1. Shaxs haqida tushuncha. Shaxsning tuzilishi. Shaxsning ustanovkalari va muhim oriyentasiyalari. Shaxsning o’z o’ziga bahosi



Download 22,44 Kb.
bet5/5
Sana28.02.2022
Hajmi22,44 Kb.
#474222
1   2   3   4   5
Bog'liq
psihologiya mus ish

6.Shaxs va uning faolligi.
Jamiyat bilan doimiy munosabatni ushlab turuvchi, o’z-o’zini anglab, har bir harakatini muvofiqlashtiruvchi shaxsga xos bo’lgan eng muhim va umumiy xususiyat — bu uning faolligidir. Faollik (lotincha «actus» — harakat, «activus» — faol so’zlaridan kelib chiqqan tushuncha) shaxsning hayotdagi barcha hatti-harakatlarini namoyon etishini tushuntiruvchi kategoriyadir. Bu — o’sha oddiy qo’limizga qalam olib, biror chiziqcha tortish bilan bog’liq elementar harakatimizdan tortib, toki ijodiy uyg’onish paytlarimizda amalga oshiradigan mavhum fikrlashimizgacha bo’lgan murakkab harakatlarga aloqador ishlarimizni tushuntirib beradi. Shuning uchun ham psixologiyada shaxs, uning ongi va o’z-o’zini anglashi muammolari uning faolligi, u yoki bu faoliyat turlarida ishtiroki va uni uddalashi aloqador sifatlari orqali bayon etiladi.
Fanda inson faolligining asosan ikki turi farqlanadi: A. Tashqi faollik — bu tashqaridan va o’z ichki istak-xohishlarimiz ta’sirida bevosita ko’rish, qayd qilish mumkin bo’lgan harakatlarimiz, mushaklarimizning harakatlari orqali namoyon bo’ladigan faollik.
B. Ichki faollik — bu bir tomondan u yoki bu faoliyatni bajarish mobaynidagi fiziologik jarayonlar (moddalar almashinuvi, qon aylanish, nafas olish, bosim o’zgarishlari) hamda, ikkinchi tomondan, bevosita psixik jarayonlar, ya’ni aslida ko’rinmaydigan, lekin faoliyat kechishiga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni o’z ichiga oladi.
Misol tariqasida hayotdan shunday manzarani tasavvur qilaylik: uzoq ayriliqdan so’ng ona o’z farzandi visoliga yetdi. Tashqi faollikni biz onaning bolasiga intilishi, uni quchoqlashi, yuzlarini siylashi, ko’zlaridan oqqan sevinch yoshlarida ko’rsak, ichki faollik — o’sha ko’z yoshlarini keltirib chiqargan fiziologik jarayonlar, ichki sog’inchning asl sabablari (ayriliq muddati, nochorlik tufayli ayriliq kabi yashirin motivlar ta’siri), ko’rib idrok qilgandagi o’zaro bir-birlariga intilishni ta’minlovchi ichki, bir qarashda ko’z bilan ilg’ab bo’lmaydigan emosional holatlarda namoyon bo’ladi. Lekin shu manzarani bevosita guvohi bo’lsak ham, uni ifodalagan rasmni ko’rsak ham, taxminan qanday jarayonlar kechayotganligini tasavvur qilishimiz mumkin.
Demak, ikkala turli faollik ham shaxsiy tajriba va rivojlanishning asosini tashkil etadi. Bir qarashda har bir konkret shaxsga va uning ehtiyojlariga bog’liq bo’lib tuyulgan bunday faollik turlari aslida ijtimoiy xarakterga ega bo’lib, shaxsning jamiyat bilan bo’ladigan murakkab va o’zaro munosabatlarining oqibati hisoblanadi.


XULOSA
Shaxs ijtimoiy munosabatlar sistemasining, ijtimoiy hayotning ko’p qirrali, murakkab zvenosidir. U bir tomondan ijtimoiy–tarixiy taraqqiyotning mahsuli bo’lsa, ikkinchi tomondan ijtimoiy taraqqiyotni ta’min etuvchidir.
Biz psixologiyani o’rganar ekanmiz, individ, shaxs, individuallik tushunchalarini bir-biridan farq qilishmiz kerak. Odamning inson jinsiga mansubligi inivid tushunchasi bilan ifodalanadi. Biz katta yoshdagi normal odamni ham, chaqalokni ham, tilni va oddiy malakalarni o’zlashtira olmaydigan telbalarni ham individ deb atay olamiz. Biroq bulardan faqat birinchisigina shaxs, ijtimoiy mavjudot hisoblanadi. Ijtimoiy munosabatlarga kirishuvchi va ijtimoiy taraqqiyotda faol ishtirok etuvchi odamgina shaxs deb ataladi. Individ sifatida dunyoga kelgan odam keyinchalik shaxsga aylanadi.
Shaxs jamiyat a’zosidir. u ommaning sinfning ajralmas qismidir. U omma bilan harakatlanib tarixni yaratadi. Shaxs ijtimoiy boyliklar yaratuvchidir.
Shaxsning shaxs bo’lishligi uchun u faollikka ham ega bo’lishi kerak.
Chunki faoliyatdagi faollik shaxsning muhim belgisidir. Faollik hamisha yaxshi yashashga yo’naltirilgan bo’ladi. Kishi yaxshi yashashi uchun, jamiyatni rivojlantirish uchun ataylab faollik ko’rsatadi.
Shaxs tushunchasi qadimdan mavjud bo’lib, u dastlab aktyor niqobi, keyinchalik esa aktyor ma’nosini anglatgan. Chunki sahnadagi ko’rinish o’zgarishi bilan aktyor maskasi ham o’zgargan. Bundan tashqari, kishi turli sharoitda o’z qiyofasini o’zgartirishi va o’zini bir necha xil qilib ko’rsatishi ham mumkin. Kishi akter kabi turli rollarni bajarishi mumkin.
Download 22,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish