1-seminar. Jismoniy madaniyat tarixi fanining maqsadi hamda vazifalari. Jismoniy tarbiyaning tarixiy xususiyatlari



Download 109,84 Kb.
Pdf ko'rish
Sana16.04.2023
Hajmi109,84 Kb.
#929010
Bog'liq
1-seminar



1-seminar. Jismoniy madaniyat tarixi fanining maqsadi hamda vazifalari. Jismoniy 
tarbiyaning tarixiy xususiyatlari. 
REJA: 
1.Jismoniy madaniyat tarixi fani bu mustaqil soha ekanligi. 
2.Jismoniy madaniyat tarixining muhim vazifasi 
3.Jismoniy madaniyat tarixi fanining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi. 
Jismoniy madaniyat tarixi fani bu mustaqil sohasi bo‘lib, jismoniy madaniyat va sportga doir ilmiy 
bilimlarning muhim tarkibiy qismidir. Jismoniy madaniyat jahon xalqlarining umumiy madaniyati 
mazmunidan chuqur o'rin egallamoqda. Uni o'qitish, o'rganish va ilmiy tadqiqot olib borish bugunning 
dolzarb muammolaridan biridir. 
O'zbekiston Respublikasining Birinchi prezidenti I.A.Karimov: «Tarixga murojaat qilar ekanmiz, bu 
xalq xotirasi ekanligini nazarda tutishimiz kerak. Xotirasiz barkamol kishi bo'l-maganidek, o'z tarixini 
bilmagan xalqning kelajagi ham bo'Imaydi»1, - deb yangi tariximizga yo'l ochib berdi. Buni yurtimizning 
mustaqilligi yillarida amalga oshirilgan ijtimoiy madaniy islohotlaming samarali natijalarida ko'rish 
mumkin. 
Jahon xalqiari tarixi, shuningdek, O'zbekiston xalqlari tarixida jismoniy tarbiya va sport tarixining ham 
o'ziga xos xususiyatlari hamda ijtimoiy-tarbiyaviy o'rni g'oyat kattadir. 
Jismoniy tarbiya harakatida mutaxassis kadrlarga bo'lgan talablar va ehtiyojlar ijtimoiy turmush hamda 
mehnatda, ayniqsa, Xalqaro sport harakatida doimiy ishtirok etishi mu-him ahamiyat kasb etmoqda. Shu 
sababdan jismoniy tarbjya, sport, xalq milliy o'yinlari va sayohatlar bo'yicha malakali kadrlar tayyorlashga 
alohida e'tibor berilmoqda. 
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi, Sog'lom avlod davlat dasturi, «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus 
testlarini hayotga smgdirish, bolalar sportini rivojlantirish, o'quvchi yoshlar-ning «Umid nihollari», 
«Barkamol avlod», sport o'yinlari hamda talabalar «Universiada»larini tashkil qilishda asosiy maqsad 
buyuk kelajakning har tomonlama barkamol avlod-larini tarbiyalashdir. Bu jismoniy tarbiya va sport 
mutaxassis- 
larining zimmasiga g'oyat katta sharafli mas'uliyatni yuk-lamoqda. 
Jismoniy tarbiya va sport sohasida mutaxassislar tayyor-lash va ularning nazariy bilim hamda amaliy 
malakalarini oshirishda «Jismoniy tarbiya va sport tarixi hamda jismoniy madaniyat harakatini tashkil etish 
va boshqarish» fani asosiy mutaxassislik fanlaridan bin bo'lib hisoblanadi. 
O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti (O'zDJTI) va Respublika oliy o'quv yurtlarininig jismoniy 
tarbiya fakultetlari, shuningdek, pedagogika kasb-hunar kollejlarining jismoniy tarbiya bo'Hmlari, 
Olimpiya o'rinbosarlari kasb-hunar kollejlarida Davlat ta'lim standartlari asosida «Jismoniy tarbiya va sport 
tarixi» fan sifatida o'qitib kelinmoqda.
Umumiy o'rta ta'lim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlarida o(tkaziladigan jismoniy 
tarbiya dars-lari mazmunida jismoniy madaniyat harakati bilan bog'liq barcha tadbirlar o'z ifodasini 
topmoqda. Bunda «Jismoniy tarbiya va sport tarixi» fanidan maqsadli foydalanish amalga oshirilmoqda. 
«Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari asosida maktabgacha ta'lim muassasalari, ishlab chiqarish 
va mehnat jamoalari, aholi istiqomat va dam olish joylari, ayniqsa, o'quvchi yoshlar va talabalarning yozgi 
dam olish hamda sport-sog'lomlashtirish oromgohlarida ommaviy jismoniy tarbiya va sport tadbirlariga 
keng o'rin berilmoqda. Aholining salomatligini yaxshilash, barkamol avlodning ma'naviy va jismoniy 
rivojlanishini ta'minlashda jismoniy tarbiya va sportning nazariy asoslarini singdirish muhim vazifalardan 
biri qilib qo'yilmoqda. Jismoniy tarbiya va sportining mohiyatini bunday tushuntirish, ularni targ'ibot qilish, 
barcha sport turlari tarixi, xalq milliy o'yinlari tarixi bilan tanishtirish muhim ahamiyatga egadir. Bu yo'lda 
ajdodlarimizdan bizgacha yetib kelgan madaniy-tarbiyaviy va ilmiy meroslar mazmunidagi jismoniy 
tarbiya hamda uning tarixi asosida ta'lim-tarbiya berishni davr taqozo etmoqda. 
«Jismoniy madaniyat va sport tarixi» ixtisoslikka oid 
maxsus fan sifatida, eng awalo, milliy qadriyatlar, ijtimoiy, madaniyat taraqqiyoti natijalari
mustaqillik yillarida joriy etilgan qonunlar, qarorlar, farmonlar, nizomlar hamda Ularni jismoniy madaniyat 


ijtimoiy-pedagogik jarayon sifatida o'ziga me-todologik asos qilib oladi. Shuningdek, jahon miqyosidagi 
va O'zbekiston sharoitidagi jismoniy tarbiya va sport taraqqiyoti fanning mazmunini tashkil etadi. 
Bu fan sport turlari tarixi, pedagogika tarixi, jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati hamda boshqa 
fanlar bilan uzviy bog'liq holda o'rganilmoqda va rivojlanmoqda. 
Darslik uch bo'limdan iborat. Birinchi va ikkinchi bo'limlar xorijiy mamjakatiar jismoniy tarbiyasi va 
sporti tarixi hamda xalqaro sport va olimpiya harakatiga bag'ishfanib, ularning yo'nalishlari va mazmuni 
V.V.Stolbov tahririda nashrdan chiqqan «Istoriya fizicheskoy kulturi sporta» 'darsligiga (M., «FiS» 
nashriyoti, 2000) asoslanadi. Uchinchi bo'lim -«O'zbekistonda jismoniy tarbiya va sport tarixi» deb 
nomlanadi. Ta'kidlash joizki, bu bo'Iimni to'rtta katta davrga ajratib o'qitish maqsad qilib qo'yadi, ya'ni: 
Qadimgi ajdodlar jismoniy tarbiyasi. 
Temuriylar sulolasi hukmronligi va keyingi davrlarda jismoniy tarbiya hamda harbiy mashqlar. 
Chor Rossiyasi va sobiq Ittifoq mustamlakachiligi davrida O'zbekistonda jismoniy tarbiya va sport 
(1866—1991). 
Mustaqillik yillarida jismoniy tarbiya va sport taraqqiyoti (1991-2018), " 
Bu davrlarni belgilashda «O'zbekistonning yangi tarixi» va boshqa manbalardagi aniq ko'rsatkichlar, 
fikr-mulohazalar hamda ilmiy tajribalarga tayanildi. Shu bilan birgalikda mutaxassis olimlar R.I.Ismoilov, 
Yu.S.Sholomitskiy, R.Abdumalikov, J.T.Toshpo'latov, A.K.Akramov, H.A.Botirov hamda jurnalistlar 
S.Ostonov,T.Obidov va boshqalarning o'quv qo'llanmalari, ilmiy-ommabop risolalaridan foydalanildi. Shu 
sababdan, ularga o'zimizning mirmatdorchiligimizni izhor etamiz. Shuningdek, darslik 1999-yilda 
R.Abdumalikov, A.K.Akramov, K.D.Yarashevlar tomonidan tayyorlangan «Jismoniy taibiya va sport 
tarixi» dasturiga moslashtirilib, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi o'quvchi yoshlar, tala-balar, yosh 
ijodkor o'quvchilar hamda keng jamoatchilikka mo'ljallandi. 
Jismoniy madaniyat tarixining muhim vazifasi ibtidoyi jamoa tuzimida jismoniy mashqlarni mehnat 
orqali paydo bo‘lganligi, ikki davr ya’ni onalik urug‘chilik va otalik urug‘chilik davrlarida jismoniy 
madaniyatni rivojlanish xususiyatlari, urug‘chilik davrining yemirilishi va quldorlik munosabatlarni 
vujudga kelishida jismoniy madaniyat, quldorlik davrida jismoniy madaniyat shakllari, feodal tuzimida 
jismoniy madaniyat, feodalizmni yemirilishi davrida buyuk gumanistlar jismoniy madaniyat haqidagi 
fikrlari, yangi davrni boshlarida chet mamlakatlarda sport o‘yinlarini rivojlanishi, Xalqaro olimpiya 
qo‘mitasining tashkil etilishi va uning kongresslari, markaziy Osiyoga jismoniy madaniyatni kirib kelishi 
va rivojlanishi, Xalq qo‘shinlarining harbiy va jismoniy tayyorgarligi, hamda O‘zbekistonda jismoniy 
madaniyat va sportni rivojlanishi va milliy olimpiya qo‘mitasini tashkil etilishi, barkamol avlodni 
madaniyatlashda jismoniy madaniyatning roli va o‘rni haqida ma’lumotlar berilgan. 
Jismoniy madaniyatning kelib chiqishi haqidagi masala jismoniy madaniyat tarixining eng muhim 
muammolaridan biri bo‘lib, prinsipial metodologik ahamiyatiga egadir. Bu masalani ko‘pgina burjuda 
olimla 
ri xal etishga o‘rinib ko‘rdilar. Ularning tadqiqotlari bu muammoni o‘rganish borasida ma’lum rol 
o‘ynaydi. Biroq ular bu muammoni o‘z sinf manfaatlari nuqtai nazaridan hal etib, tarixni bo‘zib ko‘satdilar, 
soxtalashtiradilar.
Odamlarning toshni maydalashga va yorishga hamda yog‘ochdan oddiy qurollar yasashga 
o‘rganishlari uchun necha yuz ming yillar kerak bo‘ladi. 
Jismoniy madaniyat unumlm mehnat jarayonida paydo bo‘lgan. Inson asrlar davomida tabiat bilan 
kurashishda o‘z kuchlarini oshirib borish bilan birga mehnat kurollarini takomillashtirib bordi. Mehnat 
jarayonida jismoniy va aqliy qobiliyatlarini to‘xtovsiz rivojlanib bordi. Kishining mehnat qobiliyatida 
jismoniy mashqlar ham vujudga keldi. va rivojlanib bordi. 
Shu maqsadda u о‘z oldiga quyidagi vazifalarni qо‘yadi: 
- fan asoslari va mazmuni bilan tanishtirish; 
davlat va jamoat tashkilotlari, ularning jismoniy tarbiya va sport sohasidagi faoliyatlarini о‘rganish; 
yuqori va quyi sport tashkilotlarining ish mazmunlari hamda ularning usullarini о‘zlashtirishni 
ta’minlash; 


egallangan nazariy bilim, amaliy kо‘nikma hamda malakalarni о‘quv amaliyoti jarayonida tajribadan 
о‘tkazish; 
ilmiy-nazariy tadqiqotlar о‘tkazishga da’vat etish; 
reyting tizimi talablari asosida talabalarning bilimlarini baholash; 
Bularning negizida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi bо‘lajak mutaxassislarni tayyorlab 
yetishtirishdagi barcha yо‘l-yо‘riqlar о‘z ifodasini topadi. Eng muhimi, О‘zbekistonda olib borilayotgan 
turli islohotlar, ularning ijobiy natijalari sifatida о‘tkazilayotgan turli xil sport tadbirlari, sport inshootlarini 
qurish va boshqalarning о‘z aksini topishi ifodalab beriladi. 
Bu fanning asosiy xuquqiy tayanchi О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi hisoblanadi. Unda 
fuqarolarning о‘z sog‘liklarini yaxshilash, bilim va madaniy saviyalarini oshirish, jismoniy tarbiya va sport 
bilan shug‘ullanishlari kafolatlangan. О‘zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport 
tо‘g‘risida»gi Qonuni jismoniy tarbiya va sport harakatini yuritish, unga rahbarlik qiluvchi davlat hamda 
jamoat idoralarining vazifalari, burchlari va huquqlarini belgilab bergan. Bu jarayonlar fanni о‘rganish va 
mutaxassislar tayyorlash faoliyatida muhim omil hisoblanadi. 
О‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim tо‘g‘risida»gi Qonuni barcha turdagi о‘quv yurtlarida jismoniy 
tarbiya darslari, darsdan tashqari ommaviy-sog‘lomlashtirish sport tadbirlarini tashkil qilishga yо‘l ochib 
beradi. Bu jarayonlar ham tashkilotchilik va boshqaruv faoliyatlarining eng muhim tarmog‘i sifatida о‘z 
о‘rniga egadir. 
1993 yilning mart oyida О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga asosan «Sog‘lom avlod 
uchun» ordeni ta’sis etildi. Uning Nizomiga kо‘ra sog‘lom avlodni tarbiyalab yetishtirish mas’uliyati 
maktab, tarbiya muassasalari kabi sport tashkilotlari zimmasiga ham yuklangan. Bu yо‘lda qilinadigan 
ishlarning mazmuni va rahbarlik usullari jismoniy tarbiya va sportni boshqarish fani tarkibining asoslaridan 
biriga aylandi. 
О‘zbekistonda barcha sohalardagi yutuklarni ta’minlash mutaxassis kadrlarga bog‘liq ekanligi e’tirof 
etildi. Shu sababdan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» kabul qilindi. Jismoniy tarbiya hamda sportni 
tashkil qilish va boshqarishda uning ahamiyati beqiyosdir. 
Muhim tomonlaridan yana biri shundaki, Respublika hukumati va mutasaddi vazirliklar, davlat hamda 
jamoat tashkilotlarining maxsus qarori bilan «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari ishlab chiqildi va 
uni amalda qо‘llash joriy etildi. Buning mazmuni va tashkiliy jihatlari asosan sport tashkilotlari hamda 
jamiyatlari zimmasida bо‘lganligi uchun о‘zining muhim manbai sifatida tan oladi. 
О‘zbekiston Davlat sport qо‘mitasining rasmiy ma’lumotlariga qaraganda, 1991 yilda 38 kishiga 
xalqaro toifadagi sport ustasi unvoni berilgan, 350 kishi esa sport ustasi unvoniga sazovor bо‘lgan. 
Ma’lumki, 1992 yilning yozida Barselonada (Ispaniya) bо‘lib о‘tgan yozgi XXV Olimpiya о‘yinlarida 
О‘zbekistonning 17 nafar sportchisi sobiq SSSR tarkibida sо‘nggi bor qatnashdilar. Ular orasida Galiyeva 
R., Chusovitina O. /gimnastika/, Shmonina M. /yengil atletika/ oltin medal, Sirsov S. /og‘ir atletika/, 
Asrabayev /о‘q otish/ kumush medal va Zaxarevich V. /qilichbozlik/ bronza medali sovrindorlari bо‘lishdi. 
1996 yil Atlanta (AQSH)da о‘tkazilgan XXVI Olimpiya о‘yinlarida A.Bagdasarov (dzyu-do) kumush, 
K.Tо‘laganov (boks) bronza medaliga sazovor bо‘lishdi. 2000 yil Sidneydagi (Avstraliya) XXVII Olimpiya 
о‘yinlarida M.Abdullayev boks bо‘yicha oltin; Artur Taymazov (kurash) kumush, Rustam Saidov, Sergey 
Mixaylov (boks) bronza medallarini qо‘lga kiritdilar. О‘zbek kurashi bо‘yicha Xalqaro kurash 
assotsiatsiyasi tuzildi va 3 marta jahon chempionati о‘tkazildi. Umuman, Respublika sporta taraqqiyotning 
yangi bosqichga kо‘tarildi. 
– jismoniy tarbiya pedagogik jarayon sifatida inson kamolotini takomillashtiruvchi vosita va usuldir. 
– jismoniy madaniyat umum tarbiyaning muhim tarkibiy qismi sifatida jismoniy mashklar bilan 
shug‘ullanish, unda asbob-uskuna, kiyim-bosh, inshootlardan foyda,tanish, tozalikka rioya etish, gavdaning 
tо‘g‘ri hamda chiroyli о‘sishini ta’minlovchi tarbiyaviy jarayondir. 
Kо‘rinib turibdiki, bu ikki atama bir-birini tо‘ldiradi. Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat bilan 
uzluksiz hamda ommaviy shug‘ullanish esa jismoniy madaniyat harakati demakdir. 
– Sport murakkab mashqlar majmuasidan tarkib topib, texnik-taktik jihatdan baxslashish mashqidir. 
Bunda maxsus qoida va talablarga rioya etish zarur, g‘oliblar esa musobaqa shaklida aniqlanadi. 


Mavzuni o‘zlashtirish uchun savollar 
1.Jismoniy madaniyat tarixi qanday fan? 
2.Fanning maqsad vazifalari to‘g‘risida nimalar bilasiz? 
3.Jismoniy madaniyat tarixining muhim vazifasi nimalardan iborat? 
4.Jismoniy madaniyat tarixi fanining boshqa fanlar bilan bog‘liqligini aytib bering? . 

Download 109,84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish