Tayanch iboralar: atama, umumiy atamalar, asosiy atamalar,
qo ‘shimcha atamalar, umumlashtirilgan yozuv, aniq atama yozuv,
qisqayozuv, grafik yozuv
Atamaning ahamiyati
Ko‘p bilim sohalarida, turli ishlab chiqarish, harakat faoliyatlarida
buyum hodisa, tushuncha, jarayonlarini qisqacha ifodalash maqsa
dida maxsus atamalardan foydalaniladi.10
Jismoniy tarbiyada, jumladan behad ко ‘p mashqlar qo ‘ llaniladigan
gimnastikada, terminologiya juda muhim rol o‘ynaydi.
Atama mashg'ulotlar vaqtida o‘quvchi!ar bilan o‘qtuvchilaming
o‘zaro munosabatlarini yengillashtirish, ginastikaga oid adabi
yot nashr qilishda gimnastika mashqlari ta’rifini soddalashtirish-
da yordan! beradi. Gimnastika atamalari gimnastikadan boshqa
mashg‘ulotlarda ham keng qo‘llaniladi.
Gimnastika mashqlaming aniq nomini bilmasdan turib uni
o‘rganish qiyin. Shu sababli ularni о‘rganish jarayonida terminologi-
yaning ahamiyati ayniqsa, kattadir. Qisqacha termin-so‘zlar harakat
ko‘nikmalarini shakllantirishga katta ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqotlar-
ning tasdiqlashicha, ular mashqni bajarish uchun o‘zini tayyorlashga
yordam beradi, o‘quv jarayonini esa yanada ixcham va maqsadga
muvofiq qiladi.
Gimnastika atamasi - bu gimnastika mashqlari, umumiy tushun-
chalari, snaryadlar, inventarlaming nomiarmi qisqacha ifoda etish
uchun qo‘llaniladigan maxsus nomlar (terminlar) tizimi, shuningdek
terminlar, shartli (belgilab qo‘yilgan) qisqartirishlarning, mashqlami
yozish shakllarining tuzilishi hamda ishlatilish qoidalaridir.
10 «Гимнастика» B.M. Баршай, B.H. Курысь, И.Б. Павлов. 52-bet
Atama leksikasining bo‘limi sifatida shu fanning mazmuni, naza
riyasi va amaliyoti bilan yaqindan bog'liqdir.
Gimnastikada termin deganda, biron harakatlantiruvchi faoliyat
yoki tushunchaning qisqacha shartli nomi tushuniladi.
Boshqa sohalardagi kabi, gimnastika terminologiyasi ham jis
moniy tarbiya taraqqiyoti bilan bir qatorda takomillasha bordi chun
ki, amaliyot va fanda nimaiki yangilik paydo bo‘lsa, u tilda muqarrar
aks etib, uni boyita boradi.
Vatanimizda gimnastika atamasi 1938-yilda joriy etilgan bo‘lib,
rus adabiy tili lug‘at fondi asosida qurilgan edi. Shuning uchun u
gimnastika bilan shug'ullanuvchilarning turli kontengentlariga an-
chagina tushunarli va yaqin, shuningdek sobiq xalqlarning boshqa
tillarga to ‘g ‘ri (mashqlar mazmuniga qarab) tarjima qilish imkonini
beradi. Yangi terminologiyaning afzalligi avvalo, shundan iborat-
ki, terminlar tuzish va ularni qo‘llashga ilgaridan boshqacha yon-
doshilardi. Mualliflar terminlar tuzish sistemasini har bir harakati-
ning eng xarakterli xususiyatlarini ko'rsatish bilangina cheklanib,
ayrii vaqtda shu harakatni aniq va qisqa ta’riflash imkonini beradigan
qilib beigiladilar.
Gimnastikaning rivojlana borishi, nazariya va amaliyotda eri-
shilgan yangi-yangi yutuqlar gimnastika terminologiyasini yanada
takomillashtirishni taqozo qiladi.
Gimnastika bo‘yicha 1962—1963-yillardagi konferensiyalari ham
shu masalaga bag‘ishlangan edi.
'
jismoniy tarbiya inistitutlari, ayniqsa Moskva, Leningrad va Kiev
jismoniy tarbiya institijtlari gimnastika kafedralarining o'qituvchilari
gimnastika terminologiyasi taraqqiyotiga katta hissa qo‘shdila
Ma’lumki, 1817-yilda F.Amorosning 80 nafar shogirdi Parijda ommaviy musobaqalar o‘tkazgan bo‘lsa, Gretsiyada, Afinada 1859-yildan boshlab bir necha marta qadimiylarni qayta tiklashga urinishlar bo‘lgan. Olimpiya o'yinlari, va jismoniy mashqlar va gimnastikaning ko'plab turlari bo'yicha musobaqalar o'tkazildi. Taxmin qilish mumkinki, F.Yan shogirdlari o'z kuchlarini o'lchashga harakat qilishgan, mashqlar bajarishda bellashgan, M.Tyrsh shogirdlari - "lochinlar" esa gimnastikachilar o'z muvaffaqiyatlarini namoyish etgan mitinglar o'tkazgan va tabiiyki, bu muvaffaqiyatlar qandaydir tarzda taqqoslangan.
Gimnastika birinchi zamonaviy Olimpiya o'yinlari dasturiga kiritilgan 1896 yilda tan olingan sport turiga aylandi. Va shundan beri bu ularning haqiqiy bezaklari bo'lib qolmoqda.
Birinchi Olimpiya oʻyinlaridan boshlab gimnastikachilar oʻrtasidagi musobaqalar gimnastika moslamalari: ot, halqalar, notekis panjaralar, toʻsinlar va tayanchlar ustidagi mashqlarga, 1932-yildan (Los-Anjeles, AQSH) esa polga oʻtish mashqlariga asoslanadi. Biroq, gimnastikaga - jismoniy tarbiya tizimiga hurmat ko'rsatib, Olimpiya o'yinlari mezbon mamlakatda gimnastika mazmuniga qarab, ko'p qirrali bo'lib xizmat qilgan qo'shimcha mashqlar musobaqa dasturiga kiritilgan. jismoniy tayyorgarlik- arqon bilan ko'tarilish, sprint yugurish, balandlikka sakrash, uzunlikka va ustunga sakrash, yadro uloqtirish. Olimpiya o'yinlarida jamoaviy birinchilik, ko'pkurash birinchiligi va ko'pkurashning ayrim turlari bo'yicha chempionat o'tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |