(“Sharq hikoyat va rivoyatlari”)
30.1-topshiriq.
Berilgan matndagi gaplarni sodda va qo`shma gaplarga
ajrating.
30.2-topshiriq.
Uch guruhga bo`lining. Guruhlar orasida “Bu −
bizniki”
o`yinini o`tkazing: matndan darak, so`roq, buyruq gaplarni alohida ajratib oling.
30.1-mashq.
Matnni qayta aytib berishga tayyorlaning. Undagi so`roq va
buyruq gaplarni ham darak gap shaklida ifodalang.
30.2-mashq.
Berilgan sodda gaplarni qo`shma gapga aylantiring.
Hilm − axloqli odamning qimmatbaho libosi. U kiyim turlarining eng chidamli
matosidir. Hilm yomon nafsni daydi shamol uchirishidan asraguvchi va ikkiyuzlama
munofiqlarning behuda harakatidan himoya qiluvchidir. Yumshoq ko`ngillilikni
hodisalar to`la dengizdagi kishilik kemasining langari desa bo`ladi. Hilmni insoniyat
qadrini o`lchaydigan tarozining toshiga tenglashtirsa ham bo`ladi.
(Alisher Navoiy, “Mahbub ul−qulub”)
Do'stlaringiz bilan baham: |