2012 yil 30−31 iyul kunlari Hindistonda yuz bergan energiya ta’minotidagi jiddiy nosozliklar yo‘llardagi tartibsizliklar, sayyohlarning turib qolishi, moliyaviy operatsiyalardagi uzilishlarga olib kelgan. Hindiston kompaniyalari milliardlab dollar zarar ko‘rgan. Mamlakatning 21 ta shtatida 650 millionga yaqin aholi qariyb 8−10 soat davomida tarmoqdan uzilib qolgan.
2021 yil yanvarda Pokistonda sodir bo‘lgan elektr energiyasi ta’minotidagi yirik uzilish mamlakatning yirik shaharlari, jumladan, poytaxt Islomobodga ham ta’sir ko‘rsatgan. Bu mamlakatdagi eng yirik issiqlik elektr stansiyalaridan biri «Guddu»da yuz bergan avariya bilan izohlangan. Mazkur blekaut mamlakatning 200 milliondan ziyod aholisini elektrsiz qoldirgani aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |