1-Seminar. Nazorat savollari


ishlab chiqarish ftinksiyasi



Download 19,9 Kb.
bet3/3
Sana31.12.2021
Hajmi19,9 Kb.
#230420
1   2   3
Bog'liq
1-seminar javobi ITT

ishlab chiqarish ftinksiyasi deb atashadi. Masalan, ishlab chiqarish

omillari - yer (YE), kapital (K) va ishchi kuchi (I)ni ishlab

chiqarishda qo'llashdan olingan mahsulotni M dan iborat deb

faraz qilsak, ishlab chiqarish funksiyasi M = f ( E , K , I ) dan

iborat bo‘ladi.

Bu formula ishlab chiqarishga jalb qilingan omillarning,

ya’ni sarflarning har birligi evaziga olingan mahsulotni

bildiradi va e’tiborni kam resurs sarflab, ko'proq mahsulot

olish imkoniyatini qidirishga qaratadi. Undan tashqari, bu

ko'rsatkich har bir mahsulot birligini ishlab chiqarishga va

ko‘paytirish moMjallangan mahsulot hajmini ishlab chiqarishga

qancha resurs sarfi talab qilinishini aniqlash imkonini beradi.

2. Kapital tushunchasi ham turli adabiyotlarda turlicha talqin

qilinadi. Ko'pchilik kapital tushunchasini tarixiy tushuncha

deb qarab, uning kapitalizmga xosligini isbotlaydi va kapitalni

o ‘z egasiga qo‘shimcha qiymat keltiruvchi qiymat, o‘z-o‘zidan

ko‘payuvchi, o‘suvchi qiymat deb hisoblaydi. Ayrim g'arb

iqtisodchilari ham, masalan, J.Klark, L.Valras, I.Fisherlar

kapitalga daromad keltiruvchi, foyda keltiruvchi. foiz

keltiruvchi qiymat deb qaraydilar.

Qator g'arb iqtisodchilarining, jumladan D.Xayman,

P.Xeyne, E.DoIon, J.Robinson, R.Dornbush va boshqalarning

fikrini keltirib va ularni umumlashtirib, prof. V.D.Kamayev

o‘zining rahbarligida yozilgan darsligida ≪haqiqatan ham —

kapital o‘zidan-o‘zi ko‘payuvchi qiymat≫1 deb yozadi. Bunday

fikr D.D.Moskvin, V.Ya.Ioxin, A.G.Gryaznova, Ye.F.Borisov

va boshqalarning rahbarligida nashr etilgan qator iqtisodiyot

nazariyasi kitoblarida ham aytiladi. Lekin Amerika va Yevropa

mamlakatlaridan kirib kelgan ≪Ekonomiks≫ darsliklari va

boshqa ayrim adabiyotlarda kapitalni hamma ishlab chiqarish

va xizmat ko‘rsatish sohalarida qoMlaniladigan moddiy

vositalardan, ya’ni hamma turdagi mashinalar, asbobuskunalar,

inshootlar, zavod-fabrikalar, omborlar, transport

vositalari va boshqa shu kabilardan iborat deb ko‘rsatadi, unga

pul va tovarni kiritmaydi. Bundan ko‘rinib turibdiki, ayrim

iqtisodchilar kapitalistik iqtisodiy tuzumning sotsial mohiyatini

ochish uchun masalaga bir tomonlama qarab, ishlab chiqarish

omillarining qiymatiga e’tiborni kuchaytirgan. Гарбдаги

kasbdoshlarimizning ayrimlari ham kapitalni bir tomonlama,

ya’ni uning qiymat tarafini e’tiborga olgan boMsa, boshqalari

esa iqtisodiy tushunchalarning tarixiyligini e’tibordan chetda

qoldirib, uning moddiy ob’yektini, narsa va hodisalarning

ashyoviy tomonini ko‘rsatadilar, shuning uchun ular kapitalni

doimiy, o'zgarmas tushuncha deb, ishlab chiqarish vositalarini

kapital deb ataydilar. Biz bu ikki xil tushunchani bir tanganing

ikki tomoni, bir tushunchaning, ya’ni kapital tushunchasining

ikki tomoni: uning bir tomoni moddiy va ashyoviy ko‘rinishi.

ikkinchi tomoni esa uning qiymat ko'rinishi ekanligini

e’tiborga olamiz va uni bozor iqtisodiyoti sharoitida kapital

deb ishlatamiz. Biz kapital deganda o‘z egalariga daromad

keltiradigan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning hamma

sohalarida ishlatiladigan ishlab chiqarish vositalarini, sotishga

tayyor turgan tovarlarni, yangi vositalar va ishchi kuchini sotib

olishga mo'ljallangan pul mablag'larini, ularning ashyoviy

tomoni va qiymatining birligini tushunamiz. Boshqacha qilib

aytganda ≪kapital≫ ham qiymatga, ham naflilikka ega bo‘lgan,

ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish jarayonida

foydalaniladigan vositalardir.

Bu yerda kapital turli shaklda: pul, ishlab chiqarish

vositalari, tovar va boshqa moddiy vositalar shaklida boMishi

mumkin.

3. Ishlab chiqarish jarayonini ikki tomonlama tahlil qilib

o'rganilganda uni to'g'ri tushunish imkonini beradi va turli xil

chalkashliklar, munozarali tortishuvlarga chek qo'yadi. Bu

yerda shuni hisobga olish lozimki, oldingi ishlab chiqarish

jarayonining mahsuli bo'lib, shu ishlab chiqarish jarayonida

ishtirok etayotgan ishlab chiqarish vositalari qiymat i

ko'paymagan holda o'zi qancha qiymatga ega bo'lsa, shu

miqdorda aniq mehnat bilan ishlab chiqarilgan tovarlar va

xizmatlar qiymatiga o'tkaziladi. Shuni ta’kidlash lozimki.

naflilikni yaratishda kapital toMiq qatnashadi, qiymatni tashkil

topishida esa qisman-qisman, ya’ni uni eskirgan qismi

qatnashadi. Bu ishlab chiqarish jarayonida qatnashayotgan

ayrim tabiiy kuchlar qiymatga ega emas, shuning uchun ular

tovarning iste’mol qiymatini hosil qilishda omil sifatida

qatnashadi, lekin qiymatning tashkil topishida, uning

ko‘payishida qatnashmaydi. Demak, ishlab chiqarilgan

tovarlarning nafliligini yaratishda har uchala omil: yer, kapital,

ishchi kuchi qatnashadi, qiymatni tashkil topishida esa

mehnatning o‘zi qatnashadi.

Ishlab chiqarish jarayonining ikki tomonlama tabiati uning

natijalarining ham ikki tomoni borligini ko'rsatadi.

Har bir korxona yoki ishlab chiqarish bo‘g‘inida turli

omillarning birgalikda ishlatilishi natijasida mahsulot, ya’ni

tovar va xizmatlar vujudga keladi. Bu yaratilgan tovar va

xizmatlar liar bir korxona yoki boMinma uchun ishlab

chiqarishning umumiy natijasi bo‘lib hisoblanadi. Lekin

bunday korxonalar soni juda ko‘pdir. Masalan, 2004 yil

oxirida Olzbekistonda faoliyat yuritayotgan kichik korxonalar

soni 237,5 mingta edi. Agar bunga yirik davlat korxonalari,

qo‘shma korxonalar, aksiyadorlik jamiyatlari va

kompaniyalarini qo'shsak xo'jaliklar soni yanada ko'payadi.

Yuzaki qaraganda har bir korxonadagi individual ishlab

chiqarish bir-biridan ajralgan holda mustaqilga o'xshab

ko'rinadi. Ammo xilma-xil tovarlar va resurslarning uzluksiz

oqimida individual mablagMarning harakatlari bir-biri bilan

qo‘shilib, o‘ralib chatishib ketadi. Chunki ayrim olingan

individual ishlab chiqaruvchilarning yoki xizmat

ko‘rsatuvchilarning faoliyati va ayrim mablagMar.

mahsulotlarning harakati o‘zaro bogMangandir. Shu sababli,

individual mehnatlarning harakati qo'shilib ketishi, butun

ijtimoiy ishlab chiqarishning, jami yaratilgan tovar va

xizmatlarning harakatini bildiradi. Demak, ijtimoiy ishlab

chiqarish o‘zaro bog‘langan va aloqada boMgan barcha

individual ishlab chiqarishlarning yigMndisidir. Har bir

individual ishlab chiqarish, uning sarmoyasi, resurslari va

mahsulotlari esa ijtimoiy ishlab chiqarishning ajralmas bir

bo’lagidir.

4. ≪Pirovard maqsadimiz bo‘lgan ozod va obod Vatan, erkin

va farovon hayot qurish borasidagi intilishlarimizda biz uchun

ruhiy-ma’naviy kuch, quvvat manbai, ilmiy asos - bu milliy

g‘oya, milliy mafkuradir≫11. Shu aqidadan kelib chiqib,

iqtisodiyot nazariyasi fani ≪Kishilarda yangicha iqtisodiy

fikrlashni shakllantirish, ularning dunyoqarashini

o‘zgartirish≫12 vazifasini ham bajarardiki, bu iqtisodiyotni isloh

qilish sohasidagi strategik maqsadlardan biri bo‘lib

hisoblanadi. Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlab

o‘tganlaridek: ≪Jamiyatda hayotga, o‘zgarishlarga befarq

qaraydigan loqayd kimsalar boMmasligi kerak. Bu

taraqqiyotimizni orqaga surib yuboradi. Inson buyuk, ezgu

orzular bilan yashasin. Uni nafaqat mamlakat, balki jahonda

ro‘y berayotgan hodisalar qiziqtirsin. Dunyoqarashi, ongi

chegaralanib, bir qolipda qolmasin. Milliy g‘urur, istiqlol

mafkurasi g‘oyalari unga doim hamroh bo‘lsin≫13. Bu

maqsadga erishish uchun ≪Iqtisodiyot nazariyasi≫ fani

Prezidentimiz I .A. Karimovning so‘zlagan nutq va

ma’ruzalarida, asarlarida ko‘rsatib berilgan bozor

iqtisodiyotiga o ‘tish davri tamoyillarini, o'tishning o'ziga xos

yo‘lini, o‘zining iqtisodiy qonunlarini, yo‘l-yo‘riqlarini, Oliy

Majlis, Vazirlar Mahkamasi qabul qilgan qarorlar asosida

mamlakatimiz oldida turgan iqtisodiy muammolar va

vazifalarning chuqur tahlilini, uni yechish yo‘llarini

yoritmog‘i, o‘tish davri iqtisodiyotining xususiyatlari, ko'p

ukladli iqtisodning, turli shakldagi mulkchilikning vujudga

kelish yolllari, usullarini ko‘rsatib bermog‘i lozim.

5. Har qanday mahsulot, shu jumladan bozor sharoitidagi

yoki unga o‘tish davridagi mehnat mahsuli ham ikki xil

xususiyatga ega: iste’mol qiymatiga, ya’ni ma’lum bir

naflilikka va qiymatga ega boMib, jonli va buyumlashgan

mehnat sarfining ma’lum miqdorini o‘zida mujassamlashtiradi.

Bu tovarning o ‘zaro bogMiq va hamisha bir-birini taqozo

qiladigan ikki tomonidir (bu haqda keyingi mavzuda

batafsilroq to‘xtalamiz). Shuning uchun ham ishlab chiqarish

jarayoniga hamisha uning pirovard maqsadi bilan birgalikda

qaraladi. Ishlab chiqarishning maqsadi cheklangan

resurslardan unumli foydalanib, kishilar ehtiyojini qondirish

ekan, uning samarasi tovar va xizrnatlarning natural va qiymat

jihatdan o‘sishida ko‘rinadi. Shu nuqtai nazardan olganda

ishlab chiqarish jarayoni hamisha naflilikni, ya’ni iste’mol

qiymatni yaratish, ko‘paytirish va qiymatlarning o‘sish



jarayoni hisoblanadi, uning asosiy maqsadi esa, iste’mol

qiymatni, ya’ni nafli tovarni yaratishdan iborat boMadi:
Download 19,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish