Gaplarni o`qing. Kerakli o`rinlarga tire qo`yib ko`chiring.
1.Olimlar, fozillar, adiblar davlatning tanasidagi kuch. Ularga iltifot va ikromda
bo‘l... Shunday yo‘l tutginki, hukumatingda orif arboblar, fazilatli insonlar va
olimlar ko‘paysin. (U.G`oziy) 2. Naf’ing agar xalqqa beshakdurur, Bilki, bu naf’
o`zingga ko`prakdurur. (A.Navoiy) 3. Faqat o‘z shaxsiy manfaati haqida qayg‘urib,
burchni unutmoqlik o‘taketgan pastkashlik. (Syun-Szi) 4. Birovni qoralashdan
oldin doimo uni oqlash imkoni bor-yo‘qligini o‘ylash kerak. (Lixtenberg) 5. Inson
zotiga mansub odamlar bir-birlariga o‘xshamaydilar. Ularning o‘xshash tomoni
bitta. U ham bo‘lsa, barchaning pirovard maqsadi mukammallik. (Fixte)
Do'stlaringiz bilan baham: |