10-dars
INSHONING MAVZU VA MAZMUNIGA KO‘RA TURLARI
Insho mazmun-mohiyatiga ko‘ra 3 xil bo‘ladi:
1) аdabiy mavzudagi insho.
2) erkin mavzudagi insho;
3) ilmiy insho.
Adabiy insho
adabiyot darslarida o‘tilgan ma’lumotlarga o‘quvchining ijodiy
munosabati (nuqtayi nazari) qo‘shib ifodalanadigan insholarni o‘z ichiga oladi.
Erkin mavzudagi insho
adabiyot fani dasturida mavjud bo‘lmagan mavzuda
yoziladi. Unda o‘quvchining ma’lum bir mavzuga oid bilimlari, axloqiy, ijtimoiy-
siyosiy dunyoqarashi, fikr va mulohazalari aks etadi.
Ilmiy insho
da biror fanga tegishli mavzu ilmiy dalillar asosida yoritiladi. Unda
ilmiy va ilmiy-ommabop manbalardan olingan materiallardan keng foydalaniladi.
Ilmiy inshoda tasviriy vositalar deyarli qo‘llanmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |