«Mohiyat va hodisa» kategoriyasini olib ko`raylik. Mohiyat-o`zida aloxidalik, maxsuslik, umumiylikning mazmunini, sababini, zaruriyatini, imkoniyatini, butun, qism, sistema, struktura, element tarzida namoyon qiladi. Хodisa esa, ularning bog`lanishi, aloqadorlik va munosabatlarining namoyon bo`lishidir. Mohiyatni aloxidalik, maxsuslik, umumiylik, butun, qismga mos kelishiga qarab, turkumlashtirib o`rganish maqsadga muvofiq. Bundan tashqari, sub’ekt nazarida ahamiyatiga va funksiyasiga ko`ra, asosiy va asosiy bo`lmagan, nisbatan barqaror yoki o`zgaruvchan mohiyatlarga ajratib, ularning rivojlanishi jarayonida o`rnini almashtirib turishlarini e’tiborga olish zarur.
Narsa va hodisalarning mohiyatini bilish ularning inson extiyojlarini kondirish vazifasi va maqsadlarini konkretlashtirishdan iborat. Masalan, jamiyat ustkurmasining siyosiy elementi bo`lgan davlatning maqsadi va vazifasi, ularni amalga oshirish usul hamda vositalari mamlakat xududida yashayotgan kishilarning muayyan hayot sharoitlarini ta’minlashdan iborat bo`lib, uning mohiyatini tashkil qiladi. Shunga ko`ra, har qanday mohiyatni odamlarning manfaatlari va extiyojlariga, sivilizatsiya kelajagiga bog`lab tahlil qilgandagina, u ahamiyatga ega bo`ladi.
Narsa va hodisalarni bilish hamda o`zgartirishga inson muayyan extiyojlar asosida yondoshadi. Bu yondoshish sub’ektiv harakterga ega bo`lib, uning konkret extiyojlari va manfaatlari nuqtai nazaridan baholanadi. Masalan, chankagan kishi uchun suv uning chankoKini kondirish, fizik uchun-agregat holati, elektr tokini o`tkazishi yoki optik xususiyatlari, ximik uchun, uning N2O kimyoviy birikma sifati, tegirmonchi uchun-tegirmon parragini aylantirish xususiyatlari asosiy mohiyat xisoblanadi.
Narsa va hodisalar doimiy rivojlanib turishi jarayonida, ularning mohiyati ham, shunga mos tarzda hodisa ham o`zgarib turadi. Mohiyatdagi har qanday jo`z’iy o`zgarish ham, uning muqarrar o`zgargan hodisasida ifodalanadi. Masalan, suvning elektr tokini o`tkazish xususiyati, uning temperaturasiga bog`liqligi aniqlangan. Agar biz suvning temperaturasini ma’lum darajada kotarsak, uning elektr tokini o`tkazish xususiyatini ulchaydigan asboblar bu o`zgarishlarni kayd qilmasligi mumkin. Lekin, bundan suvning mohiyatini ifodalaydigan elektr tokini o`tkazuvchanlik xususiyati yuqolgan, degan xulosa kelib chiqmaydi.
Narsa va hodisalarning mohiyat va hodisa tarzida bog`lanishlari makon va zamondagi muayyan konkretligi bilan ajralib turadi. Mohiyat va hodisa o`z xususiyatlariga ko`ra sistema, struktura va elementlarda o`ziga xos tarzda namoyon bo`ladi. Shuning uchun har qanday hodisani va mohiyatni tahlil qilishda aniq tamoyillarga asoslanish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |