Tekis devorning issiqlik o’tkazishi. 17.1-rasmda qalinligi va materialining issiqlik o’tkazuvchanlik koeffitsiyenti bo’lgan tekis devor tasvirlangan.
Devorning bir tomonidan harorati tf1 (oqim o’zagida) bo’lgan issiqlik eltkich, ikkinchi tomonidan esa – harorati tf2 bo’lgan sovuqlik eltkich oqib o’tmoqda.
Devor yuzalarining harorati tw1 va tw2. Issiqlik berish koeffitsiyentlari a1 va a2.
Turg’un jarayonda F yuza orqali birinchi issiqlik eltkich o’zagidan devorga uzatilayetgan issiqlik miqdori, devordan o’tgan va devordan ikkinchi issiqlik eltkich o’zagiga uzatilayotgan issiqlik miqdoriga teng bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |