56.1-mashq.
Yuqorida berilgan nazariy ma’lumotlarni jadval shaklida
ifodalang va taqdimot qilishga tayyorlaning.
56.2-mashq.
Berilgan aniqlovchili gaplarni aniqlovchisiz, aniqlovchisiz
gaplarni aniqlovchili gaplarga aylantiring. Vujudga kelgan farqlarni tushuntiring.
1.
Hech narsa uzoq vaqt davomida jismoniy harakat qilmaslikdek kishi
madorini quritmaydi va uni mahv etmaydi. (Arastu)
2.Hayot g‘ayratli mehnat
tufayli jonli va go‘zaldir, u og‘ir yuk bo‘lmay, balki qanot, ijod va quvonchdir, agar
kimdakim uni og‘ir yukka aylantirsa, bunga uning o‘zi aybdor. (V.Veresayev) 3.
Hamma uchun baxt − hammaning ahil mehnati bilan yaratiladi. (G.Ibsen) 4.
To‘g‘ri
yashash ishlash demakdir. Mashina bekor turib qolsa, uni zang bosadi. (J.Favr) 5.
Mehnat hayot chirog‘iga yog‘ quyib turadi. (J.Vellers) 6. Hayot doimiy mehnatdan
iborat. Unga shu nuqtayi nazardan qaragan odamgina hayotni insonchasiga to‘la
tushunadi. (D.Pisarev)
Do'stlaringiz bilan baham: |