To‘rt zarbli krol. To‘rt zarbli krolda ikkita navbatma-navbat qo‘l harakatiga to‘rtta ketma-ket oyoq harakati to‘g‘ri keladi. Chap oyoq zarbni tugallash vaqtida o‘ng qo‘l 20 daraja burchak ostida eshishni boshlaydi, chap qo‘l itarilish fazasida harakatlanadi.
Ikkinchi zarb (o‘ng oyoq) qo‘l harakati suv yuzasining 90–95 daraja burchak ostidagi holatda tugallanadi.
Uchinchi zarb chap qo‘l 20 daraja suv yuzasida ushlash vaqtida chap oyoq harakatni tugallaydi, bu vaqt o‘ng qo‘l depsinish fazasini tugallaydi.
To‘rtinchi zarb o‘ng oyoqda, qo‘l harakati suv yuzasining 90–95 daraja burchak ostida eshish, o‘ng qo‘lni olib o‘tish va tayyorgarlik harakatining o‘rtasida tugallanadi.
To‘rt zarb krol texnikasi ikki zarbli krol texnikasidan juda kam farq qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |