok etishdi. Bu esa, o‘z navbatida, loyihaning umumiy muvaffaqiyatiga sezilarli omil bo‘ldi.

1991 yil intihosida protsessor maketi tayyor bo‘lib, unda muhandislar dasturiy ta’minotni ishga tushirishga muvaffaq bo‘ldilar. Loyiha ishlari asosan 1992 yilning fevral oyida nihoyasiga yetkazilib, protsessorlarning tajriba uchun yaratilgan partiyasi keng qamrovli sinovdan o‘tkazila boshlandi. Pentium sanoatini o‘zlashtirish yuzasidan qaror 1992 yilning aprel oyida qabul qilinib, 1993 yil 22 mart kuni Pentium protsessorining keng qamrovli taqdimoti o‘tkazildi.


11. Tezkor xotira. Xotira turlari bilan tanishish

Xotira-ma’lumot va dasturlarni saqlash uchun xizmat qiladi va quyidagilarga bo’linadi:

1.Operativ xotira 2. Kesh xotira 3. BIOS xotira 4.CMOS(yarim doimiy xotira) 5. Video xotira

Tezkor hotira boshqaruv hotirasiningsignallariorqali ishlaydi va ular orasidagi ba’zi signallarning uzilishini tinimsiz ushlab turadi. Bu signallar hotira modulidagi buyruqlarni bajarishga ulgurishi va keyingilariga tayorgarlik ko’radi. Ushbu uzilishlar “Tayming” lar deb nomlanadi va odatda qattiq disk xotirasini o’lchaydi. Bu “Tayming” lar orasida CAS# Latency (tCL), RAS# toCAS# delay (tRCD), RAS# Precharge (tRP) va Active to Precharge Delay (tRAS) lar ko’p ahamiyatga egadirlar. 


BIOS ni sozlash jarayonida barcha kerakli o’lchamlar xotiraga avtomatik ravishda joylashadi. Har bir modulda maxsus SPD (Serial Presence Detect) deb nomlangan kodli chiplar bor va ular og’ir topshiriqlarni modullarga yozib boradi. Tezkor xotirani jo’natish uchun avtomatik sozlanmalarni o’chirish kerak bo’ladi va barchasini qo’l sozlanmalariga ogirish kerak, barcha sozlanmalarni o’tkazgandan keyin protsessorning chastotasini oshirmaslik kerak, aksincha uni tushirish kerak. Kiritilgan parametrlar tezkor xotira sozlanmalari sistema platasidagi har xil modullardan ancha farq qilishi mumkin, hattoki bitta chipda ishlatilgan bo’lsada. Ko’plab platada jo’natish uchun tezkor xotiraning chastotasini va tayminglarni o’zgartirishi mumkin (rasm 1). Tezkor xotiraning o’lchamlari sozlash jarayonida jo’natilishi mumkin va Advanced Chipset Features yoki Advanced bo’limlarda bo’ladi.

Tezkor xotira kompyuterning muhim qismi bolib, protsessor undan amallarni bajarish uchun programma, berilganlarni oladi va amalni bajarib, natijani yana unda saqlaydi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, kompyuter ochirilsa, tezkor xotirada saqlanayotgan programmalar va berilganlar yoq bolib ketadi. Shuning uchun ularni qattiq diskda yoki disklarda saqlab qolish kerak. Kompyuter ishlab turganda elektr tokini ogohlantirmasdan ochirish, umuman aytganda, katta zarar keltirishi mumkin. Barcha turdagi xotiralar uchun muhim tushuncha uning hajmidir. Kompyuterlarda ma’lumot birligining eng kichik olchovi sifatida bayt qabul qilingan bolib, 1 bayt 8 bit (ikkilik raqam)ga teng.

Kesh xotira. Kesh xotira kompyuterning ishlash tezligini oshirish uchun ishlatiladi. U tezkor xotira va mikroprotsessor orasida joylashgan bolib, uning yordamida amallar bajarish tezkor xotira orqali bajariladigan amallardan ancha tez bajariladi. Shuning uchun kompyuter xotiraning koproq ishlatiladigan qismi nusxasini kesh xotirada saqlab turadi. Mikroprotsessorning xotiraga murojaatida, avvalo, kerakli programma va berilganlar kesh xotirada qidiriladi. Berilganlarni kesh xotirada qidirish vaqti tezkor xotiradagiga nisbatan ancha kam bolgani uchun kesh xotira bilan ishlash vaqti ancha kam boladi.

Videoxotira. Videoxotira monitor ekraniga video ma’lumotlarni (videotasvirlarni) saqlab turish uchun ishlatiladi. Shuni aytish lozimki, videotasvirlar (ayniqsa rangli) kompyuter xotirasida kop joy egallaydi. Shuning uchun video xotira hajmi qancha katta bolsa, shuncha yaxshi albatta.


13. Kompyuterni qismlarga ajratish. Tizimli blok qismlari bilan tanishish. Kompyuterga qo’shimcha yangi texnik qurilmalarni ulash

Tizim platasi (motherboard) - qurilmalami va hisoblashlami boshqaruvchi asosiy qurilma bo'lib, unga mikroprotsessor, tezkor va kesh xotira, mikrosxemalari, kontroller va turli adapter, elektrosxemalar o'matiladi. Tizim platasi asosan quyidagi qurilmalardan tashkil topadi. Mikroprotsessor - kompyutemi boshqarish va barcha hisob ishlari, buyruqlami bajarilishini ta ’minlaydi. Mikroprotsessor turli amallami tez bajarish qobiliyatiga ega. Uning tezligi sekundiga 100 million amalga va undan ortiq boiish i mumkin. Uning tezligi megagerslarda hisoblanadi va protsessor nomidan keyin yoziladi. Masalan, Pentium 700. Tezkor xotira - protsessor uchun zarur bo'lgan dasturlar va ma’lumotlarni saqlaydi. Kompyuter o'chirilishi bilan tezkor xotiradagi ma’lumotlar o'chiriladi. Qattiq disk (doimiy xotira - hard disk drive) - dastur va ma’lumotlami doimo saqlaydi. U ba’zan ≪vinchester≫ deb ham nomlanadi. Vinchester nomi birinchi yaratilgan qattiq disk nomidan kelib chiqqan (1973-yilda IBM firmasi tomonidan yaratilgan qattiq disk nomi ≪30/30≫ bo'lgan va bu mashhur Winchester miltig'ining kalibrga o'xshar edi). Ular hajm va ishlash tezligi bilan farqlanadi. Qattiq diskdagi dastur va ma’lumotlar esa o'chirilmaydi. Kesh xotira - kompyuter tomonidan dasturlar ishlash jarayonida ko ‘p ishlatilgan ma’lumotlami saqlash uchun foydalaniladi. Bu xotira tezkor va doimiy xotira o'rtasida joylashadi. Kontroller (adapterlar) - ular har xil tashqi qurilmalar ishini ta’minlaydi. Ishlash holatlari bilan farqlanadi (video platasi, tovush platasi, tarmoq platasi va ...). Disk yurituvchilar - bu egiluvchan va kompakt disklardagi ma’lumotlarni o'qish va yozish ishlarni bajaradigan qurilma. Kiritish-chiqarish porti orqali mikroprotsessor bilan ma ’lumot almashinadi. Ichki qurilmalar bilan ma’lumot almashinuv uchun maxsus portlar hamda umumiy poitlar mavjud. Umumiy portlar 2 xil bo'ladi: parallel (LPT1. LPT4) va ketma-ket (C0M1, ...,COM3). Parallel portlar kiritishchiqarishni ketma-ket portga nisbatan tezroq bajaradi. Har bir poll o'zining shaxsiy manziliga va raqamiga ega bo'lib, ulaming umumiy soni 65536 taga yetadi. BIOS (Basic input output system) - o ‘z tarkibidagi bir marta yozib qoldirilgan ma’lumotlar majmuasini saqlab turuvchi va alohida mikrosxema hisoblangan xotira turi hisoblanadi. Odatda, bu xotiradagi ma’lumotlami uni ishlab chiquvchi korxona (firma) yozib qoldiradi. Bu ma’lumotlar kompyuter elektr manbadan o'chirilgan holda ham saqlanadi va alohida mikroakkumlyatorli batareyalardan oziqlanadi. Bu xotira turi faqat ma’lumotlami o'qish rejimida ishlaydi. Shuning uchun bunday xotirada kompyuteming qurilmalarini tekshiruvchi test dastiirlar, operatsion tizimlaming yuklovchi dastur modullari saqlanadi.


14. Ona plata bilan tanishish, uning turini, imkoniyatlarini aniqlash

Kompyuterlarning ona plata arxitekturasi funksional jihatdan boyitilib va asosiy protsessorning unumdorligi oshishi bilan doimiy ravishda mukammallashtirib boriladi. Bu uning eng muhim qismi, kompyuterning yuragi bo‘lib, uning elektron tarkibiy qismini tashkil qiladi. U yoki bu ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan standartlashtirilgan ona plata modeli unda qo‘llanilgan mikrosxemalar to‘plami va elementlarning joylashish topologiyasi bilan belgilanadi. Standartlashtirilgan g‘ilof shakliga qarab, o‘lchami bo‘yicha turli ona platalar ishlab chiqariladi. Shaxsiy kompyuterlar uchun eng keng tarqalgan ona plata formatlari AT, ATX (305×244 mm o‘lchamli), mikro ATX (244×244 mm) va FlexATX (229×191 mm). Zamonaviy ona platalarning asosini tashkil etuvchilari, uning g‘ilofiga joylashtirilgan bo‘ladi: protsessor razyomlari, kengaytirish slotlari bilan magistral liniyalari, apparat xotira modullarining razyomlari, chipset mikrosxemalari uchun razyomlar. Bu konstruktiv elementlar yuqori darajali birlashtirish bilan apparat pog‘onasidagi asosiy elektron tashkil etuvchilarni birlashtiradi. Ko‘pincha ona platalarda audio va video vositalarning elektron tashkil etuvchilari joylashtiriladi. Tashqi qurilmalarning tizimli blokka ulanishi, razyomlari tizimli blokning old yoki orqa panellarga joylashtirilgan, tashqi interfeys vositalari yordamida tashkil qilinadi. Masalan, sichqoncha ko‘rinishidagi boshqaruv qurilmasini ulash uchun COM-port, bosmaga chiqarish qurilmasi uchun LPT-port ishlatiladi. Hozirgi kunda o‘nlab firmalar tuzilishi, ular tomonidan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan protsessor turlari va ularning taktlash chastotalari hamda ishchi kuchlanishlarning kattaliklari bilan farqlanuvchi, turli xil tizimli bloklarni katta miqdorda ishlab chiqarmoqdalar. Tizimli platalar har xil turdagi tizimli, lokal va tashqi shinalarning interfeyslarini quvvatlaydi. SHK ning ishlash samaradorligi qo‘llanuvchi shinalar tarkibiga va bu shinalar uchun mo‘ljallangan platadagi mavjud slotlar miqdoriga bog‘liqdir.



15. Integral sxemalar haqida tushuncha, ona plataga o’rnatilgan o’rnatilgan chiplar, mikroelektron vositalar va qurilmalarning tuzulish prinsipi

Qo’shimcha integral mikrosxemalar. ShK ning tizimli shinasiga va MPga tipik tashqi qurilmalar bilan bir qatorda ba'zi bir qo’shimcha integral mikrosxemalar ulangan bo’lishi mumkin; ular mikroprosessorning ish imkoniyatlarini kengaytiradi va yaxshilaydi: matematik soprotsessor, xotiraga bevosita murojaat qilish nazoratchisi, kiritish-chiqarish soprotsessor, uzilishlar nazoratchisi va boshqalar.Matematik soprotsessor qayd qilingan va ko’chib yuradigan nuqtali ikkilik sonlar ustida, ikkilik kodlangan o’nlik sonlar ustida amallar bajarishni tezlashtirish uchun, ba'zi bir transtsendent, shu jumladan trigonometrik funktsiyalarni hisoblash uchun keng ishlatiladi. Matematik soprotsessor o’zining buyruqlar tizimiga ega va asosiy MP bilan parallel (vaqt bo’yicha kelishilgan holda), lekin MP boshqaruvi ostida ishlaydi. Amallarni bir necha o’n martalab tezlashtiradi. MP ning oxirgi modellari, 80486 DX MP dan boshlab, soprotsessorni o’z strukturasi ichiga olgan

Integral elektron (integral elektron) elektron uskuna yoki komponent. Muayyan jarayonlar yordamida transistor bir elektron, rezistorlar, kondansatörler va induktorlar va boshqa komponentlar va kabellararo bog'lanish uchun zarur bo'lgan kichik bir parcha yoki bir nechta kichik yarim Supero'tkazuvchilar gofret yoki dielektrik substratda ishlab chiqarilgan, so'ngra qobiq ichiga joylashtirilgan, Mikro tuzilmaning barcha tarkibiy qismlarini mikro-miniatizatsiyaga, past kuch-quvvatga, aql-idrok va katta qadamning yuqori ishonchliligini ta'minlash uchun mikrokompyuterning kerakli elektron funksiyasi. Bu tumanda "IC" harflari bilan ifodalanadi.

1950 va 60-yillarning oxirlarida ishlab chiqarilgan yangi yarimo'tkazgichli qurilma. Bu oksidlanish, litografiya, diffuziya, epitaksi, alyuminiy va boshqa yarimo'tkazgichli ishlab chiqarish jarayonlari, yarimo'tkazgich, qarshilik, va boshqa komponentlar va ularning ulash simlari kichik silikon qismlarga birlashtiriladi va keyin payvandlash elektron qurilmalar qobig'iga kiritiladi. Paket qobig'ida dumaloq qobiq turi, tekislik turi yoki ikki qatorli to'g'ridan-to'g'ri plastinka turi va shunga o'xshash shakllar mavjud. Texnologik uskunalarni, texnologiyani qayta ishlash, qadoqlash sinovlari, ommaviy ishlab chiqarish va loyihalashning innovatsion qobiliyatlarini o'zida aks ettirgan chip ishlab chiqarish texnologiyasi va dizayn texnologiyasini o'z ichiga olgan o'rnatilgan elektron texnologiyasi.


21. Xotira va uning turlari. Kesh xotira, xotira ierarxiyasi

Xotira-ma’lumot va dasturlarni saqlash uchun xizmat qiladi va quyidagilarga bo’linadi:

1.Operativ xotira 2. Kesh xotira 3. BIOS xotira 4.CMOS(yarim doimiy xotira) 5. Video xotira

Kesh xotira. Kesh xotira kompyuterning ishlash tezligini oshirish uchun ishlatiladi. U tezkor xotira va mikroprotsessor orasida joylashgan bolib, uning yordamida amallar bajarish tezkor xotira orqali bajariladigan amallardan ancha tez bajariladi. Shuning uchun kompyuter xotiraning koproq ishlatiladigan qismi nusxasini kesh xotirada saqlab turadi. Mikroprotsessorning xotiraga murojaatida, avvalo, kerakli programma va berilganlar kesh xotirada qidiriladi. Berilganlarni kesh xotirada qidirish vaqti tezkor xotiradagiga nisbatan ancha kam bolgani uchun kesh xotira bilan ishlash vaqti ancha kam boladi.


22. Umumiy foydalanuvchiga mo’ljallangan registrlar

Ichki registrlar (protsessorli xotira) mashinaning yaqin oradagi ish taktlarida bevosita qo‘llaniladigan axborotni qisqa muddatli saqlash, yozish va uzatish uchun mo‘ljallangan. U mashinaning yuqori tezkorligini ta’minlash uchun registrlar asosida quriladi, chunki asosiy xotira har doim ham tezkor mikroprotsessorning samarali ishlashi uchun axborotni zarur bo‘lgan yozish, izlash va o‘qish tezligini ta’minlab bera olmaydi. Registrlar – xotiraning turli uzunlikdagi tez ishlovchi yacheykalaridir (umumiy xotira yacheykalaridan farqli ravishda 1 bayt standart uzunlikka va nisbatan past tezlikka ega). Unda ko‘pincha kerakli konstantlar saqlanadi, ba’zi protsessorlarda ichki registrlar turli xil manzillashlarni amalga oshirish uchun qo‘llaniladi.


23. Windows operatsion tizimini kompyuterga o’rnatish

Kompyuterdan to‘liq foydalanishdan oldin, unga operatsion tizim o‘rnatilishi kerak bo‘ladi. Operatsion tizimni bir marta o‘rnatib, uning qurilmalari haqida o‘ylamasdan va qo‘shimcha o‘rnatish va qayta o‘rnatishlar bilan shug‘ullanmasdan, unda yillab ishlash istagi hammada bor. Lekin afsuski Windows tizimi kamchiliklardan holi emas. Windows tizimidan o‘rtacha foydalanish muddati – tizimni keyingi

qayta o‘rnatishgacha bo‘lgan vaqt taxminan bir yilni tashkil qiladi. Shuning uchun operatsion tizimni o‘rnatish yoki qayta o‘rnatishni bilish barcha foydalanuvchilar uchun kerak bo‘ladi.

Operatsion tizimni o‘rnatish usullari. Yangi kompyuterga operatsion tizimni «toza» qattiq diskka o‘rnatiladi. Quyida operatsion tizimni o‘rnatishning umumiylashtirilgan usullari keltirilgan.

«Toza» qattiq diskka o‘rnatish. Bu usuldan yangi kompyuterga o‘rnatish uchun yoki oldin to‘plangan ma’lumotlarni yo‘qotish bilan tizimni qaytadan o‘rnatish uchun foydalaniladi. Bu operatsiyani bajarishda yuklovchi disk talab etiladi.

Mavjud bo‘lgan Windows operatsion tizimi ustidan o‘rnatish. Bu turdagi o‘rnatish mavjud bo‘lgan ilovalarning ishlash xususiyatini saqlab qolish bilan tizimning yangilanishini ifodalaydi. Bu kompyuterni «tozalash» nomaqbul yoki sermashaqqat jarayon bo‘lganda optimal variant bo‘lib hisoblanadi. Bugungi kunda Windows oilasiga ko‘plab operatsion tizim va ularning turlari kiradi. Shu sababli tizimni bunday o‘rnatish har doim ham mumkin emas. Ba’zida bunday o‘rnatishni bajarish uchun qo‘shimcha shartlarga rioya qilish talab qilinadi.

Operatsion tizimni xuddi shu versiyasi ustiga o‘rnatish. Bu usul qiyin topiladigan xatolarni to‘g‘rilash va ishlash barqarorligini oshirish uchun xizmat qiladi. Bunday o‘rnatish davomida tizimli fayllarni va operatsion tizimning ichki aloqasini qayta tiklash mumkin. Ilovalarning ishlash xususiyati saqlanadi,

muammolar yo‘q bo‘ladi. Windows operatsion tizimini o‘rnatish jarayoni har qanday usulda ham deyarli bir xil. Birinchi bosqich – o‘rnatish ustasini (master ustanovki) tayyorlash va ishga tushirish. Bunda foydalanuvchi qatnashmaydi va joriy operatsion muhitning doirasida amalga oshiriladi.


24. Kompyuterga qo’shimcha yangi qurilmalarni ulash

Kompyuterga qo’shimcha qurilamalar portlar orqali ulanadi. Tashqi qurilmalarni ulash uchun kiritish/chiqarish kontrollerlarining ketma-ket va parallel portlari ishlatiladi, odatda, ularning razyomlari kompyuterning orqa panelida joylashtirilgan. Portlar ma’lumotlarni bir yo‘nalishda uzatishni (simpleks ish tartibi),

yo‘nalishlarni qayta ulashni (yarim dupleks ish tartibi) va har ikkala yo‘nalishlarda (dupleks ish tartibi) ma’lumotlarni uzatish ish tartiblarida ishlashi mumkin. Abonentlarning ulanish topologiyasi ikki nuqtali (RS-232S interfeys uchun) yoki tarmoqlangan (VSB yoki Fire Wire) bo‘lishi mumkin. Portlar parallel va ketma-ket turlarga bo‘linadi. Parallel port printer, skaner yoki tashqi jamlagichni ulash uchun ishlatiladi. Tashqi qurilmani parallel portga ulash maxsus kabel orqali amalga oshiriladi, u bir necha bitlarni bir vaqtda uzatilishini ta’minlaydi, binobarin, har bir bitni uzatish o‘zining liniyasi bo‘yicha amalga

oshiriladi. ShKning parallel port orqali axborot almashinuvi ish tartibi IEEE 1284 standarti orqali amalga oshiriladi. LPT-port (Line Prin Ter) standart parallel port hisoblanadi. Odatda, port bilan ulanish Centronics standartidagi 25 chiqishli razyom orqali amalga oshiriladi, razyom kontaktlarining taqsimlanishi, signallarning vazifalari, interfeysni boshqarishning dasturiy vositalari har xil turdagi printerlarni, skanerlarni,

diskyurituvchilarni ulashga mo‘ljallanadi. Standart bo‘yicha ulanish kabelining maksimal uzunligi 1,8 metrni,

maksimal almashuv tezligi 100 Kbayt/s ni tashkil qiladi. RS-232C ketma-ket port (Communication port) sichqoncha, tashqi modem, printer kabi qurilmalarni kompyuterga ulash, shuningdek, kompyuterlar orasida bog‘lanish uchun ishlatiladi. RS-232C turdagi ketma-ket portning ishlatilishining Centronics portiga nisbatan asosiy afzalliklari shaxsiy kompyuterdan tashqi qurilmaga axborotlarni 15 metr masofagacha uzatish imkoniyati hisoblanadi. Ma’lumotlar ketma-ketlikdagi baytli paketlar tarzida bit ketidan bit bilan uzatiladi. Har bir bayt boshlang‘ich va to‘xtash bitlari bilan uzatiladi, ma’lumotlar dupleks ish tartibida uzatiladi, uzatish tezligi 115 Kbit/s ni tashkil etadi. USB (Universal Serial Bus) bu universal ketma-ket portdir.

U 1995-yilda ishlab chiqarilgan bo‘lib, eskirgan RS-232 (COM-port) va IEEE 1284 (LPT-port) parallel interfeyslarni almashtirishga, ya’ni ketma-ket va parallel klaviatura va «sichqoncha» portlarini almashtirish uchun ishlab chiqilgan, barcha qurilmalar Plug and Play texnologiyasining osonligi bilan ko‘p sonli qurilmalarning o‘rnatilishiga ruxsat beradigan bitta razyomga ulanadi.
25.Kom\ga asosiy va qo’shimcha qurilmalarni ulash va ularning xarakteristikalari bilan tanishish
Shaxsiy kompyuter quyidagi asosiy qurilmalardan tashkil topadi: tizimli blok, monitor, klaviatura va sichqoncha.

Tzimli blok-asosiy platani va unga ulanadigan qurilmalarni o’zida jamlab turuvchi sistema bloki.Klaviatura-ma’lumotlarni kompyuterga kiritishga yordam beruvchi qurilma.Monitor-kompyuterdagi ma’lumotlarni ekranda aks ettirib beradi.Sichqoncha-kompyuterdagi bajaradigan ishlarga yordam beruvchi qurilma.

SHKning imkoniyatini oshirish maqsadida turli qurilmalar ishlab chiqarildi va ular SHKning qo'shim cha qurilmalari deb nomlandi. Ular
qatoriga:
Printer — kompyuterdagi m a’lumotlarni qog'ozga chop qilish qurilmasi. Disk (axborot tashuvchi qurilma) - axborotlami ko'chirish, saqlash, tarqatish va tashish uchun ishlatiladigan qurilma. Plotter - chizmalarni qog'ozga chiqaruvchi qurilma. Skaner - kompyuterga matnli yoki tasvirli m a’lumotni kirituvchi qurilma. Tarmoq adapteri - kompyutemi mahalliy tarmoqqa ulash imkonini beruvchi qurilma. Audio-video ad ap ter - kompyuter yordamida musiqa ijro etilishini va turli videoroliklarni ko'rishni ta’minlovchi qurilma. Modem - telefon tarmog'i orqali boshqa kompyuter bilan ma’lumot almashuvini ta ’minlovchi qurilma. Multimedia qurilmalari - kompyuter yordamida tovushli va video tasvirlami ko’rish imkoniyatini yaratib beruvchi qurilmalar.

26.Kompyuter tizimli blokini qisimlarga ajratish.

Kompyuter tizimli blokini qisimlarga ajratish deganda biz tizimli blokini ichidagi barcha qurilmalarni ajratish tushiniladi.Tizimli bloki ichidagi qurilmalariga quyidagilar kiradi:Ona plata,qattiq disk,operativ hotira,video karta,elektir ta’minoti bloki(blokpitaniya),disk yurtuvchi(DVD/ROM yokiCD/ROM),mikroprotsessor,sovutish tizimi(kuller), tizimli blokining old USB portlar,POWER va RESET tugmalari kiradi.


27. Kompyuter tizimli blokiga texnik hizmat ko’rsatish.

Kompyuter tizimli blokiga texnik hizmat ko’rsatish deganda biz tizimli blokidagi barcha qurilmalarga texnik hizmat ko’rsatish tushiniladi.Biz tizimli blokidagi qurilmalarga texnik hizmat ko’rsatishimizdan maqsad tizimli blokidagi qurilmalarga brogan sari chang yig’iladi va qurilmalarni ishlashiga o’z ta’sirini ko’rsatadi.Bizga quyidagi texnik qurilmalar kerak bo’ladi:siqilgan havo balonchasi,qurilmalarni moylash uchun moy,atvyorka,termopasta,payatnik kerak bo’ladi.

Biz tizimli blokidagi qurilmalarni yechib olamiz va qurilmalardagi changlarni siqilgan havo balonchasi yordamida tozalaymiz.Sovutish tizimidagi changlar tozalanadi va parraklari moylanadi.Moylashdan maqsad parrak ishlagani sari parrakdagi valga chang yig’iladi va parrakni aylanishini sekinlashtiradi.Mikroprotsessorning ustidagi eski temopasta tozalanadi va o’rniga boshqa termopasta surtib qo’yiladi va radiator va kuller mikroprotsessor ustiga qotiriladi.Elektr ta’minoti blokidagi changlar ham siqilgan havo balonchasi yordamida tozalanadi va kulleri moylab qo’yiladi.
29.Ona plataga yangi haritani o’rnatish.

Ona plataga yangi haritani o’rnatish deganda biz unga boshqa qo’shimca qurilmalarni o’rnatish tushiniladi. Ona plataga yangi qurimalarni o’rnatganimizdan so’ng albatta bu qurilmani drayvarini o’rnatishimiz kerak bo’ladi.Ba’za hollarda qurilmalarni drayverini o’rnatmasak qurilmamiz ishlamasligi ham mumkin.Biz Ona plataga yangi haritani o’rnatishimizdan maqsad kompyuterimizni ishlashini tezlashtirish uchun o’rnatiladi.Bu qurilkmalarga operativ hotira,video karta kiradi.Operativ va video kartani iloji boricha hotirasi kattaroq bo’lgan turini olganimiz maqsadga muofiq bo’ladi.Operativ va video kartalar asosan 250 Mbaytdan boshlanadi va bu hotira hozirgi kunda Terra baytgacha ishlab chiqarilmoqda.Qo’shimcha qurilmalar ona plataning orqa PCI portlariga ulanadi.qo’shimcha qurilmalar asosan USB portlariga ulanadi.


30.BIOSni ishga tushirish va BIOS sozlamarini sozlash.

BIOSni ishga tushirish va BIOS sozlamarini sozlash uchun biz kompyuterga Windows operatsion tizimini o’rnatayotganimizda BIOS ni ishga tushiramiz va BIOS sozlamari amalga oshiriladi.Operatsion tizim o’rnatayotganimizda biz F2 klavishi bosiladi va BIOS sozlamalariga kiriladi va biz Boot bo’limiga o’tamiz va u yerdan .Operatsion tizim o’rnatish uchun kerakli sozlamalar qilinadi.Bundan tashqari BIOS sozlamari va qurilmalarning ba’zi sozlamalarining sozlamari ham mavjud.Biz asosan operatsion tizim o’rnatayotganimizda BIOS ning Boot bo’limidan foydalanamiz.BIOS da kerakli sozlamalarni bajarib bo’lganimizdan so’ng F10 klavishi bosiladi hosil bo’lgan oynadan Yes buyrug’i tanlanadi va BIOS dan chiqiladi.


31.Ona plataga yangi o’rnatilgan haritani ishini BIOS orqali boshqarish.

Operatsion tizim o’rnatayotganimizda biz F2 klavishi bosiladi va BIOS sozlamalariga kiriladi va biz Boot bo’limiga o’tamiz va u yerdan Kompyuterlarda ma’lumotlar unga avvaldan joylashtirilgan doimiy xotira (BIOS-Basic Input Output System – kiritish-chiqarishning asosiy tizimi) mavjud. Bunday xotiradan faqat o‘qish mumkin. Shuning uchun ham u ROM (Read Only Memory – faqat o‘qish uchun) deb ataladi. IBM PC kompyuterlarda bu xotira kompyuter jihozlarini ishlashini tekshirish, amaliyot tizimini boshlang‘ich yuklanishini ta’minlash, qurilmalarga xizmat ko‘rsatishning asosiy funksiyalarini bajarish uchun ishlatiladi.


32.Mikroprotsessorlarning ishlash va faoliyat ko’rsatish imkonyatlari.

Mikroprotsessorlar yoki markaziy protsessorlar shaxsiy kompyuterlarning “miyasini” tashkil qiladi. Tezlik — bu protsessorning hususiyatlaridan biri bo‘lib, uni ko‘p hollarda turlicha talqin qilinadi. Ushbu bo‘limda, umuman, protsessorlarning tezligi va, hususan, Intel protsessorlari xaqida ma’lumot olasiz. Ko‘pincha, kompyuterning tezligi, odatda, megagerslarda o‘lchanuvchi takt chastotasiga bog‘liq bo‘ladi. U uncha katta bo‘lmagan qalaydan yasalgan konteynerida joylashgan, kvars kristali bo‘lgan, kvars rezonatorining parametrlari orqali aniqlanadi. Elektr kuchlanishi natijasida kvars kristalida, kristalning shakli va o‘lchami orqali aniqlanuvchi chastotali elektr tokining tebranishlari hosil bo‘ladi. Shu o‘zgaruvchi tokning chastotasini takt chastotasi deb ataladi. Oddiy kompyuterning mikrosxemalari bir nechta million gerslar chastotasida ishlayd (Gers, bu-sekundiga bir tebranish). Tezlik megagerslarda, ya’ni sekundiga million siklda o‘lchanadi. Buyruqlarining bajarilishiga ketadigan vaqt ham o‘zgaruvchandir. 8086 va 8088 protsessorlarida bitta buyruqning bajarilishiga 12 takt chamasida ketadi. 286 va 386 protsessorlarida bu ko‘rsatgich bitta operatsiyaga o‘rtacha 4,5 takt atrofida,486 da esa 2 taktgacha kamayadi.


Download 44,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish