1. Sharq falsafasida inson


Inson — falsafaning bosh mavzusi



Download 1,99 Mb.
bet85/122
Sana15.08.2021
Hajmi1,99 Mb.
#148629
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   122
Bog'liq
Sharq falsafasida inson.

Inson — falsafaning bosh mavzusi. Insonning yaralishi, mohiyati va jamiyatda to`tgan o`rni falsafiy muammolar tizimida muxim o`rin tutadi. Тurli falsafiy ta’limotlarda bu masalalar turlicha talqin etib kelingan. Shunday bo`lishi tabiiy ham edi, chunki inson mohiyatan ijtimoiy-tarixiy va madaniy mavjudot sifatida har bir yangi tarixiy sharoitda o`zligini chuqurrok anglashga, insoniy mohiyatini ro`yobga chiqarishga intilaveradi.

Suqrotning «O`zligingni bil» degan xikmatli so`zi har bir tarixiy davrda yangicha ahamiyat kasb etadi. Insonda butun olam va jamiyatning mohiyati mujassamlashgandir. Ulug` mutasavvuf Abdulholik o’ijduvoniy insonni «kichik olam» deb xisoblagan. Falsafada baxs yuritiladigan barcha masalalar inson muammosiga bevosita daxldordir. Umuman olganda, insonga daxldor bo`lmasa, unga foyda keltirmasa, jamiyatning og`irini yengil qilmasa, unday fanning keragi bormikan? Shu ma’noda, inson, avvallo, o`zi uchun zarur bo`lgan fanlarni, ilmlar va bilimlar tizimini yaratgan.



Тabiat, madaniyat, siyosat, sivilizatsiya, bilish kabi masalalar inson manfaatlari va insoniy mohiyatning namoyon bo`lish shakllaridir. Ularning barchasi inson tabiati va mohiyati bilan bog`liqdir.

Falsafa insonni olamning targ`ibiy qismi sifatida o`rganadi. Inson shunday murakkab va ko`p qirrali mavjudotki, uning mohiyati yaxlit bir butunlik sifatida inson, shaxs, individ, individuallik tushunchalari orqali ifodalanadi. Bu tushunchalar bir-biriga yaqin va ma’nodosh bo`lsa ham, bir-biridan farqlanadi.

Inson — o`zida biologik, ijtimoiy va psixik xususiyatlarni mujassamlashtirgan ongli mavjudot. Insonning biologik xususiyatlariga ovqatlanish, himoyalanish, zurriyot qoldirish, sharoitga moslashish kabilar xos.

Inson boshqa mavjudotlardan sotsial xususiyatlari bilan ajralib turadi. Chunonchi, til, muomala, ramziy belgilar, bilim, ong, maxsulot ishlab chiqarish, taksimlash, iste’mol qilish, boshqarish, o`z-o`zini idora etish, badiiy ijod, axloq, nutk, tafakkur, qadriyatlar, tabu (ruxsat va ta`qiqlash) shular jumlasidandir.

Insonning psixik xususiyatlariga ruxiy kechinmalar, xayratlanish, Kam-tashvish, kayKu, iztirob chekish, zavklanish, kayfiyat kabilar kiradi.

Inson shu xususiyatlari orqali yaxlit bir tizimni tashkil etadi. U yaxlit mavjudot sifatida o`z extiyojlarini kondiradi va insoniyat davomiyligini ta’minlaydi. Insonga xos bo`lgan biologik xususiyatlarni ijtimoiy xususiyatlardan ustun qo`yish yoki psihologik xususiyatlarni burttirish uning mohiyatini bo`zib talqin etishga, bir yoklamalikka olib keladi.

Falsafa tarixida inson to`g`risidagi ta’limotlarda biologizm, sotsiologizm, psihologizm kabi yo`nalishlar vujudga kelgan. Biologizm insonning tabiiy-biologik xususiyatlariga, sotsiologizm insonning ijtimoiy xususiyatlariga, psihologizm esa, ma’naviy, ruxiy, psihologik xususiyatlariga bir yoklama yondashishga asoslangan edi.



Inson mohiyatini falsafiy jixatdan chuqurrok tahlil qilishda shaxs, individ, individuallik tushunchalarining mohiyatini bilish va ularni bir — biridan farqlash muximdir. Shaxs o`zida sotsial sifatlarni mujassamlashtirgan insonni ifoda etadi. Kishilar shaxs bo`lib tug`ilmaydi, balki jamiyatdagina shaxs bo`lib shakllanadi va rivojlanadi. Chunki insonga xos ijtimoiy sifatlar, fazilatlar avloddan-avlodga irsiy yo`l bilan utmaydi. Inson dunyoga kelgan vaqtida jamiyat, siyosiy tuzum, madaniyat, ishlab chiqarish, oila, ommaviy axborot vositalari, mafko`ra kabi ijtimoiy to`zilmalar mavjud bo`ladi.

Inson ta’lim-tarbiya, mehnat, Muloqot jarayonida ijtimoiy tajriba, bilim, turli munosabatlar, axloqiy me’yorlar, siyosiy G`oya, milliy mafko`ra kabi omillar ta’sirida yashaydi, ularni o`zlashtiradi va shu jarayonda ijtimoiylashadi, ya’ni shaxs bo`lib shakllanadi. Natijada insonda yangicha fazilat va sifatlar paydo bo`ladi. U yaratuvchan mavjudot sifatida faoliyat ko`rsata boshlaydi.

O`z-o`zini nazorat qilish, o`z-o`zini tarbiyalash, yo`qsak mas’uliyatni xis etish, G`oya uchun ko`rashish, mustaxkam e`tiqodga ega bo`lish, o`z fikr-muloxazalarini erkin bayon etish va ijtimoiy-siyosiy faollik shaxsga xos belgilardir. Shaxsning maqsad, G`oya va ideallari jamiyatdagi mavjud G`oya va mafko`ra bilan uzviy bog`liq ravishda shakllanadi. Milliy G`oya va mafko`rani amalga oshirish, ezgu ideallar yo`lida xatto hayotini kurbon qilish shaxs hayotining bosh maqsadiga aylanadi.

Shaxs mustaxkam iymon-e`tiqod, G`oya va insoniy fazilatlarga ega bo`lgan, Vatan, millat tuyg`usi bilan yashaydigan, o`zida davr xususiyatlarini ifoda etadigan insondir.

Jamiyat o`z taraqqiyoti davomida vujudga kelgan muammolarni xal etish uchun shaxsning muayyan tarixiy namunalarini yaratadi. Har bir o`zgargan tarixiy sharoitda shaxs mohiyatini va mazmunini yangicha tushunish zaruriyati vujudga keladi. Bugungi adabiyotlarda harizmatik, shuxratparastlik, tajovo`zkorlik va boshqa shakldagi shaxslar timsoli aks ettirilmokda.

O`zbekistonda bozor munosabatlariga o`tish sharoitida fozil va barkamol inson shaxsini shakllantirish dolzarb vazifalardan biri bo`lib qoldi. Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya soxasida amalga oshirilayotgan isloxotlar o`z oldiga ana shunday shaxsni shakllantirishni maqsad qilib kuydi.




Download 1,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish