1-Seminar ishi. Movarounnaxrda Shayboniylar hukmronligi Reja



Download 99 Kb.
bet4/5
Sana25.03.2023
Hajmi99 Kb.
#921752
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-semiar 11111

TOPSHIRIQLAR:
1-topshiriq. Ashtarxoniylar davlatining tashkil topishi va siyosiy tarixini aniqlang.
Ashtarxoniylar hukmronligi davriga oid yozma manbalar ichida Maxmud ibn Vali (1595-1640)ning «Baxrul asror fi manokib ulaxer» (Olijanob kishilarning shon-shavkati haqida sirlar dengizi), Mir Muhammadamin Buxoriyning «Ubaydullanoma», Muhammad Yusuf Munshining «Tarixiy Mukimxoniy», Xoja Samandar Termiziyning «Dastural Mulk», Abulgozi Bahodurxonning «Shajarai Turk», Muhammad Amin Buxoriyning «Muhit ut tavorix», Muhammad Vafo Karmanagiyning «Tuhfat ul xoniy», Abdurahmon Tole (Abdurahmon Davlat) ning «Tarixi Abulfayzxon» asarlari muhim tarixiy manbalar hisoblanadi. SHuningdek, 1605 yilda yozilgan Muhammadyor ibn Arab qalamiga mansub «Musaxxir ulbilod» (mamlakatlar fatxi), 1569 yilda yozilgan. Sulton Muhammad Balxiy qalamiga mansub «Majma ulgaroyib», 1616-1629 yillarda yozilgan Iskandarbek munshiy qalamiga mansub «Tarixi olamaroyi Abbosiy», Juybor shayxlari tarjimai holidan iborat, Juyborxojalaridan biri Tojiddin Xasanning ogli Abulabbos Muqammad Tolib Siddiqiy tomonidan 1663 yilda yozilgan «Matlab ultolibin» (Toliblar matlabi), Ashtarxoniylar sulolasiga mansub shahzoda xoja Mir-Muhammad Salim tomonidan 1730 yilda yozilgan, hozirda yagona hisoblangan nusxasi Buyuk Britaniyadagi Bodleyan kutubxonasida saqlanayotgan «Silsilat us-salotin» kabi asarlari ham ashtarxoniylar davri tarixi, siyosiy va iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy hayotini organishda katta yordam beruvchi asarlar va muhim tarixiy manbalar hisoblanadi.
Ashtarxoniylar Jochixonning on uchinchi ogli Toqay Temur avlodidan bolib, XV asrning 80 - yillaridan boshlab Astraxan (Xojitarxon) da hukmronlik qilganlar. Bu shahar Ivan IV (Grozniy) tomonidan 1556 yilda egallangach, sulola yetakchisi YorMuhammad oz yaqinlari bilan Buxoroga kelib joylashadi. Buxoro xoni Iskandarxon tomonidan iliq kutib olingan Yormuhammadxonning ogli Jonibek sulton tez orada xonning qizi Zuhrobegimga uylanadi va shu tariqa Ashtarxoniylar (Xojitarxonliklar) Shayboniylar bilan yaqin qarindosh bolib qoladilar. Jonibek sulton va uning ogillari (Dinmuhammad, Boqi Muhammad, Vali Muhammad) Abdullaxon II hukmronligi yillarida yuksak mavqelarga ega bolgan edilar. Abdullaxon II olimidan song taxt uchun bolgan kurashlarda Shayboniylar oilasidan taxtga davogarlik qilishi mumkin bolganlarning deyarli barchasi butunlay qirilib ketadi. Abdullaxonning yagona ogli Abdulmomin 1598 yil 8 fevralda amir Muhammad Boqiy bilan kelishib, oz otasini zaharlab oldirtiradi. Balxdan Movarounnahrga yetib kelib otasining emuqdoshi Qulbobo kokaldoshni, amakisi Dostim Sultonni, uning ogillarini oldirtiradi. Lekin olti oy otgach, Zomindan Samarqandga kelayotganda otasining amirlaridan biri Abdulvose tomonidan otib oldiriladi. Undan keyin taxtga chiqarilgan Pirmuhammad ham 1601 yilgacha taxtni boshqaradi. Natijada yirik ozbek qabilalari boshliqlari tomonidan Jonibek Sulton Buxoro taxtiga taklif etiladi. Jonibek Sulton Xurosonda hokimlik qilayotgan ogli Dinmuhammad foydasiga taxtdan voz kechadi. Lekin Dinmuhammad Buxoroga kelishda qizilboshlar bilan bolgan toqnashuvda halok boladi va taxtga uning ukasi Samarqand hokimi Boqi Muhammad otkaziladi. (1601 1606). Lekin rasman hokimiyat Jonibek Sulton qolida bolib, uning nomidan tangalar zarb etilgan va nomi xutbaga qoshib oqilgan.
Boqi Muqammad (1601-1605) mamlakat sarqadlari jipsligini mustahkamlash, boshqaruv tizimini izga solish uchun kop urindi.
1602- yilda Yeron safaviylariga zarba berib, Balxni kuch bilan boysundirdi va ukasi Vali Muqammadni hokim etib tayinladi. 1603- yilda Eron safaviylarining Balxga qujum qilgan qoshinlarini maqlubiyatga uchratdi. Boqi Muqammad Toshkent uchun qozoq sultonlariga qarshi kurashdi. 1604- yilda qozoq xoni Kelimuqammad qoshinlarini mamlakat qududidan qaydab chiqarib, qator qududlarni Buxoro xonligiga boysundirdi.
Boqi Muhammad ichki siyosiy nizolarga chek qoyish maqsadida koplab urushlar olib boradi. Biroq Xorazm va Xurosonning katta qismi Ashtarxoniylar qolidan chiqib ketadi.
1605- yilda Boqi Muqammad vafot etgach, uning ukasi Vali Muqammad taxtga otqazildi. Ichki kurash yana avj oldi. Qabila beklari xon xokimiyatiga boysunmay muxolifatchilikni kuchaytirdilar. Buxorolik amirlar xonga qarshi isyon uyushtirganligidan xabar topgan Vali Muqammad farzandlarini olib Eronga qochadi Amirlar taxtga Boqi Muqammadxonning ogli Imomqulixonni (1611 - 1642) otqazdilar. U Vali Muhammad boshlab kelgan Yeron qoshinlarini tor-mor keltirib, mamlakat mustaqilligini saqlab qoldi Vali Muqammad asir olinib qatl etildi.
Imomqulixon davrida markaziy davlat хokimiyati nisbatan mustaqkamlandi Imomqulixon Toshkent va xonlikning shimoli-sharqiy chegaralari uchun qozoqlar, junqar (ayrat)lar, qalmoqlar, qoraqalpoqlarga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib bordi 1613- yilda Toshkent yerlarini egallagan qozoqlarga qujum qilib, Toshkentni oz tasarrufiga kiritdi. Oqli Iskandar Sultonni Toshkent xokimi etib tayinladi. Iskandar Sulton aqoliga boj, xiroj va boshqa soliqlarni kopaytirib, qattiq zulm otkazdi. Bunga qarshi Toshkentda qozqolon kotarildi va Iskandar Sulton oldirildi. Bu voqeadan xabar topgan Imomqulixon Toshkent ustiga qoshin tortdi qozgolonchilar ayovsiz jazolandi, Iskandar xuni uchun aholi qirgin qilindi.
Imomqulixon markaziy hokimiyatni mustahkamlashga va ozaro kurashlraga chek qoygan bolsada, Xuroson va Xorazmni qaytarib olishga erisha olmadi.
Undan keyin taxtga utirgan Nodir Muhammad (1642-1645), davrida ijtimoiy-siyosiy tarqoqlik yana kuchaydi Xonning ozi mamlakatning asosiy viloyatlarini mulk qilib 12 nafar ogli, 2 nafar jiyani va nabirasiga taqsimlab berdi. Bu oqibatda davlatchilik asoslarini zaiflashtirdi. 1645-yilda qozoqlar yana Movarounnaqrga yurish qilib, Xojandgacha yetib keladilar Nodir Muhammad ularni quvib chiqarish uchun ogli Abdulaziz boshchiligida katta qoshinni safarbar etadi. Xondan norozi bolgan bir guruq amirlar yurish davrida Abdulazizni xon deb elon qiladilar. Abdulaziz Buxoroga keladi, aslzodalar uni taxtga otqazadilar.
Nodir Muqammad Balxga qochib ketadi va toj-u taxtni qaytarib olish maqsadida Hindiston podshoqi temuriyzoda ShoxJahondan yordam soraydi. ShoxJahon Balx viloyatini oziga boysundirish maqsadida u yerga ogillari Murodbaxsh va Avrangzeb boshchiligida katta qoshin yuboradi. Nodir Muhammad ShoxJahon ogillari yordamga emas, Balx viloyatini egallash uchun kelayotganini bilgach, unga qarshi chiqadi. Maymana yonida bolgan jangda Nodir Muhammad yengilib, Eronga qochadi va shoq Abbos huzurida panoh topadi. 1647- yilda ShohJahon oqillari Balxni egallaydilar. Nodir Muqammad shoq Abbos yordamida Balxni qayta egallaydi. Bu voqealardan tashvishga tushgan Abdulazizxon ukasi Subqonquli yetakchiligida Balxga katta qoshin yuboradi va 1651 yilda Subxonquli Balxni egallaydi va u Balx hokimi etib tayinlanadi. Nodir Muhammad Makkaga hajga borayotib yolda vafot etadi.
Abdulazizxon (1645-1681) Xiva xonlarining talonchilik yurishlari kuchayadi. 1655- yilda Xiva xoni Abdulgozixon katta qoshin bilan yurish qilib, Buxoro atroflarini ikki bor talon-taroj qiladi. Qorakol aholisining bir qismini asir olib, Karmanani vayronaga aylantiradi. 1658- yilda Vardonzeni talab, 1662- yilda Buxoro shahrigacha yetib boradi. Tinimsiz urushlar, ichki ziddiyatlar Buxoro xonligining ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini murakkablashtirib yuborgandi, siyosiy vaziyat izdan chiqqandi. Keksayib qolgan Abdulazizxon 1680- yilda taxtdan voz kechib, Makkaga hajga ketadi va u yerda vafot etadi.
Abdulazizxondan keyin taxtga otirgan Subhonqulixon (1681- 1702) davrida ham ahvol onglanmadi. Subhonqulixon, bir tomondan, Balx viloyatlarida hokimlik qilayotgan ogillariga qarshi, Mikkinchi tomondan, Movaraunaqr viloyatlaridagi amir va beklarga qarshi urushlar qilishg amajbur boldi. Uchinchi tomondan, Xiva xoni Anushaxon qoshinlari qujum qilib, Buxoro, Karmana va Vardonzeni egalladi, hatto Samarqandni qamish qolqildi. Samarqandda Anushaxon nomiga xutba oqitilib, uning nomidan tanga pullar zarb etiladi. Subhonqulixon qatagon uruqidan bolmish Badaxshon hokimi Mahmudbiy otaliq yordamida Xiva qoshinlarini Samarqanddan quvib chiqarishga erishdi. Samarqandliklar qattiq jazolandi. Songra Balxga yurish qilib, isyonkor ogli Siddiq Muhammadga zarba beradi va zindonband qilib, oldiradi. Balx hokimligi yuz qabilasining sardori Muhammadhoji otaliqqa topshiriladi. Subxonqulixon Balxdaligidan foydalangan Anushaxon Buxoro atroflariga yana bostirib kelib u yerlarni talon-taroj qiladi va katta oljalar bilan qaytib ketadi. Yuqoridagi halqa Toʻqay-Temuriylar xonadoninig Ashtarxon xonligida hukmronlik qilmagan bir tarmogʻi boʻlib, uning asoschilari Oltin Oʻrdaning soʻnggi rasmiy xoni Kichik Muhammadning avlodi edilar. Ushbu tarmoqning xonadon vakillari keyinchalik Ashtarxoniylar nisbasi bilan mashhur boʻlishadi

Download 99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish