Erituvchining bir qismini issiqlik eltkich yordamida bug’latib kristallash. Bu usulda erituvchining bir qismi eritma ustida harakatlanayotgan havo yordamida bug’lanadi va eritma sovutiladi.
Fraksiyali kristallash. Agar eritma tarkibida ajratiladigan moddalar bir nechta bo’lsa, uni fraksiyali kristallash usulida qayta ishlanadi. Bu usulda eritma temperatura va konsentratsiyasini o’zgartirish yo’li bilan kristallar ketma – ket cho’ktiriladi va ajratib olinadi.
Kristallizatorlar konstruksiyalari
Ishlash prinsipiga qarab kristallizatorlar davriy va uzluksiz qurilmalarga bo’linadi. Uzluksiz ishlaydigan qurilmalar o’z navbatida erituvchining bir qismini bug’latuvchi va eritmani sovituvchi kristallizatorlarga ajraladi. Undan tashqari, mavhum qaynash qatlamli kristallizatorlar ham bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |