1. Shaharlarni obodonlashtirish Aholi yashaydigan manzillarni obodonlashtirish Shahar hududini ko’kalamzorlash tirish Xulosa



Download 148,93 Kb.
bet4/5
Sana04.05.2023
Hajmi148,93 Kb.
#935065
1   2   3   4   5
Bog'liq
1. Shaharlarni obodonlashtirish Aholi yashaydigan manzillarni ob

5.1-rasm. Elektr fonarlarni ustunlarga o’rnatish
1-yog’ochli; 2-temirbetonli.
Ko’cha, yo’l, maydonlar va hokazo ob’ektlarni talabga muvofiq yoritish uchun fonarlar turi, soni va ularni joylashtirilishi loyihaga binoan tanlanadi. Ushbu fonarlar ko’cha, yo’l, maydonlarda yog’ochli yoki temir-betonli, balandligi 6.5 metr bo’lgan ustunlarda o’rnatiladi (5.1-rasm).
Yog’ochli ustunlar diametri 160-180 va 200 mm, uzunligi 11 metrga qadar, temirbetonli ustunlar esa loyiha asosida tayyorlanadi.

Tasviriy san’at, shuningdek, monumental haykaltaroshlik – bu davlat va jamoat arboblari, fan va san’at vakillari hamda o’z davriga monand tarixiy voqealarga bag’ishlangan yodgorliklar shaharning turli qismlarida chuqur g’oyaviy-siyosiy mohiyatni oshiradi. Binolarning fasadiga kiritilgan kompozistiya (mozaika)lar ham muhim ahamiyat kasb etadi.


Monumental tasvir va haykaltaroshlik arxitektura bilan birgalikda me’morchilik ansambllarni boyitadilar, ularning tasviriy sifatlarini kuchaytiradilar va g’oyaviy mazmun va chuqur ma’no bag’ishlaydilar.
Shaharsozlik tarixida monumental haykaltaroshlikning faol misollari ko’p. Arxitektura ansambllari bilan uyg’unlikda monumental haykaltaroshlik shahar qurilishida muhim rol o’ynaydi. Shu jumladan, bizning davrimizgacha etib kelgan Misr obelikslari va sfinkslari, qadimiy Rim Zafar darvozalari va Troyan ustuni, Parijdagi Zafar darvoza va Vandom Ustuni Sank-Petyerburgdagi Aleksandr ustuni, yurtimizdagi Shohi Zinda, Registon va Go’ri Amir majmualari (Samarqand), Minorai Kalon (Buxoroda) va hokazolar misol bo’la oladi. Bunga asoslanib aytish lozimki, monumental tasvir va haykaltaroshlik shaharsozlikda tobora keng miqiyosda ishlatilib kelinmoqda. Monumental tasvir san’atida zamonaviy shaharsozlik talablarini to’liq hisobga olish, shuningdek, birinchi navbatda shahar hududida arxitektura ansambllarini yaratish, transport harakatini foydali tashkil qilish, kechki yoritishni zamonaviy andozalar asosida kuchaytirish, qurilishda ilg’or matyeriallarning (plastik, shisha, metall) rang palitrasi imkoniyatlaridan keng foydalanish talab etiladi.
Afsuski, zamonaviy yodgorliklarning talaygina qismi noqulay joylarda barpo etilgan, shaharlarimizda ularning ayrimlari transport oqimi o’rtasida qolib ketib, yoniga borish, yaxshilab va to’la ko’zdan kechirish imkoniyatini byera olmaganligi misol bo’la oladi.
Shu bois, monumental haykallarni barpo etishda hiyobon va maydonlarda, istirohat bog’lari, ijtimoiy-siyosiy va madaniy ahamiyatga ega bo’lgan gavjum joylarda, transport yurmaydigan yoki avtostoyankalardan uzoqroq joylarda amalga oshirish talabga muvofiq bo’ladi.
Shahar qurilishida tasviriy san’at nuqtai nazaridan binolarning umumiy rang palitrasi tavsifi katta ahamiyat kasb etadi. Binolarning to’q yoki bir xil rangda bo’lganligi shaharga g’amgin, ma’yus qiyofa byeradi. Yorqin, ochiq ranglar esa optimistik va quvnoq qiyofa bag’ishlaydi.
Ba’zi bir shaharlarda binolarni qurishda bir xilliklarga byerilib ketishgan. Bu ularni ko’ngilsiz va zyerikarli ko’rinishiga (monotonnost) olib keladi.
Shaharsozlik rivojida monumental tasvir zamonaviy kimyo sanoatining imkoniyatlaridan foydalangan holda keng ravishda rivojlanishi lozim.

Xulosa.
Uy-joy-kommunal sohaning eng muhim bo’g’ini – bu uy-joy xo’jaligidir. Shaharning muhandislik tizimlari u bilan chambarchas bog’liq.
Bozor munosabatlari sharoitida uy-joy fondidan foydalanish va uni mukammal ta’mirlashni moliyalash murakkablashib bormoqda, bunday holat kundan kunga materiallar, ish va xizmatlar narxlari, oylik maoshlar, soliq va boshqa chegirmalar miqdori oshib borayotgani bilan tushuntiriladi.
Bu bir tarafdan davlatni insonlarni yaxshi yashashi uchun kerakli shart-sharoitlarni yaratilishidagi rolini oshiradi, uylarni suv, issiqlik, elektr energiyasi, gaz va x.k. bilan uzluksiz ta’minlanishi, qishgi mavsumga tayyorgarlik borasidagi muammolarni bartaraf etilishi doimo diqqat eh’tiborda bo’lishini taqozo etadi.
Uy-joy-kommunal xizmat sohasi – murakkab, ijtimoiy soha bo’lib, u insonlarga normal maishiy sharoitlarni, uylar va muhandislik kommunikastiyalarni o’z vaqtida ta’mirlashni ta’minlashi kerak, ya’ni insonni yashashi uchun barcha shart-sharoitlar va qulayliklarni ta’minlashi kerak.
Uy-joy-kommunal xizmatlar darajasini baholashni mavjud tizimsi yalpi hajmli ko’rsatkichlar kompleksidan iborat biroq, ushbu ko’rsatkichlar tarmoq oldida turgan vazifalarni to’liq bajaradi degani emas.
Kommunal korxonalar tomonidan ko’rsatiladigan xizmatlarni baholash tizimsini kengaytirish uning tarkibiga ushbu tarmoqning – ishonchlilik, barqarorlik, sifat, iqtisodiy havfsizlik kabi xususiyatlarini kiritish hisobiga amalga oshiriladi.
Ushbu guruh ko’rsatgichlari uy-joy-kommunal xizmat korxonalarining faoliyati mazmuni va yo’nalishini aks ettiradi, lekin uning oxirgi maqsadlarini to’liq ochib bermaydi. Uy-joy-kommunal xizmat sohasining asosiy maqsadi insonni hayot kechirish tarzini yengillashtirish, unga qulayliklar yaratish, bo’sh vaqtini ko’paytirishdan iborat, ya’ni ijtimoiy tusga xos.



Download 148,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish