Ishni bajarish tartibi
Markazdan qochma nasos o’zgaruvchan elektr toki bilan ishlaydigan elektrdvigatel bilan bir valga o’rnatilib, aylanishlar soni o’lchanib turiladi. Rezervuardan so’rish trubasiga o’rnatilgan qaytarma klapan nasosni. suyuqlik bilan to’ldirganda suyuqlikni so’rish trubasidan to’kilib ketmasligini ta’minlaydi.
Uzatish trubasiga manometr va suyuqlik miqdorini rostlovchi ventil o’rnatilgan uzatish trubasi orqali suyuqli idishlarga uzatiladi. Har bir idishda suyuqlik satxini o’lchovchi shisha naychalar o’rnatil-gan. Idishlardagi suyuqli jumraklar orqali suyuqlik suriladigan idishga beriladi. Ish unumdorligini 12 ventilni ochilishi bilan o’zgartiriladi. Nasos qurilmasini sinashga Q - H, Q - N Q -η orasidagi bog’lanishlarni aniqlashga kerak bo’ladigan kattaliklar uzatilayotgan suyuqlikning miqdori, so’rish trubasidaga vakuum uzatish trubasidagi bosim, dvigatel iste’mol qilayotgan kuchlanish aniqlanadi. Nasos qurilmasi ishlashi paytida bu kattaliklar, ya’ni uzatilaetgai suyuqlikning miqdori Q shisha naychasining ko’rsatkichlari bo’yicha, vaqt esa sekundomer bilan o’lchanib, hisoblash jadvaliga yoziladi. Uzatilayotgan suyuqlikning napori metr suv ustunida aniqlanadi:
(12.13)
bu yerda Pm Pvak- manometr va vakuummetrning metr suv ustunidagi ko’rsatkichi; wc, wx - so’rish va xaydash trubalaridagi suyuqlikning tezligi, m/s; h - vakuummetr manometr oraliqlaridagi masofa, m.
So’rish va uzatish trubalarining diametri bir hil bo’lganligi uchun suyuqlik bu trubalarda bir hil tezlikda harakat qiladi, ya’ni wc - wx Bu xolda.
12.3-rasm. Laboratoriya nasos kurilmasining sxemasi.
1 - ventillar; 2 - vakuummetr; 3 - nasos; 4 - suyuqlik satxini o’lchovchi naycha; 5 - suyuqlik rezervuari; 6 - kaytarima klapan; 7 - trubasi; 8 - uzatish trubasi; 9 - manometr; 10, 12 - rostlovchi ventillar; 11- suyuqlik baklary; 13 – ventil.
Tajriba natijalarini hisoblash
Nasosnig ish unumdorligi (m3/s)
(12.15)
bu yerda Q1 - suvning shisha naychasi bo’yicha o’lchangan miqdori, l; τ - vaqt birligi, s. Nasosning iste’mol qiladigan quvvati, (kVt)
(12.16)
bu yerda U - tok kuchlanishi, V; I - tok kuchi, A. Nasosning foydali ish koeffisienti ushbu tenglamadan aniqlanadi:
bu yerda Q – nasosning ish unumdorligi, m3 /s; ρ – suyuqlik zichligi, kg/m3 ; g – erkin tushishi tezligi; m2/c; H – nasos umumiy napori, uzatilayotgan suyuqliknig metr ustunida Q – H, Q – N, Q - η funksiya bog’liqlik grafiklari millimterli qog’ozda chiziladi.
12.1-jadval
Aylanishlar soni, n ayl/min
|
Vaqt
birligi τ , c
|
Suvning miqdori
Q gm
|
Monometr
ko’rsatgan bosim
|
Vakuum ko’rsatgan siyraklanish
|
Umumiy
Napor N,m
|
Quvvat N,kvt
|
Foydali ish koef. N, %
|
kg/cm
Yoki
mm.sim
ustun
|
mm.suv ustunida Nm
|
kgk/sm
Rv
|
M.suv
Ustun Ns
|
|
Nazorat uchun savollar.
Nasoslar. Nasoslar turlari.
Napor. Umumiy napor tenglamasi.
Nasosning foydali quvvati.
So’rish balandligi.
Kavitatsiya hodisasi. Kavitatsion koeffisent.
Markazdan qochma nasoslarning ish prinsipi.
Mustaqil bajarish uchun vazifalar:
Aniqlangan parametrlar asosida nasos ish qildiragining aylanish chastotasi o’zgarmas bo’lgan holda Q-H, Q-N. Q-S orasidagi bog’lanishlarni grafikda tasvirlang.
Grafik asosida nasos tavsirini tuzing.
Uslubiy ta’minot.
Kompuyter, printer, multimedia yoki monitor, virtual kompuyter dasturi
Laboratoriya nasos qurilmasi, manometer, baklar, sekundomer, suv.
Do'stlaringiz bilan baham: |