11. Axborotning muhim xususiyatlari qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
A. Obyektivlik, moddiylashtirish va uzatish imkoniyatining mavjudligi
B. Obyektivlik, xolislik, bir ma’nolilik
V. Moddiylashtirish va uzatish imkoniyatining mavjudligi
G. Uzatish imkoniyatining mavjudligini va yangi bilim sifatinini aniqlash imkoniyati
12. Informativlik va uning imkoniyatlarini ro’yobga chiqarishga asos bo’luvchi holatni aniqlang?
A. Fanning integratsiyalashuvi
B. Globallashuv
V. Fan taraqqiyotining yangi bosqichi
G.Ijtimoiy hayot darajasining oshishi bilan
13. Moddiy jismlarda qayd etilgan va belgilar tizimida ifodalanib, subyektlararo jarayonga qo’shilib
idrok etiluvchi va olimning bilim darajasini o’zgartiruvchi axborot qanday axborot deyiladi?
A. Ijtimoiy axborot
B. Ilmiy axborot
V. Subyektiv axborot
G. Ommaviy axborot
14. Yangi axborot yaratish borasidagi faoliyat nima deyiladi?
A. Eksteriorizatsiya
B. Interiorizatsiya
V. Globallashuv
G. Informativlik
15. Ilmiy bilish jarayonida olingan, tushunchalar, mulohazalar, xulosalar, nazariyalar va gipotezalar
tizimida qayd etilgan, ijtimoiy ahamiyatga molik va mantiqiy jihatdan (shaklan) umumiylashtirilgan
axborot, bu-...
A. Ilmiy axborot
B. Ijtimoiy axborot
V. Subyektiv axborot
G. Ommaviy axborot
16.Tushunish va tushuntirish muammolarini o’rganuvchi falsafiy ta’limot, bu - ...
A. Germenevtika
B. Dialektika
V. Pragmatizm
G. Lingvistika
17. M. Xaydeggerning germenevtik qarashlari tushunishning qanday xususiyatini ochib beradi?
A. Ontologik
B. Gnoseologik
V. Ekzistentsial
G. Epistemologik
18.Germenevtikaga oid mashhur “Haqiqat va metod” asari muallifi kim?
A. X.G. Gadamer
B. M. Xaydegger
V. F. Sossyur
G. L. Vitgenshteyn
19. Germenevtikada asosiy tadqiqot obyekti sifatida nima e’tirof etiladi?
A. Matn
B. So’z
V. Faoliyat
G. Ijtimoiy hodisalar
20. Badiiy ijodni tushunishni chuqur tahlil etgan mashhur rus faylasufini toping?
A. M.Baxtin
B. V.Solovyev
V. V.Kuznetsov
G. A.Chumakov
21. Quyidagi so’zlar muallifi kim: «Inson o’zini dunyodan oldinroq va ko’proq biladi, ayni shu
sababli u dunyoni o’zidan keyin va o’zi orqali anglab yetadi...”?
A. N.A.Berdyayev
B. V.Solovyev
V. V.Kuznetsov
G. A.Chumakov
22.«Inson-mashina» asarining muallifi kim?
A. J.Lametri
B. Dj.Berkli
V. Dj.Bruno
G. B.Spinoza
23. Insonning paydo bo’lishi haqidagi evolyutsion kontseptsiya asoschisi kim?
A. Ch.Darvin
B. K.Linney
V. Ch.Pirs
G. A.Yeynshteyn
24.Insonni o’rganishning introvertiv yondashuvi vakillari to’g’ri ko’rsatilgan javobni toping?
A. M.Sheler, A.Gelen, K.Lorents
B. N.A.Berdyayev, A.Gelen, K.Lorents
V. S.L.Frank, L. P.Karsavin, S.N.Bulgakov
G. N.O.Losskiy, L. P.Karsavin, S.N.Bulgakov
25.Falsafa tarixida inson haqidagi qarashlarni «antropologik materializm» sifatida baholangan
faylasuf kim?
A. L.Feyerbax
B. I.Kant
V. V.Gegel’
G. F.Nitsshe
26.Inson faoliyatini o’rganishga bag’ishlangan falsafiy ta’limot qanday nomlanadi?
A. Praksiologiya
B. Aksiologiya
V. Fenomenologiya
G. Tonatologiya
27.
Insonni faoliyatga undovchi sabablarni toping?
A. Ehtiyojlar
B. Maqsadlar
V. Orzular
G. Xayollar
28.
Faoliyatning eng muhim atributlari qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
A. Moddiylik va subyektlilik
B. Moddiylik va ma’naviylik
V. Subyektlilik va doimiylik
G. Cheklilik va muayyanlik
29.Quyidagi fikr muallifni toping: “Amaliyot o’zgartirilgan tabiat predmetlarini insonning
ko’zgudagi aksiga o’xshaydi, degan edi”?
A. I.Fixte
B. G.Leybnits
V. B.Spinoza
G. I.Kant
30.Inson faoliyatini boshqa tirik mavjudotlar faoliyatinidan farqlovchi muhim xususiyatlar nima?
A. Onglilik va maqsadga muvofiqlik
B. Oqilonalik va irratsionallik
V. Maqsadga muvofiqlik va hissiylik
G. Iroda va tassavur qilish imkonining borligi
31. Globalistika mustaqil ilmiy yo’nalish va ijtimoiy amaliyot jabhasi sifatida nechanchi yillardan
shakllana boshladi?
A. 1960-yillarning oxirlaridan
B. 1950-yillarning oxirlaridan
V. 1970-yillarning oxirlaridan
G. 1980-yillarning oxirlaridan
32.Globallashuvning vujudga kelishiga asos bo’lgan yirik sabablarni toping?
A. Hayotning barcha sohasidagi integratsiyalashuv
B. Fan va texnika kashfiyotlari
V. Falsafada yangi ta’limotlarning vujudga kelishi
G. Odam sonining keskin o’sishi
33.Ikkinchi jahon urushidan so’ng yuzaga kelgan ijtimoiy-siyosiy holat bugungi kunda global
muammolarni bartaraf qiluvchi qaysi asosiy hamkorlikning vujudga kelishiga sabab bo’ldi?
A. BMT
B. YuNESKO
V. YeHHT
G. MDH
34.Hozirgi zamonda jahon fuqarosi deb hisoblovchi odamlarning paydo bo’lishiga nima sabab
bo’ldi?
A. Serqirra globallashuv
B. Ekologik globallashuv
V. Siyosiy globallashuv
G. Madaniy globallashuv
Do'stlaringiz bilan baham: